O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

41-rasm.
Ikkinchi bosqich:
natyurmortdagi mevalar, idishlar hamda fondagi asosiy 
tuslarni aniqlab, katta yuzalarga ishlov beriladi (42-rasm). Ulardagi ranglar sekin–
asta to‘qlashtirib boriladi. Kartinadagi boshqa bo‘laklarining rangini fon rangi 
yordamida tayyorlanib borilsa bir–biriga uyg‘unlashgan, iliq tusdagi kompozitsiya 
hosil bo‘ladi.


68
Uchinchi bosqich: 
kartinaning kompozitsion qurilishi. Mevalarning boy 
rangi hamda grafin va ryumkalarni keng rang surtmalarida berib boring. Shu’la 
tushib turgan joylar uchun oq qog‘ozda joy tashlab ketishni unutmang. Tezda 
qarama–qarshi ranglar, yorqin tus va oq dog‘lar ko‘rinishlari sizni qo‘shimcha 
ishlov berish, soya chetlarini yumshatish, yuvish ishlarini bajarishga undaydi (43-
rasm).
To‘rtinchi bosqich:
umumlashtirish yakunlash ishlari. Mevalar, savatning 
rangdorligiga ishlov berib ranglarni yaxlitlashtirib boring (44-rasm). Alohida 
bo‘laklarning qirralari yonidagi jismlardan ajratish uchun to‘qlashtiring, kerakli 
joyini yumshatib aniqlashtirib boring. Ishni tugatishdan oldin uni ko‘zdan 
panaroq joyga qo‘ying. Ozroq muddat o‘tgandan so‘ng qaraganingizda undagi 
kamchiliklarni ko‘ra boshlaysiz va uni to‘g‘rilash mumkin bo‘ladi.
42-rasm.


69
43-rasm.
44-rasm.


70
Sovuq tuslanishga ega bo‘lgan murakkab 
natyurmort kompozitsiyasi ishlash
Moybo‘yoqda rangtasvir ishlash juda murakkab 
hisoblanadi. Har qanday yangi bo‘lgan mashg‘ulotga qo‘l 
urilar ekan, maqsadga yetish uchun inson har xil ko‘zda 
tutilmagan qiyinchiliklar oqibatida bu mashg‘ulotni 
keyingi safarga surish yoki umuman to‘xtatishga harakat 
qiladi. Moybo‘yoqda ishlashni o‘rganish uchun talabadan 
texnika, ko‘nikma, ko‘p mehnat va sabr–qanoat bilan 
tinmay mashqlar qilishni talab qiladi. 
Rangda tasvirlashdan avval kompozitsiya markazini 
aniqlab olish zarur. Buning uchun tasvirning qaysi qismi 
eng muhimi sanaladi? Tomashabin diqqatini kartinaning 
qaysi qismiga qaratish zarur? Qiziqarli joy qayerda? 

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin