45-rasm.
Sevastopol
Sovuq ranglardan tashkil
topgan natyurmort
71
kabi savollar bilan o‘zingizga murojaat qiling. Ishni boshlashning boshlang‘ich
bosqichida bu muammolar yechimini topish kompozitsiyaning asosiy g‘oyaviy
markazini aniqlab olishga yordam beradi. Kartinangizning qaysi qismiga ko‘proq
e’tibor berilishiga qarab ufq chizig‘ini baland yoki past darajada olish bilan xolstda
kompozitsiya joylashishini taqsimlaysiz. Umuman olganda ufq chizig‘i xolstni teng
ikkiga bo‘luvchi markazda bo‘lmasligiga harakat qiling, bunda kompozitsiyangiz
turg‘un, harakatsiz (tepada ham pastda ham kattaroq, diqqatni jalb qiladigan element
mavjud bo‘lmay, kompozitsiyadagi muvozanat yo‘qoladi) holda bo‘lib qoladi
18
.
Keyingi amaliy mashg‘ulotimiz Moybo‘yoqda sovuq tuslanishga ega ranglardan
tashkil topgan natyurmort ishlash mashqini ko‘rib chiqamiz. Mavzumizda uy–
ro‘zg‘or buyumlardan tuzilgan natyurmort tasvirini rangdor fonda bajarish mashqini
bajaramiz. Bu mashg‘ulotda biz Moybo‘yoqning cheklanmagan ranglaridan
foydalangan holda rangtasvir bajaramiz.
Kompozitsiyaning ma’lum bo‘lagini bir urinishda tugallashni rejalashtirgan
bo‘lsangiz ham rangtasvirning boshlang‘ich bosqichlarida kompozitsiyaning
yaxlit ko‘rinishini ko‘zdan qochirmaslik juda muhim. Ba’zi bo‘yoq ranglari
kompozitsiyaning ko‘plab joylarida bo‘lganda kichik bo‘laklarda emas balki katta
yuzalar yaxlitligi va ranglar uyg‘unligini nazorat qilib borish yengillashadi.
Qog‘oz yuzasida kompozisiya aniqlab olingandan so‘ng eng yorug‘ va eng
soya joylari aniq chegarasi belgilab chiqiladi. Bu bosqichlarning vazifasi, narsaning
eng yorqin joyi, soya, yarim soya, refleks, buyumning tushuvchi soyalari aniq
chiziqlar vositasida belgilab olishdan iborat.
Natyurmortda rang munosabatlarini aniqlash. Narsaning asl rang tuslarini toza-
yorqin birligi qatlami bo‘yaladi. Yuzada har bir buyum shakli mayda bo‘laklarsiz
umumiy yaxlit xajmi bo‘yab boriladi.
Naturadan rangtasvir ishlash jarayonining o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lib,
bu ishni tartib bilan olib borish talab etiladi. Ketma-ketlik tartibini anglagan xolda
bajarilgan ish maxsuli muhim ahamiyatga egadir. Ishni nimadan boshlash, uning
18
Suzanne Brooker The elements of landscape oil painting: techniques for rendering sky,
terrain, trees, and water. Published in the United States by Watson-Guptill Publications, an
imprint of the Crown Publishing Group, a division of Penguin Random House LLC, New York.
2015.s-57
72
orasida qanday talablarga javob berish va qay o‘rinda tugallash kerakligini yaxshi
bilmoq zarur.
Rangtasvir bajarishni zarur bo‘lgan quyidagi talablar maxsulidir:
1) naturada mujassam umumiy yorug‘-soya, rang-tuslar va mushtarak
ranglardan yorug‘-soyani, rang-tusli uyg‘unliklar mavjud bo‘lgan katta bo‘laklarni
aniqlash;
2) yorug‘-soyali, rang-tusli uyg‘unliklar katta bo‘lagida, yorug‘-soyalar va
rang yo‘nalishlari, ayrim narsa sirtiga ranglar Bilan muttasil ishlov berish;
3) umumlashtirish, butun tasvirning yaxlitligiga erishish, kompozisiya
markazini ajratib ko‘rsatish.
Qo‘yilgan talablar mohiyatini birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Rangtasvirning to‘laqonli ifoda etilganligini yorug‘-soya, rang-tus kontrastlari,
naturaning asosiy rang bo‘laklariga o‘zaro uyg‘unliklari bilan belgilanadi. Bu
jarayon natyurmortda – fon bilan stol yuzasi, qo‘yilgan majmua buyumlari orasida,
manzarada esa osmon bilan yer yuzi va daryo suvining satxi, shuningdek oldindagi
plan, o‘rta plan va oxirgi planlar orasida sodir bo‘ladi. Chizgi sirtlarda ham aynan
shu talablar bajarilishini yaxshi bilamiz: birinchi galda buyum konstruksiyasining
asosiy mutanosibliklarini (proporsiya) ifodalovchi umumiy kata shakl chizib olinadi.
Chizayotgan kishi naturani umumiy va yaxlit tasavvur qilar ekan, bu vazifalardan
chetlab o‘ta olmaydi.
Ranglarni palitrada bir marotaba topib olib uni faqat ochartirib yoki to‘qartirib
butun narsani tasvirlash mumkin emas, balki narsa-buyum yuzasining har bir qismi
uchun maxsus rang tuslarini qidirib topish kerak bo‘ladi. Asl ranglar (buyumlarning
o‘z rangi) yarim soyalarning asosiy yoritgichlar va aks yorug‘lar ta’sirida juda kam
o‘zgarishlari bois, ular ichida ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi.
Hajmli narsalar va natura majmualarining rang-barangligini yanada kengroq
anglash uchun shuni yodda tutmoq joizki, yondosh iliq ranglar kontrastlari ta’sirida
ko‘zga sovuq rang-tuslar ko‘rinadi. Bir rang qo‘shimcha ikkinchi rangni ifodalab
turadi. Buning natijasida naturada mavjud sovuq ranglarga doimo iliq ranglar
hamroh bo‘lib yuradi. Agar jism sirtida olov rangni ko‘rayotgan bo‘lsak, uning
73
yonida, albatta havorangni ham uchratamiz.
Iliq va sovuq rang-tuslar uyg‘unliklarida bajarilgan tasvir har bir jismning
jarangdorligini oshirib, naturaning tabiiy ko‘rinishini ifodalab beradi.
Tasvirlanayotgan narsalar, buyumlarni bir-biriga o‘xshashligi yoki farqlarini
taqqoslab kuzatish ishni bir muncha yengillashtiradi. Masalan, havorangli narsani
boshqa bir tus jihatdan boshqacha bo‘lgan havorangli narsaga solishtirib ko‘rsak,
bizning sezgi-idrokimiz yanada jiddiylasha boradi va ularning rang tuslarini, farqini
aniqroq belgilay olamiz.
Narsa – buyumlarni rang jihatdan taqqoslar ekanmiz, yana bir vaziyatni
e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Mavjud rang kontrastlari ta’sirida kulrang
tuslar iliq yoki sovuq bo‘lib ko‘rinadi. Kulrang iliq ranglar orasida sovuq, sovuq
Dostları ilə paylaş: |