O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 367,64 Kb.
səhifə5/10
tarix27.04.2023
ölçüsü367,64 Kb.
#103382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akbarov A.

2.3 Mikroprotsessorning tuzilishi.
Boshqarish qurilmasi – funktsiyasi bo’yicha shaxsiy kompyuterning eng murakkab qurilmasi hisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga yetkaziladigan boshqarish signallarini qayta ishlaydi.
Buyruqlar registori – buyruqlar kodi saqlanadigan registr. Bu yerda bajariladigan operatsiya va operandlar manzili joylashadi. Buyruqlar registri mikroprotsessorning interfeysli qismida joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi.
Amallar deshifratori – ushbu mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo’lini tanlaydi.
Mikrodasturalrni doimiy saqlash qurilmasi (PZU) – o’z yacheykalarida boshqaruvi signallarni saqlaydi. Ushbu impul’slar SHK bloklaridagi bo’ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impul’s operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofiq. Doimiy xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o’qib oladi.
Berilganlar, adreslar, instruktsiyalar kodli shinalar – mikroprotsessorning ichki shina qismi. Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi.

  • schyotchik-registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan operativ xotira yacheykalarini tanlash;

  • tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish;

  • amallar kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash;

  • qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impul’slarini o’qish va bloklarga yuborish;

  • buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarni tashkil etish adreslarini o’qish;

  • operatsiya natijalarini xotiraga yozish;

  • dasturning keyingi buyrug’ini aniqlash.

2.4 Arifmetik mantiqiy qurilma.
Arifmetik mantiqiy qurilma axborotni qayta ishlash jarayonida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Arifmetik mantiqiy qurilma odatda ikkita registr summator va boshqarish sxemasidan tashkil topgan bo’ladi.
Summator – hisoblash sxemasi, unga kelayotgan ikkilik kodlarini qo’shish amalini bajaradi. Xotiraning tezkor yacheykalari – registrlar ikki xildagi uzunlikda:
1-registr 2 so’z razryadida.
2-registr 1 so’z razryadida.
Amal bajarilayotgan paytda 1-registrda 1-son joylashadi, amal natija;
2-registr 2-sonni qabul qiladi va boshqa hech narsani qabul qila olmaydi.
1-registr berilganning kodli shinasidan axborotni o’qiydi va shu shinalar orqali uzatadi.
Boshqarish sxemasi kodli shinalardan boshqaruv signallarini qabul qiladi va ularni registr va summatorlarning ishini boshqaradigan signalga o’zgartiradi.
Arifmetik mantiqiy qurilma arifmetik amallarni faqat butun ikkilik sonlari ustida bajaradi (+,*,/,-).
Haqiqiy va o’nlikka o’tkazilgan sonlar bilan bo’ladigan amallar faqatgina matematik soprotsessor yoki maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.



Yüklə 367,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin