58
Murakkab bo‘lmagan natyurmort kompazitsiyasini moybo‘yoqda ishlash
ishlash. (Grizayl)
Moybo‘yoqda ishlash XV asrda boshlangan. Hozirgi zamonda rangtasvirda eng
ko‘p ishlatiladigan bo‘yoqlardan biridir. Moybo‘yoqda tasvirlarni ishlash rassom
uchun ham, endi o‘rganayotgan talaba uchun ham juda qiziqarli mashg‘ulotdir.
Ammo bu mashg‘ulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bo‘lib, u moybo‘yoq
rangtasvir texnologiyasi bilan ham bog‘liq. Chunki moybo‘yoq bilan ishlash ma’lum
tayyorgarlikni talab etadi. Ularga bo‘yoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib
tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, mo‘yqalamlarni tanlash, eritgichlarni
tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moybo‘yoqda tasvirlar ishlashni
o‘rganish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali o‘zlashtirilsa
maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Moybo‘yoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari
akvarel texnikasiga o‘xshash. Chunki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi.
Agar suvbo‘yoqda ishlash
uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan
batafsil chizib olinsa, moybo‘yoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib
eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moybo‘yoqda ishlash jarayonida
batafsillik mo‘yqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moybo‘yoqda biror rangni
ochlashtirish uchun unga oq rang kerakli darajada qo‘shiladi. Shunisi ham borki
oq rang qo‘shilgach bo‘yoqning erkinligi ma’lum darajada kamayadi. Buni o‘quv
mashqlarini bajarish jarayonida albatta hisobga olish joiz. Akvarel texnikasi kabi
jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli
vazifani boshlashdan avval
59
ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bo‘lajak rangtasvirning asosiy
xususiyatlarini tajriba qilib ko‘rib o‘rganish asosiy ishda uni qo‘llash mumkin
bo‘ladi.
Moybo‘yoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi.
Ular
romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato,
moybo‘yoqlarning kerakli xillari, bo‘yoq taxta (politra), mo‘yqalamlarning turlicha
kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.
Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan
omillardan biridir desak xato bo‘lmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda
tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bo‘lib u quyidagichadir. 5 foizli yelim
(jelatin, baliq yoki duradgorlik yelimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi bo‘rga
qo‘shiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan so‘ng
qoplama
bo‘yoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, ya’ni - maxsus oqartirilgan
rangtasvir yog‘i quruq oq bo‘yoq kukunidan qo‘shib tayyorlangan aralashma
bo‘ladi. Yog‘ va kukunning nisbati shunday bo‘lish kerakki u tayyor idishga solib
chiqariladigan moybo‘yoqdan suyuq bo‘lmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga
mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin bo‘ladi. 1-2 xafta quritilgach G‘adir-
budir yerlari qumqog‘oz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli
qoplama yassi, katta mo‘yqalam (fleyts) bilan tekis qilib bo‘yab chiqiladi. Bunday
usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq
va quruq bo‘lishi shart.
«Yelimli qoplama» deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha
tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qo‘shiladi. U
matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqog‘oz bilan mato
usti tekislanib olinadi, so‘ng ikkinchisi surtiladi. Shundan so‘ng elim aralashmasi
bo‘r varoq bo‘yoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar
uning tarkibi quyuq bo‘lib qolgudek bo‘lsa, o‘sha yelim aralashmasidan qo‘shiladi.
Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oralig‘ida qurishi
uchun ma’lum vaqt bo‘lishi shart.
Hozirgi kunga kelib maxsus mato (xolst) tortilgan tayyor romkalar ham mavjud
60
bo‘lib (35-rasm), bu maxsus romkalarning qulayligi uni tayyorlashga ketgan vaqt
ancha tejaladi, hamda nisbatan sifatli materiallardan tayyorlanmoqda.
Qoplamalar yana ma’lum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular ko‘proq
ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qo‘l keladi.
Moybo‘yoqda o‘quv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish
talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda ko‘p rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish
yaxshi samara bermaydi. Tabiatda yettita asosiy rang (bo‘yoq) borligi ma’lum.
Ular qizil, noranji, sariq, yashil,
havo rang, ko‘k, binafsha ranglardir. Bo‘yoq
aralashtiriladigan taxtada (politrada) bo‘lishi juda zarur rang xillari esa qizil,
sariq, ko‘k bo‘yoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy
rang-tuslar vositasida
xosil bo‘lmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda ko‘p ranglarni chiqarish,
xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir
emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdorda aralashtirishni bilish kifoya.
Dostları ilə paylaş: