65
Ko‘zimiz ko‘ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga:
axromatik va xromatik ranglarga bo‘lish mumkin. Oqdan to‘q qoragacha bo‘lgan
ranglar axromatik ranglarga (oq, kulrang, qoramtir, qora, to‘q qora) qolganlari esa
xromatik (qizil, sariq, ko‘k va hokazo) ranglarga kiradi.
Xromatik ranglar o‘z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq
ranglarga bo‘linadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini
eslatuvchi qizil, sariq, zarg‘aldoq ranglar kiradi. Muz, havo, suvlarning rangini
eslatuvchi ko‘k, moviy, binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil va binafsha
ranglar goh issiq, goh sovuq ranglarga kirishi mumkin. Chunki yashil rang sariq
va ko‘k ranglarning aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko‘k ranglarning
aralashmasidan hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu ranglar issiq va sovuq
ranglarning aralashmasidan hosil bo‘lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq
rang miqdoriga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, hosil bo‘lgan rang issiq rang qatoriga,
sovuq rang miqdori ko‘proq bo‘lsa, sovuq ranglar qatoriga o‘tish mumkin. Xuddi
shunday, binafsha rangda qizil rang ko‘proq bo‘lsa issiq, ko‘k rang ko‘proq bo‘lsa,
Dostları ilə paylaş: