61
Buning uchun esa albatta tajriba va o‘quv bo‘lishi kerak. Shuni ham ta’kidlab
o‘tish kerakki tabiatda absolyut oq va absolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning
barchasi qandaydir bir rang tovlanishida bo‘ladi.
Masalan qoraning jigarrangga,
ko‘kka, yashilga moyil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik
tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning to‘q-
ochliklarini topib tasvirlash uchun moybo‘yoqda ishlash texnikasi juda qulaydir.
Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa bo‘yoq turlaridan ajralib turadi.
Moybo‘yoq texnikasida rangtasvirlar ishlashda mo‘yqalamlarning
qanday turlari
va o‘lchamlardagilarini ishlatish ham muhimdir. Ularni tanlay bilish ko‘p foyda
keltiradi. Ma’lumki natyurmortlarni, katta ishlarni bajarishda yapaloq va dag‘al
mo‘yqalamlarni qo‘llash ish sifatini, ta’sirchanligini ta’minlaydi. Moybo‘yoqlarga
suyultiruvchi, erituvchi vositalar qo‘shib ishlatiladi. Ular moyli, moyi kamaytirilgan
bo‘lishi mumkin. Moylirog‘i bo‘yoqni sekin qurishi uchun yaxshi vosita bo‘lib, u
bilan foydalanilgan paytda rangtasvir sekin quriydi.
Shu sababli uzoq muddatda
bajariladigan tasvirlarni ishlashda qulaylik yaratadi. Bunday eritgichlarga ba’zan
lak ham aralashtirib ishlatilishi mumkin, shunday qilinganda ishning bo‘yoq qatlami
36-rasm.
62
tezroq quriydi va bo‘yoqning moyi matoga shimilib
ketishining oldi olinadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, moybo‘yoq
texnikasida rang qoriladigan maxsus taxtacha (politra)
ning yuzasida bo‘yoqlarni qanday joylashtirish
masalasi ham muhim. Unda bo‘yoqlar
issiq-sovuq
ranglarga ajratib, shu bilan birga to‘q-ochligiga qarab
ajratib joylashtirilishi mumkin. Oq bo‘yoq odatda
o‘rtada yoki ranglar qatorining boshlanishida bo‘ladi.
Agar har
safar bir xil joylashtirilsa, rassom shunga
o‘rganadi va kerakli bo‘yoqni darrov topib ishlatish
imkoniyati qulay bo‘ladi. Moybo‘yoqda
tasvirlar
ishlashning ko‘p o‘rganilishi kerak bo‘lgan tomonlari
bor. Ularning barchasi ko‘p mashq qilish orqali
o‘rganib olish imkonini beradi.
Tajriba nazariy va
amaliy tomondan muntazam mashq qlish natijasida
oshadi. Bunda maxsus adabiyotlarni
mutoala qilish
ham zo‘r vositadir.
Akvarel texnikasidagi bo‘lgani kabi moybo‘yoq
texnikasida ham natyurmort ishlashda qalamtasvir
37-rasm.
63
asosiy rol o‘ynaydi. Rangtasvirda chizmani har xil materiallarda chizish mumkin.
Masalan; qalam, ko‘mir va cho‘tka bilan moybo‘yoqni razbavitelga aralashtirgan
holda chizsh mumkin. Bu vazifani bajarish uchun eng yaxshi ashyo ko‘mirdir,
chunki ko‘mir bilan ishlanganda xoxlagancha o‘chirib tuzatish mumkin.
Natyurmort rangtasvirini moybo‘yoqda ishlashda
dastlab bitta rangda
(grizaylda), qora yoki jigarrangda tasvirlashdan boshlagan ma’qul. Maqsad
moybo‘yoqda har xil rangdagi buyumlar shaklini, hajmini tusda ifodalab berishni
o‘rganish lozim. Buyumlarning shakli va rangi bir biridan farq qilsa ham ularni
bitta rangda tasvirlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Tasvirlash jarayonida yorug‘lik
qiymatini, qaysi shakllar eng to‘q, qaysi joyda eng ko‘p yorug‘lik uning qiymati, to‘q
predmetlarning yorug‘liklarning bir-biriga bo‘lgan munosabati qaysisida ko‘proq,
qaysi birida kamroq yorug‘lik yoritilayotgani va
och rangdagi buyumlarning
soyalari, shaxsiy va tushuvchi soyalarini ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘rganib
chiqish kerak.
Dostları ilə paylaş: