53
e’tibor qilgan holda tanlangan materiallar(rangli qog‘ozlar)ni
kerakli qismlarga
yopishtirib chiqiladi. Bunda har bir rassom o‘z ijodkorlik qobiliyatini ishga soladi.
Applikatsiya ishlashda ham mozaika rasmini
chizishdagi tartibga rioya
qilinadi (31-rasm). Ikkala uslubda xam ishlash o‘ziga yarasha qiyin. Chunki ranglar
va shakllarni yaxlitligini ushlab turish murakkabdir. Rssomlarning ijodini kuzatish
to‘g‘ri chizishga yordam beradi. Bunday uslubda ishlash ham qiziqarli, ham mushkul.
Tez bajariladigan shu bilan birga g‘oya mazmunini ochib beruvchi qoralama
va ranglavhalar rangtasvirni o‘rganish uchun bebaho o‘rganish manbai hisoblanadi.
Bu kichik eskizlar ba’zan katta asarlar yaratilishi uchun “g‘oyaviy yadro” vazifasini
o‘taydi. Yaxshi rangtasvir kompozitsiyasi bajarish
uchun buyumdagi chiziqlar,
shakl, rang, yuza va sirt xususiyatlariga (silliq, g‘adir–budur, yaltiroq, yumshoq)
diqqatni
qaratish lozim
14
.
14
Paramon Edisionis, «Osnovo` jivopisi». SA, Barsеlona, Ispaniya 1992: s 15
32-rasm. CHDPU TSMG 1-kurs talabasi Umarov Dinora - o’quv natyurmorti
54
Aniq xarakterga ega bo‘lgan bosh namunasi (Appolon, Venera,
Gatamelatta.) ishtirokida tuzilgan natyurmort rangtasviri.
Antik bosh rasmi ustida ishlashning butun majmui tasviriy san’atning ustivor
tamoyili – umumiylikdan xususiylikka va xususiylikdan yana umumiylikka usuli va
uslubiga asoslanadi. Boshqacha aytganda, naturaning butun qismlarini tahlil qilish
orqali umumiy shakl obrazini ifoda etish qoidasiga rioya qilish kerak. Bu tamoyil rasm
chizish bо‘yicha chiqarilgan hamma o‘quv dasturlarida о‘z aksini topgan va maxsus
badiiy maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy о‘quv yurtlarida yetakchi hisoblanadi.
U barcha talabalarga (ularning davomli rasm chizish tayyorgarligi darajasidan qat’iy
nazar) taklif etiladi va bajarish talab qilinadi. Talabalar uni osonroq egallab olishlari
va uning mazmunini yaxshiroq tushunib olishlari uchun tasvir ustida ishlashning
murakkab majmui alohida-alohida bosqichlarga bо‘lib о‘rgatiladi. Bundan tashqari,
uslubiy izchillikka rioya qilgan holda tasvirlash talabaga har bir bosqichni alohida
Dostları ilə paylaş: