O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavriat yo’nalishi tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim



Yüklə 75,74 Kb.
səhifə7/8
tarix09.10.2023
ölçüsü75,74 Kb.
#153100
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang\'ich matem

Dars ishlanmalardan namuna
Sinf: 3-a Mavzu: Bitta xonadan o`tib qo`shish Maqsad: a) Yuzlikdan o`tib bajariladigan hollarga alohida e’tibor qaratish, misol va masalalar yechish, hisoblash malakalarini o`stirish va rivojlantirish; b) iqtisodiy va ekologik tarbiya berish, ularda do`stlik, kattalarga hurmaT.: tabiatga to`g`ri munosabatda bo`lish hissini tarbiyalash; v) o`yinlar orqali og`zaki nutqini o`stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish; Dars turi: O`rganilgan bilimlarni mustahkamlash Dars metodi: musobaqa-bellashuv tarzida Darsning jihozi: kartochkalar, rasmlar, texnik vositalar va darslik Darsning borishi 1.Tashkiliy qism - Darsni tashkil etish. - Sinf va o`quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish. - Ma’naviyat daqiqasini o`tkazish. (“Yetti o`lchab bir kes” maqoli ustida suhbat) 2. Uyga vazifani so`rash va baholash Uyga vazifa qilib berilgan 531-532 misol va masalalarni o`quvchilar qanday bajargan ekanliklarini tekshirish. To`g`ri yoki xato ekanini aniqlash. Namunali bajarilgan ozoda ishlardan o`quvchilarga namuna qilib ko`rsatish. 3. O`tilgan darsni mustahkamlash Sinf o`quvchilarini 4 guruhga bo`lish. Har bir guruhga alohida kartochkali misollar tarqatish. Test topshiriqlari berish: 1. Arab raqamlarini birinchi bo`lib qaysi o`zbek olimi o`z asarlarida qo`llagan? a) A.Navoiy b) Al-Xorazimiy v) Beruniy 2. Rim raqami yozilgan qatorni toping. a) I, II, III, IV, V, VI, VII b) 3, 4, 5, 6, 7, 8 v) I, 9, 0, II, 3, 2 3. Yig`indini toping: 350 + 140 + 200 = a) 690 b) 340 v) 490 4. Prezidentimiz qaysi yilni “Yoshlar yili” deb nomladi? a) 2009 yil b) 2008 yil v) 2005 yil Matematik diktant o`tkazish: 7 + 7 = 9 + 5 = 100 – 50 = 18 + 18 = 81 : 9 = 8 ∙ 8 = 4.Yangi darsni bayon qilish 68 1. 29 + 348 misolining yechilishini yaxshilab tushuntiramiz. Biz 297 va 348 sonlari yig`ndisini topishimiz kerak. Ularni ustun qilib yozamiz: birlarni birlar ostiga, o`nlarni o`nlar ostiga va yuzlarni yuzlar ostiga yozamiz. Birlarni qo`shamiz. 7 ta birga 8 ta birni qo`shamiz, 15 yoki 1 ta o`n va 5 ta bir chiqadi. Yig`indida birlar o`rniga 5 ni yozamiz va 1 ta o`nni o`nlarga qo`shamiz. O`nlarni qo`shamiz. 9 ta o`nga 4 ta o`nni qo`shamiz. 9 o`n + 4 o`n = 13 o`n va yana 1 ta o`n, bo`ladi 14 ta o`n yoki 1 ta yuz va 4 ta o`nni o`nlar ostiga yozamiz va 1 ta yuzni yuzlarga qo`shamiz. Yuzlarni qo`shamiz. 2 ta yuz + 3 ta yuz = 5 ta yuz, yana 1 ta yuz , bo`ladi. Yig`indida yuzlar o`rniga 6 ni yozamiz. Yig`indi 645 bo`ladi, ya’ni 297 + 348 _____ 645 2. Bolalar darslikdagi namunaga qaraydilar va doskada 359 + 274, 87 + 659 misollarini tushuntirib yechadilar. 3. 533-mashq (ustki satr) sharhlab yechiladi.

XULOSA Xulosa qilib shuni aytish zarurki, ta`lim poydevori ilk sinflarda bolalarni o`qish va yozishga o`rgatish, hisoblash ko`nikmlarini hosil qilish o`qituvchilardan omilkorlikni yosh psixalogiyasiga doir chuqur bilimga ega bo`lib o`quvchilar ruhiyatini mahorat bilan boshqarishni taqoza etadi. Hali bilimning foydasini anglamagan bolakaylar bilan mashg`ulotlarni qiziqarli qilib olib borishi lozim. Buning uchun albatta, dastur qiziqarli mashg`ulotlardan bo`lishi undan keyin o`qituvchi mavzuning bolalar e`tiborini jalb etadigan qirralarini topa bilishi darsni o`tishda turli tarqatma, ko`rsatmali materiallardan, ma`rifiy o`yinlardan samarali foydalanish kerak. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish o`quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishi bilan chambarchas bog`liq holda olib borilishi lozim. Matematika mashg`ulotlari o`quvchilarga ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda, bilim qobiloiyatlrini o`stirishga va o`qishga, kollektiv foydali ishlariga jiddiy munosabatni vatanga muhabbatni tarbiylashga bo`lishi kerak. Rejalashtirishda matematik tushunchalarni tayyor hayot materiallari asosida shakllantirish nazarda tutiladi. Bu esa bolalarga darsda o`rganiladigan barcha qoida va tushunchalar hayot talabi bilan vujudga kelgan bo`lib amalda qo`llanishni o`z ko`zlari bilan ko`rishlariga imkoniyat yaratadi. Buning o’zi esa bolalarning fan bilan amaliyot orasidagi bog’liqliklarni to’g’ri tushuntirishga asos yaratadi. Bolalarni turli bog’liqliklarni dastlabgi tanishtirish ko’rib turgan olamdagi bog’liqliklarning sababini ochib berishda katta ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimdon kishilarni tayorlashda matematik fanining roli qanchalik muhim bo’lsa, “Fanlar shoxi ” –“Matematika”ni mukammal singdirishda, o’quvchilar mustaqil fikrlashlarini oshirishda, mustaqil ishning roli ham shunchalik muhumdir. Ishimizning birinchi bobda 3-sinf matematikasida asosiy material hisoblangan minglik sonlarni nomerlashni o’rganishni o’ziga xos xususiyatlari, minglik sonlarni hosil qilish, ularni og’zaki nomerlash, sonlarni qo’shish va ayirish metodikasi bayon etilgan. Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy xarakterda bo‘lsa, boshlang‘ich sinflarda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan 4-sinfda o‘quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak tushunchasini o‘zlashtirishlari ular endilikda to‘g‘ri to‘rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarni isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o‘lchash yo‘li bilan aniqlaydilar va to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning predmeti va yuzini o‘lchash va hisoblashni o‘rganadilar. O‘quvchilarda boshlang‘ich maktabda shakllanadigan amaliy o‘quvlardan ko‘pligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar haqida bunday deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV sinf o‘quvchilari ega bo‘lgan tasavvur tubdan farq qiladi. Biroq, quyidagi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og‘zaki bajarish o‘quvlaridan o‘rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi. Shunday qilib, o‘quvchilarda puxta amaliy o‘quv va malakalarni shakllantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir.


Yüklə 75,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin