49
Buning uchun qalamni cho‘zilgan qo‘lda vertikal,
gorizontal yoki burchak ostida ushlab qirralarning
perspektiv yo‘nalishini tekshirish mumkin.
Umumlashtirish
bosqichida
naturaga
yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko‘rish
ya’ni «tikilib qarash» kerak. Buyumlar guruhining
barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda
tus munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq
tushunish mumkin. Navbatma–navbat naturaga
ham, ranglavhaga ham yaxlit qarash kerak, shunda
qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab
olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra
olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab
va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi.
Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvir ishlash
mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega
bo‘lgan rassom, naturani obrazli ko‘rinishini to‘g‘ri
ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‘lakning o‘z
o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda
kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali
bajara oladi.
Rang bilan ishlash jarayonida shakllarning
xarakteriga aniqlik kiritib borish zarur. Tasvirlash
jarayonida ishni boshidan oxirigacha, albatta,
metodik ketma-ketlikka rioya qilish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: