74
ranglar orasida iliq tusda namoyon bo‘ladi. Shu bois narsa-buyumlar tuslarini
aniqlashda rangsizlarni rangsizlar bilan,
iliq ranglarni, iliq ranglar bilan, sovuq
ranglarni
sovuq ranglar bilan, ochlarni ochlar, to‘qlarni to‘qlar bilan taqqoslash
yaxshi samaralar beradi.
O‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega bo‘lgan inson portreti rangtasviri.
(Akvarel).
Qalamtasvir va rangtasvir mashg‘ulotlaridagi
portret ishlashdagi ilk
mashg‘ulotlarda qiyofachi bosh va gavda ko‘rinishining fonga nisbatlarini “izlash”ni
o‘rganadilar, chunki faqat aniq va jozibador topilgan shaklgina portret ishlashda
katta badiiy qiymatga ega.
Inson portretini ishlashni o‘rganishda yuzning o‘ziga xos xarakter ko‘rinishini
tushunishga va orqali faqat shu shaxsgagina tegishli bu ko‘rinish orqali uning ichki
dunyosi, o‘y kechinmalarini, ruhiy holatini ifodalashga harakat qiling.
O‘tgan mashg‘ulotlar jarayonida portretdagi bosh ko‘rinishini
bir xil
ranglarda (grizayl) hamda ranglarda ifodalashni etarli darajada o‘rgandingiz. Bu
mashg‘ulotimizning maqsadi portret tasvirini yaratishda maksimal jozibadorlikka
erishishdan iborat.
Ranglavhalar ishlash. Amalda natura bilan solishtirib portret ishlash
Rangtasvir mashg‘ulotlarining ilk bosqichlarida odam tanasi rangini topishga
ko‘proq e’tibor beriladi. Bu rang atrofimizni o‘rab turgan narsalar rangidan ancha
farq qiladi. Qon tomirlarda oqayotgan qon tananing o‘zigagina xos och pushti
ranglar
hosil qiladi, shuning uchun inson yuzi va tanasining rangi pushtirang
ko‘rinishda bo‘ladi. Tajribali rassom ranglarning nozik ko‘lamlarini idrok etishda,
yuz ko‘rinishi, uning rangi,
shakl xususiyati, nisbatlari fakturasi bo‘yicha ikkita
aynan o‘xshash chehralarning yo‘qligini qiyinchiliksiz ajrata oladi.
Shuning uchun naturadan portret ishlashni mashq qilar ekansiz tana rangini
aniq topishga harakat qiling. Rassom har doim naturada faqat ungagina xos
ranglarni ko‘ra olish va uni aniq ifodalashga o‘rganishi kerak. Bu ranglar farqini
topa olish va nozik ranglar ko‘lamini mahorat bilan ifodalash uchun mashg‘ulotda
birinchi mashqi sifatida uch kishining bosh ko‘rinishini bitta qog‘ozda ifodalashni
75
tavsiya etamiz. “Nima uchun har xil portretlarni bitta qog‘ozda ishlash kerak?”,
“har birini alohida qog‘ozda ishlasa bo‘lmaydimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin.
Bajarilayotgan portretdagi yuz nisbatlarni solishtirib ko‘rish imkoniyati bo‘lishi
uchun bunday usul tavsiya qilinadi.
Keling buni amalda bajarib ko‘ramiz. Akvarelda bir ikki seansda qog‘ozning
chap tomoniga yosh qiz portretini ishlaymiz. Qop-qora sochlari silliq va oqish yuz
Dostları ilə paylaş: