O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavriat yo’nalishi tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim


Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning ifodalanishi



Yüklə 75,74 Kb.
səhifə5/8
tarix09.10.2023
ölçüsü75,74 Kb.
#153100
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang\'ich matem

2.2. Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning ifodalanishi
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Fanda texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning maqsad, mazmun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash dolzarb muammolarning biri hisoblangan O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohatlar Respublikaning ravnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarini amalga oshirishda muhim o’rin topadi. Boshlang‘ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdorlarni ham o‘rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli ob‘ektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko‘proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin.Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, o‘quvchilarning maktabda butun o‘qish davrida shakllantiriladi. Boshlang‘ich ta’limning vazifasi shundaki, u o’quvchilarda miqdorlarni o‘rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak . Boshlang‘ich sinfda o’quvchilarga uzunlik, sig‘im, massa, yuza, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish [5]. Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o‘zlashtirib oladilar [1]. Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi Boshlang’ich sinflarda miqdorlar, ayniqsa, sig’im va hajmni o’rganish jarayonida ayrim qiyinchiliklar bo’lishi mumkin. Chunki, bu mavzuga darslikda kam e’tibor berilgan, mashqlar juda kam. Mavzuni mukammalroq o’rganishga mo’ljallangan ilmiy-uslubiy ta’limot yetarli emas. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun, o’quvchilar uchun, sig’im va hajm mavzusini o’rganish bo’yicha qiziqishni orttirishga mo’ljallangan, barcha uzluksiz ta’lim talablariga javob bera oladigan, tenglash imkonini beradigan metodika ishlab chiqilmaganligi sababli, biz ushbu ishimiz orqali biroz ijobiy harakatlar qilishga erishdik, deb o’ylaymiz. Ushbu BMI da boshlang’ich sinflarda sig’im va hajm tushunchalarini o’rganish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi: -sig’im va hajm tushunchalarini o’rganishning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Mavzuga oid nazariy ma’lumotlar, jumladan, ilg’or pedagog olimlar fikrlari to’plandi; -sig’im, hajmni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari batafsil yoritildi, mos dars ishlanmalari namunalari ishlab chiqildi; - barkamol avlod tarbiyasida miqdorga doir tushunchalarining o’rni ko'rsatildi, tegishli mashqlar namunalari bir tizimga keltirildi; - sig’im, hajm, vaqt, uzunlik tushunchalari mazmunini muvaffaqiyatli o’ziashtirishga qaratilgan didaktik o’yinlardan foydalanish yo’llari ko’rsatildi; - boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun miqdorga tushunchalarini mukammal o’rganishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu tavsiyalar mazkur mavzu bo’yicha asosiy vazifalardan birini bajarishi mumkin; - o’quvchilarda miqdorlarni o’lchash va hisoblash malakalarini shakllantirishga, testli masalalarni yechilishini o’rgatish asosiy o’rinni egallaydi; - o’quvchilaria matematika darslarida miqdorlarni shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o’quvchilarni shu mavzular bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni yegallashlarini kafolatlaydi; - O’quvchilarda miqdorlarni o’lchash malakalarini shakllantirishga doir har bir darsda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajalarini hisobga olish zarur [4]. Umumiy o‘rta-ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan miqdorlarni o‘rgatishda uzluksiz matematik ta‘lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o‘rganish, zamonaviy talablar asosida miqdorlarni o‘rgatishda kompetensiyaviy yondashuv zarurdir. Kompetensiya – mavjud bilim, ko`nikma, malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati. Kompetensiya – fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko`nikmalarni , amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Shu sababli, informatika fanidan DTSlarini yangilash, o`quv dasturlarini takomillashtirish - informatika faniga oid kompetentlilikni kiritish zaruriyati tug`ilgan. Kompetentlilik lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor ma’nosini anglatib, ko`zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko`nikma va malakalarni notanish vaziyatda qo`llay olish qobiliyatini namoyish eta olishni bildiradi.Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko`nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.Ta’limiy kompetensiyalar ikki guruhdan iborat: tayanch (umumiy) va maxsus (fanga oid). Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Lekin shu bilan birga, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantirilishi belgilandi. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)); B1(+B1) bosqichma - bosqich shakllantiriladi. Boshlang’ich sinflarda miqdorlar tushunchasini o’rgatishda aynan yuqoridagi kompetensiyalarning ahamiyatini hisobga olish o’rinlidir. Darslarda o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil qilish, o‘quv fani samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakasini rivojlantiradi, ularning individual va intellektual salohiyatini kuchayishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta‘lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ta‘lim tizimining eng muhim muammolaridan biri. Bo‘lajak pedagoglar uchun zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan chuqur bilimga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bu muammoni hal etish yo‘llaridan biri – o‘qitish jarayonida ko‘proq interfaol usullardan foydalanishdan iborat. Bu metod o‘quvchilarni faollashishigagina emas, balki mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashini shakllantirishga imkon yaratadi.


Yüklə 75,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin