O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


-rasm. Aleksandr Pavlovich. - “Gips boshi natyurmort” (akvarel)



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

33-rasm. Aleksandr Pavlovich. - “Gips boshi natyurmort” (akvarel).


55
tushunib olishga va ular о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni anglashga imkon yaratadi. 
Davomli tarzda rasm chizish jarayoni juda murakkab bо‘lib, bunda yetarli ish 
tajribasiga ega bolmagan talaba kо‘pincha qiynalib qoladi. U eng avvalo, nimalarga 
e’tibor berish, о‘z imkoniyatlaridan qanday qilib oqilona foydalanish kerakligini 
bilmaydi va ishni lozim darajada tashkil qila olmaydi. Bunday talaba, odatda, nimani 
kо‘rsa shundayligicha kо‘chirib qо‘ya qoladi.
Kо‘pchilik talabalar odam boshi rasmini chizar ekanlar, ishda uslubiy ketma-
ketlikka rioya qilmaydilar, darhol murakkab vazifalarni bajarishga kirishadilar va 
tez orada muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
Talaba naturani kuzatish va tahlil etish hamda rasmni konstruktiv chizish qurish 
jarayonida aniq tizimga rioya qilishi kerak. Rasm ishlashning uslubiy izchilligidagi 
barcha nozik taraflarni Antinoyning gipsdan yasalgan haykali boshini chizish 
misolida kо‘rib chiqamiz. Biz rasm ustida ishlashning uslubiy ketma-ketligini 
bayon eta borib, bir yо‘la tirik odam boshi shakli qurilishining asosiy qonuniyatlari 
va tasvirlash usullarini (jumladan, ishning texnik usullarini) о‘rgana boramiz. 
Birinchi bosqich – kompozitsiyaviy joy lashtirish. Ish qog‘oz yuzasida 
rasm kompozitsiyasini topib, ifoda etishdan boshlanadi. Tasvirni yuzada qanday 
joylashtirish qulayroq bо‘lishini, qaysi nuqtadan turib qaralganda shakllarning 
qurilish xususiyatlari ifodaliroq kо‘rinishini bilish niyatida naturani oldindan har 
tomonlama о‘rganib, kо‘rib chiqish lozim. Talaba rasm kompozitsiyasini qog‘oz 
yuzasida har taraflama tо‘g‘ri va chiroyli joylashtirishni о‘rganishi kerak. Shuning 
uchun tasvirlanajak gips bosh eng ifodali kо‘rinadigan nuqtani tanlash unga 
kompozitsiya masalasini yaxshiroq, talab darajasida hal qilishga yordam beradi. 
Lekin kompozitsiyani topishda qandaydir alohida bir qoidani mahkam ushlab 
olishning hojati yо‘q. Masalan, ba’zilar tо‘rtdan uch qism burilishda yoki profildagi 
(yon tomon) bosh shaklini chiza turib, yuz qismi oldida, albatta, katta maydon 
qoldirish kerak, deb hisoblaydilar. Lekin, hattoki, buyuk rassom – ustalar asarlarida 
ham bunday qilinmaganini kо‘ramiz.
Kо‘pchilik portretlar qog‘oz yuzasining о‘rtasida jamlanadi. Uyg‘onish 
davri rassomlari merosida qator portretlar mavjudki, ularda boshning yuz qismi 


56
rasm chetiga juda yaqinlashtirilgan. О‘quv akademik rasmida 
kompozitsiya о‘quv vazifasini hal qilish bilan birga uni 
murakkablashtirmasligi kerak. Masalan, talaba old tomondan 
yoritilgan boshni xolis fonda chizishi kerak, deylik. Yuqorida 
aytilganidek, boshning yuz qismi oldida katta maydon 
qoladi. Shaklni tuslashga kirishar ekan, u boshdagi soyalar 
kompozitsiyani buzganini va tus muvozanati yo‘qolganini 
kо‘radi. Shuning uchun u rasm chizishdan oldin qator xomaki 
chizgilar bajarib kо‘rishi zarurki, ularda kompozitsiya masalasi 
hal etilsin. Talaba eng qulay nuqtani tanlab olishi kerak, ya’ni u 
duch kelgan joyga о‘tirib olaverishi maqsadga muvofiq emas. 
Vaholanki, kо‘plab talabalarda ana shunday qusur bor. Bundan 
tashqari, shogird о‘zi chizayotgan rasm oxir oqibatda qanday 
kо‘rinishga ega bо‘lishini, xayolan bо‘lsada, yaqqol tasavvur 
qilishi lozim. Faqat shundan keyingina qalamni qо‘lga olishi va 
rasmni qog‘oz sathiga dadil joylashtirib, ifodalashni boshlashi 
mumkin.
Ikkinchi bosqich – bosh shaklining xarakterli xususiyatlari, 
о‘lcham munosabatlarini, ya’ni nisbatlarini va boshning 
kenglikdagi holatini ochib berish. Bosh shaklining о‘ziga xos 
xususiyatini ochib berishga kirishishdan oldin talaba haykal-
naturani diqqat bilan о‘rganib chiqishi, shakl qurilishining eng 
muhim xususiyatlarini aniqlab olishi lozim.
Bosh shaklini tasvirlashning dastlabki bosqichlarida 
yordamchi chiziqlardan foydalanish usullari rasmlarda 
kо‘rsatilgan. Shuningdek, talabalar uzoq muddatga mо‘ljallangan 
akademik vazifalarni bajarish davomida antik davrga mansub 
gips bosh niqoblarini ham qalamchizgi bilan chizishlari muhim.
Bosh rasmini chizishda uning old qismi rassomni kо‘proq 
jalb qiladi. Kо‘zlar, burun, lablar va quloqlar shaklini diqqat 


57

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin