O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

39-rasm. Qiang Huang-kundalik rasm


66
sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak, o‘quv mashg‘ulotida rangtasvirni ishlashda 
qo‘yilmadagi narsa va buyumlarning yorug‘-soya nisbatlari, shuningdek, rang 
nisbatlarini ham ochib aniq ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.
Kompozitsiyadagi to‘qlik, rang, faktura yoki masshtabni o‘zgartirib qarama 
qarshilik hosil qilish orqali holat yoki harakatni ifodalash mumkin. Juda och jism 
kuchli soya tushib turgan to‘q jism oldiga joylashtirilsa kontrastlik darajasi oshadi. 
Rang yoki to‘qlik darajasidan tashqari rangdor yuzada kulrang, sovuq tusli yuzada 
iliq ranglar berib ham kontrastlikni kuchaytirsa bo‘ladi. Yana bo‘yoq surtmasini har 
xil qalinlikda qo‘yish, mo‘yqalamni turlicha ishlatish yo‘li bilan ham fakturadagi 
kontrastlikni yaratish mumkin
17
.
Bu faktorlardan o‘z joyida qo‘llash kartina va undagi obrazga nisbatan 
tomashabinning qiziqishini oshiradi. Rassomning hissiy sezgisi orqali 
17 
Suzanne Brooker The elements of landscape oil painting : techniques for rendering sky
terrain, trees, and water. Published in the United States by Watson-Guptill Publications, an 
imprint of the Crown Publishing Group, a division of Penguin Random House LLC, New York. 
2015. s 47
40-rasm. Qiang Huang-natyurmort (moybo’yoq)


67
kompozitsiyaning asosiy qonun–qoidalariga amal qilgan holda bu unsurlar va 
qoidalarni qanday tashkil etishni aniqlashiga yordam beradi. Kompozitsiyadagi 
bu qoidalarni qo‘llashdagi ikkillanish yangi ijodiy eksperimentlar qilishga xalaqit 
beradi. 
Birinchi bosqich:
kompozitsiyani joylashtirib, uning qalamda umumiy 
ko‘rinishini chizib olamiz (41-rasm). Mashq uchun romkaga tortilgan mato va iliq 
bo‘yoqlarni tanladik. 

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin