Italiyada milliy birlashish jarayonlari. Italiya Qirolligining barpo etilishi kurs ishi
1.2. Italiya davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi XIX asrlar Hukmron sinflarning agrar siyosati ham shunday tamagirlik bilan yurgizilardi. Hukmron sinflar dvoryanlar er egaligiga dahl qilishga jur`at etolmay (hatto Burbonlarning tarafdorlari bo`lganlarning va avstriyaparast dvoryanlarning er mulklariga aslo dahl qilinmagan edi), cherkov, davlat va jamoalarning yer-mulklariga dahl qilmaslikni bekor qilish yo`lidan bordilar, bu yyerlar mamlakatdagi butun yer fondining kamida oltidan birini tashkil qilardi.
Birlashishdan keyiigi dastlabki un yilliklarda cherkov mulklaridan 750 ming gektar yer musodara qilindi va sotildi, Siciliyada umrbod ijaraga berilgan 190 ming gektar cherkov eri bu hisobga kirmaydi. Bundan tashqari, ko`p qismi mamlakatning janub tomonlarida va orollarda joylashgan davlat va jamoa yyerlaridan, 1,6 million gektari ishga solingan yoki zamindorlar o`rtasida «taqsim» qilingan edi.
Cherkov va davlat yyerlarini sotish juda jadallik bilan amalga oshirildi (er sotish ishlari asosan 1868—1880 yillarga to`g`ri kelgan edi). G`azna pulga juda muhtoj edi, lekin qo`lida kapitali bor burjua esa yer sotib olishga shoshilar edi. Auksionlarda poraxo`rlik avjiga chiqdi, kishi bilmas har xil fribgarliklar qilindi, yirik burjua-pomeshchiklar va dvoryanlar qo`l ostilaridagi qurolli bandit tashkilotlari orqali, masalan, Siciliyada «maxfiy» degan tashkilot orqali ish ko`rdilar. Ular mahalliy ma`muriyat amaldorlari bilan kelishib, hatto cherkov yerlarini sotib olishda «xudoning qahridan» qo`rqib dehqonlarning diniy taassublaridan ham foydalandilar. «Dehqon, hatto mayda pomeshchik bunday kuchga qarshi qanday qilib ham kurash olib bora olar edi. Bunday dehqon yoki pomeshchik o`zi uchun - o`shanda ham baland narx bilan — biron tashlandiq er uchastkasini zo`r mashaqqat bilan qo`lga kiritib olardi»— bo`lg`usi ministr Sonnino singari konservativ arbob ham shunday deb haqiga ko`chishga majbur bo`lgan edi.
Sotilgan yerlarning juda katta qismi burjuaziya qo`liga kirdi; jamoa yerlarining juda katta qismi hai shu burjuaziya qo`liga o`tib qoldi, bunday yerlarni o`zboshimchalik bilan tortib olishni hukumat qonunlashtirib qo`ygan edi. Lekin er-mulklarning qayta taqsimlanishi er munosabatlarida radikal o`zgarish bo`lishiga olib bormadi.
To`g`ri, birlashishdan ancha ilgari dehqonchilikning kapitalistik shakllari rivojlana boshlagan shimolda (Lomoardiya, Pemont va qisman Emiliyada) yirik kapitalistik xo`jaliklar sekin-sekin hal qiluvchi o`ringa chiqa boshlagan edi. Bu xo`jaliklarda yirik kapitalistik ijara ustun turardi va qishloq xo`jalik ishlarini yollanma ishchilar bajarardi. Juda keng ko`lamda irrigaciya va botqoqliklarni quritish ishlari amalga oshirildi, yangi texnika joriy qilindi, kimyoviy o`g`itlar ishlatiladigan bo`ldi. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish tobora kuchaydi. Buning natijasida Lombardiyada yetishtirilgan yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti XIX asrning oxiriga borganda teng baravar oshib ketdi.
«Klassik nimkorlik» hukmronlik qilgan markazkiy Italiya (Toskana, Marke, Umbriya) ning agrar ekonomikasi ham XIX asrning so`nggi o`n yilliklarida kapitalistik asosda yangidan qurila boshladi. Nimkorlik shartnomalarining mazmuni ham o`zgardi: er egasi xo`jalikka beradigan kapitallari va mehnat qurollari hissasini oshirib, tobora agrar kapitalistga aylanib bordi, nimkorchi esa amalda yollanuvchi ishchi darajasiga tushirildi.
Hatto feodal qoldiqlari hammadan kuchliroq sezilib turadigan Janubiy va Orol Italiyasiga ham kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi eski tuzumga putur etkaza boshladi: qishloq xo`jaligining tovarliligi oshdi, yollanuvchi ishchi kuchini ko`llanishning salmog`i ko`paydi, qishloqda er burjuaziyasining, sekin-sekkn kapitalistga aylanayotgan yirik ijarachi dallolning ta`siri kuchaydi. Sudxo`rlik kapitali qishloqni chulg`ab oldi.
Lekin ekspluatatsiyaning yangi kapitalistik shakllari hali ham yashovchan yarim feodal munosabatlar sistemasnga singib borardi.
Italiyaning hamma erida mulkdor dvoryanlargina zmas, shu bilan birga, zamindor burjuaziya ham eski ekspluatatsiya shakllarini yo`qotmadilar. Qoloqlik va yarim krepostnoylik tutqunligi abadiy qilib qoldirildi. Hatto Italiyaning shimolida ham kapitalistik agrar ekonomikaning rivojlangan shormalari bilan bir qatorda nimkorlik yoki mayda dehqon xo`jaligi davom qila bordi, bu xo`jalik primitiv usullar bilan olib borilar edi.
Qishloq xo`jalik ishchilari, masalan, «majburlar» dsb atalganlar («chek eri bor» ishchilar) ish haqining bir qismini natura holida olardilar va hamon yirik zamindorga shaxsan qaram edilar. Markaziy Italiyada nimkorlik shartnomalarida krepostnoy dehqonning zamindorga yarim krepostnoylik qaramligining turli formalari qayd kilinardi.
Italiya qishloq xo`jaligida kapitalizm «prus» taraqqiyoti yo`liga yaqinlashib keladigan yuldan, ya`ni yarim feodal munosabatlarni sekin-sekin burjua munosabatlariga aylantirish yo`lidan, dehqonlar ommasining sekin-sekin mashaqqat bilan xonavayron bo`lishi yo`lidan rivojlanib bordi.
Yangi hukumatning agrar siyosati uchun qilingan hujjatlarbirinchi navbatda dehqonlar bo`lishi zimmasiga tushdi. Burjuaziya va dvoryanlar tomonidan aldangan dehqonlar asrlardan buen kurashib orzu qilib kelgan erga ega bulish u yoqda tursin, ilgari jamoa va davlat yerlaridan foydalanib kelgan huquqlaridan ham mahrum etildi.
Qo`shimcha kasb-korlarning sanoat konkurenciyasi ostida halok bo`lishi dehqonlarni muhim daromad manbaidan mahrum qilardi, ularning shundoq ham omonat turgan xo`jaliklari zaminiga bolta urardi. Urmonlarning kesib tashlaiishi, ayniksa mamlakat janubida, qishloq ekonomikasiga katta zarar etkazdi —1860 yildan 1890 yilgacha ikki million gektar erdagi o`rmon kesib tashlangan edi. Shu vaqtdan boshlab tepaliklarning emirilishi, er siljishi va toshqinlar tez-tez bo`ladigan hodisaga aylandi,