63
asosiy rol o‘ynaydi. Rangtasvirda chizmani har xil materiallarda chizish mumkin.
Masalan; qalam, ko‘mir va cho‘tka bilan moybo‘yoqni razbavitelga aralashtirgan
holda chizsh mumkin. Bu vazifani bajarish uchun eng yaxshi ashyo ko‘mirdir,
chunki ko‘mir bilan ishlanganda xoxlagancha o‘chirib tuzatish mumkin.
Natyurmort rangtasvirini moybo‘yoqda ishlashda dastlab bitta rangda
(grizaylda), qora yoki jigarrangda tasvirlashdan boshlagan ma’qul. Maqsad
moybo‘yoqda har xil rangdagi buyumlar shaklini, hajmini tusda ifodalab berishni
o‘rganish lozim. Buyumlarning shakli va rangi bir biridan farq qilsa ham ularni
bitta rangda tasvirlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Tasvirlash jarayonida yorug‘lik
qiymatini, qaysi shakllar eng to‘q, qaysi joyda eng ko‘p yorug‘lik uning qiymati, to‘q
predmetlarning yorug‘liklarning bir-biriga bo‘lgan munosabati qaysisida ko‘proq,
qaysi birida kamroq yorug‘lik yoritilayotgani va och rangdagi buyumlarning
soyalari, shaxsiy va tushuvchi soyalarini ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘rganib
chiqish kerak.
Dostları ilə paylaş: