2.3.Nisbiy miqdorlar turlari va ularni hisoblash tartibi. 6-10 yoshli bolalarning fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas‘ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan.Shu sababli boshlang‘ich ta‘lim metodikasining,xususan,matematikadan boshlang‘ich ta‘lim metodikasining vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta‘minlashda o‘qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta‘sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin.Bu ilmiy dunyoqarash,psixologiya,didaktika,matematikani o‘qitish nazariyasini (matematik didaktikasini)o‘z ichiga oladi.Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas.O‘qitishning ma‘lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta‘sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng samarali usullarni qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turlituman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi,shu bilan birga,odatda,ular bir qiymatli yechimga ega emas.O‘qituvchi darsda yuzaga keladigan metodik masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari egallashlari kerak bo`lgan ko`nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarni :
— milliоn ichidagi sоnlarni; — natural sоnlar qatоrining chеksizligini; — о’nli sanоq sistеmasi misоlida sоnlarning har хil sanоq sistеmasida yоzilishini; — роzitsiоn va nороzitsiоn sanоq sistеmalarini. — аtrоf-muhitdа mo’ljаl оlа bilish mаrshrutni (yo‘nalishni)rеjаlаshtirish, hаrаkаt yo’lini tаnlаy оlish vа h.k.)ni; — tаqqоslаsh vа turli аlоmаtlаri: uzunligi, yuzi, mаssаsi, sig’imigа ko’rа tаrtibgа sоlа оlishni; — sоаtgа qаrаb vаqtni аniqlаshni (sоаt vа minutlаrdа); — mаishiy-hаyotiy vаziyatlаr (sаvdо-sоtiq, o’lchаsh, tоrtish vа h.k.) bilаn bоg’liq hisоblаshlаrgа оid mаsаlаlаrni yechish; — o’lchаmlаrni ko’zdа «chаmаlаb» bаhоlаsh; — mustаqil kоnstruktоrlik fаоliyati (turli-tumаn gеоmеtrik shаkllаrni qo’llаnish imkоniyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа). — 1000000 ichida sоnlarning o’qilishini; sоnni xоna qо’shiluvchilarining yig’indisi kо’rinishidagi yоzilishini; — sanоq tеxnikasi (tо’g’ri va tеskari tartibda sanash, juftliklar va о’nliklar bilan sanash, sоndan оldin va kеyin kеluvchi sоnni aytish)ni; — natural sоnlarni о’zarо taqqоslash: Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu o‘quvmaterialining abstrakligidir.Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar,o‘qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasi kabilarga ham bog‘liq. Matematika darslarida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi.O‘quvchilarda kuzatuvchanlikni,ziyraklikni ,atrofga tanqidiy qarashni,ishda tashabbuskorlikni, mas‘uliyatni va ishda sof vijdonlikni ,to‘g‘ri va aniq so‘zlashni,hisoblash va o‘lchash,yozuvlarda aniqlikni,mehnatsevarlik va qiyinchilikni yengishni hislatlarini tarbiyalaydi. O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi.Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin.Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash,esga olish bilan olib borilsa,bu tushuncha esa keying tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi.O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi,bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi.Boshqa tushunchaning o‘zlashtirish jarayonini qarasak,u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi.Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan,balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi.Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e‘tiborga olish,o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir.Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.