66
sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak, o‘quv mashg‘ulotida rangtasvirni ishlashda
qo‘yilmadagi narsa va buyumlarning yorug‘-soya nisbatlari,
shuningdek, rang
nisbatlarini ham ochib aniq ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.
Kompozitsiyadagi to‘qlik, rang, faktura yoki masshtabni o‘zgartirib qarama
qarshilik hosil qilish orqali holat yoki harakatni ifodalash mumkin. Juda och jism
kuchli soya tushib turgan to‘q jism oldiga joylashtirilsa kontrastlik darajasi oshadi.
Rang yoki to‘qlik darajasidan tashqari rangdor yuzada kulrang, sovuq tusli yuzada
iliq ranglar berib ham kontrastlikni kuchaytirsa bo‘ladi. Yana bo‘yoq surtmasini har
xil qalinlikda qo‘yish, mo‘yqalamni turlicha ishlatish yo‘li bilan ham fakturadagi
kontrastlikni yaratish mumkin
17
.
Bu faktorlardan o‘z joyida qo‘llash kartina
va undagi obrazga nisbatan
tomashabinning qiziqishini oshiradi. Rassomning hissiy sezgisi orqali
17
Suzanne Brooker The elements of landscape oil painting :
techniques for rendering sky,
terrain, trees, and water. Published in the United States by Watson-Guptill Publications, an
imprint
of the Crown Publishing Group, a division of Penguin Random House LLC, New York.
2015. s 47
40-rasm. Qiang Huang-natyurmort (moybo’yoq)
67
kompozitsiyaning asosiy qonun–qoidalariga amal
qilgan holda bu unsurlar va
qoidalarni qanday tashkil etishni aniqlashiga yordam beradi. Kompozitsiyadagi
bu qoidalarni qo‘llashdagi ikkillanish yangi ijodiy eksperimentlar qilishga xalaqit
beradi.
Birinchi bosqich:
kompozitsiyani
joylashtirib, uning qalamda umumiy
ko‘rinishini chizib olamiz (41-rasm). Mashq uchun romkaga tortilgan mato va iliq
bo‘yoqlarni tanladik.
Dostları ilə paylaş: