O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kurs ishi mavzu: Milliy boylik uning tarkibi va ko‘paytirish omillari. Ilmiy rahbar: toshkent – 2023



Yüklə 66,43 Kb.
səhifə2/8
tarix13.12.2023
ölçüsü66,43 Kb.
#174625
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Milliy boylik uning tarkibi va ko‘paytirish omillari. Ilm-fayllar.org

Kurs ishi maqsadi: Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari
haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob’ekti: Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari bilan
tanishtirish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari
bilan tanishtirish ko‘nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan
fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi
natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar
yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini
ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim,
umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib
jami 31 sahifani tashkil etadi.




I bob. Milliy boylik tushunchasi va tarkibi haqida umumiy ma’lumot. 
1.1 Milliy boylik tushunchasi. 
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga
ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli
mеhnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning
joriy istе’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga kеladi va
o‘sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab
chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir
qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Dеmak, qoplash
fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga
amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mеhnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan
boylik
o‘sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
mеhnat unumdorligining o‘sishi;



ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;


milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik
tomon harakatda boylikning istе’mol qilingan qismining qoplanishi va uning
ko‘payishi ro‘y bеradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning
moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-tеxnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab
chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga
bog‘liq bo‘ladi
1
.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kеlishi
tabiat qonunlari asosida ro‘y bеrsada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer rеsurslari tabiatan
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi.
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potеntsial boylik
hisoblanadi. Ular inson mеhnatining ta’siri oqibatida rеal boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning
bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga kеltiriladi va jamiyatning
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi istе’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun,
shuningdеk bеvosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat,
san’at, sport sohalarida vujudga kеltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi.
1
ShchetininV. "Inson kapitali va uni talqin qilishning noaniqligi", jurnali Mirovaya ekonomika i. halqaro
munosabat. M. - 2006 yil



Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitеktura obidalari, noyob adabiyot va


san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish
darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intеllеktual darajasi,
ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va
sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi
2
.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan
ancha kеng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi
qimmatliklarini ham oladi.
O‘zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o‘rtasidagi
mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va
uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish
maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:
- kеng ko‘lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;
- xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
- ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash;
- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har
tomonlama puxta o‘ylangan siyosatni amalga oshirish
3
.
Milliy boylik tushunchasi . Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti
davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan
2
E. R.A.Kauchukova, “Iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi va amaliyoti”:
Darslik. - M.: Gardariki, 2007 yil
3
ShchetininV. "Inson kapitali va uni talqin qilishning noaniqligi", jurnali Mirovaya ekonomika i. halqaro
munosabat. M. - 2006 yil
ShchetininV. "Inson kapitali va uni talqin qilishning noaniqligi", jurnali Mirovaya ekonomika i. halqaro
munosabat. M. - 2006 yil



moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy


boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat
boyliklaridan iborat bo‘ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga
nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar , yaratilgan san’at asarlari , intellektual
salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab
chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi .
Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat
o‘lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko‘ra ancha qiyin ,
jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi
hisoblanmaydi va qiymat o‘lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil
amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi .
Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror
ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi .
Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida
doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida
chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‘ladi . U kishilarning
ko‘plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi .
Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta
yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin :
1. Moddiy buyumlashgan boylik .
2. Nomoddiy boylik .
3. Tabiiy boylik .
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli
mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning
joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va
o‘sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lur edi . Chunki bu
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib , qaytadan yangilanib turadi ( ishlab
chiqarish vositalari , iste’mol buyumlari ). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi



moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi . Demak , qoplash fondi


va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga
amalga oshiriladi .
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat
shakliga ega bo‘lib , tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi :
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Bular butun milliy
boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi , hamda o‘zining texnikaviy
darajasi bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi :
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) .
Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy
xarakterdagi ob’ektlar kiradi . - aylanma kapital ( fondlar ) . Milliy boylikning bu
qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‘lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4
qismini tashkil qiladi
4
. Tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy -
buyumlashgan qismi . Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri
ostida bo‘lib , potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi . - moddiy zahiralar va
ehtiyotlar . Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot , korxonalar va savdo
tarmoqlaridagi moddiy zahiralar , davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi.
Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan
bilib bo‘lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi .
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari , sug‘urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur
zahiralar kiradi. Aholining uy , tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan
mol - mulk . Bunga uy - joy , avtomobil , madaniy - maishiy buyumlar , kiyim -
kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi .
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning
salmog‘i o‘zgarishsiz qolmaydi . Asosan fan - texnika taraqqi ti sharoitida moddiy
. buyumlashgan boylik tarkibida yirik o‘zgarishlar ro‘y beradi . Sanoat
tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko‘payadi va yangilanadi , noishlab chiqarish
4
ShchetininV. "Inson kapitali va uni talqin qilishning noaniqligi", jurnali Mirovaya ekonomika i. halqaro
munosabat. M. - 2006 yil



sohasining


asosiy
kapitali
tarkibida
ilmiy,
o‘quv, sog‘liqni saqlash
muassasalarining ulushi tobora ko‘proq hissasini egallaydi . Tabiiy resurslarni
iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o‘sib boradi . Moddiy buyumlashgan boylik
o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- mehnat unumdorligining o‘sishi ;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi ;
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi .
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti
hisoblanadi . Buning ma’nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik
tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning
ko‘payishi ro‘y beradi . Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning
moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi .
Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati va miqiyosi milliy boylikdan
foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi . Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da , har ikkalasi ham yalpi milliy
mahsulot hisobiga amalga oshiriladi . Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy
boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi
muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat
rivojiga bog‘liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro‘y beradi . Foydali qazilma
boyliklar, o‘rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab
chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida
tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik
tarkibiga kirmaydi .
Buning ma’nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial
boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi . Uning bir
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning
nomoddiy boyligi hisoblanadi . Nomoddiy sohalarda ash , viy - buyum shakl bilan.
Bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi .



Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi


uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib
borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash,
fan, madaniyat , san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy
qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy¸ dgorliklar, arxitektura obidalari,
nobadabi, tasviriy va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy
boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining
to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va
malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi
o‘z ifodasini topadi.
Moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi jamiyat moddiy qimmatliklari
ko‘payishining asosi hisoblanadi. Agar fan - texnika taraqqiyoti yuqori
sur’atlar bilan rivojlansa madaniyat , san’at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o‘sib
va takomillashib boradi. Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va
tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning
nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi
Milliy boylik iqtisodiy kategoriya sifatida an’anaviy jamiyatlar davridayoq
o‘rganila boshlandi, chunki iqtisodiyotning asosini qo‘l mehnati tashkil etdi. Bu
davrda qo‘l mehnatining past samaradorligi iqtisodiy o‘sish va milliy boylikning
ko‘payishi imkoniyatlarini to‘xtatdi. O‘ziga xos xususiyat shundaki, ortiqcha
mahsulotning muhim qismi tejash va ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun emas,
balki iste’mol uchun ishlatilgan; bu bosqichda jamg‘arma darajasi besh foizdan
oshmadi. Ayrim ijtimoiy guruhlar va shaxslar boyligining ko‘payishi milliy
boylikning ko‘payishi hisobiga emas, balki uni qayta taqsimlash natijasida sodir
bo‘ldi.
Birinchi olimlardan biri Platon edi. U boylikning ko‘payishi ijtimoiy
to‘qnashuvlarga olib keladigan kamchilik deb hisoblardi. Arastu ham boylikning
oshishini qoralagan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida merkantilistlar boylik
tashqi savdo natijasida to‘planadi, deb da’vo qilganlar, shu sababli ular ishlab
chiqarishga emas, balki savdoga qiziqish bildirganlar.



Milliy boylik - bu jamiyat ma’lum bir sanada ega bo‘lgan va uning


rivojlanishining barcha oldingi davridagi odamlarning mehnatiga asoslangan
moddiy ne’matlar majmuidir.
Milliy hisoblar tizimida (MSH) milliy boylik mutlaqo barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning umumiy sof o‘z kapitali sifatida belgilanadi, ya’ni. u
moddiy resurslardan tashqari moliyaviy aktivlarni, ishlab chiqarish bo‘lmagan
moddiy boyliklarni (mualliflik huquqi, litsenziyalar va boshqalar) o‘z ichiga oladi,
lekin moliyaviy majburiyatlarni o‘z ichiga olmaydi.
Milliy boylik so‘zning keng ma’nosida tsivilizatsiya ega bo‘lgan hamma
narsani anglatadi. Shu ma’noda milliy boylik nafaqat moddiy ne’matlarni, balki
tabiiy boyliklarni, iqlimni, san’at asarlarini va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
So‘zning tor ma’nosida inson mehnati vositasida bo‘ladigan va ishlab
chiqarilishi mumkin bo‘lgan hamma narsa milliy boylikka tegishlidir. Boshqacha
qilib aytganda, milliy boylik davlat tomonidan o‘z tarixi davomida ma’lum bir
davrgacha to‘plangan moddiy va madaniy ne’matlar majmuidir. Bu odamlarning
ko‘p avlodlari mehnatining natijasidir.
Milliy boylik davlat iqtisodiyoti qudrati, moliya tizimining samaradorligi,
xalq farovonligining asosiy ko‘rsatkichidir. Mamlakatning milliy boyligi qanchalik
ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy salohiyat shunchalik kuchli bo‘lsa, yalpi ichki mahsulot va
aholining turmush darajasini oshirish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yana shuni aytish mumkinki, milliy boylik davlatning to‘plangan resurslari
va boshqa mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va odamlar
hayotini ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi. U iqtisodiy ob’ektlardan iborat bo‘lib,
ularning muhim xususiyati ularning egalari tomonidan iqtisodiy foyda olish
imkoniyatidir. Milliy boylik ma’lum bir vaqtda hisoblab chiqiladi. Milliy boylik
iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy sharti va natijasi, ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning muhim omili hisoblanadi. Darhaqiqat, biz davlatning butun boyligini
qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, baholash haqida gapiramiz
5
.
5
E. R.A.Kauchukova, “Iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi va amaliyoti”:
Darslik. - M.: Gardariki, 2007 yil



Ayrim iqtisodchilarning fikricha, milliy boylikning tarkibiy qismlari


quyidagi asosiy belgilarga mos kelishi kerak: moddiylik, jamg‘arish, uzoq muddat
foydalanish, takror ishlab chiqarish, bozor aylanmasi elementiga aylanish
qobiliyati. Milliy boylikka kishilarning mehnat faoliyati natijasida to‘plangan
moddiy boyliklar va tabiiy resurslar kiradi. Shunga muvofiq ravishda odamlar
mehnati bilan yaratilgan ijtimoiy boylik va tabiiy boyliklar (tabiiy resurslar)
farqlanadi.
Jamiyatning mavjudligida jamoat boyligi katta rol o‘ynaydi. Eng yangi
tabiiy resurslarni o‘rganish qobiliyati nafaqat uning yuqori sifatli holatiga, balki
ulardan tejamkor foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish shartlariga rioya
qilish, tabiiy resurslarni kelajak avlodlar ehtiyojlari uchun saqlashga bog‘liq.
Tabiiy boylik tabiiy resurslar hisobiga shakllanadi. Uning bir qismi qayta
ishlab chiqariladi (o‘rmonlarni tiklash, baliq, hayvonlarni ko‘paytirish). Tabiiy
boylikning yana bir qismini inson mehnati bilan qayta ishlab chiqarish mumkin
emas. Uning
iste’moli
tabiiy
resurslardan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
almashtirib
bo‘lmaydigan chegirmadir. Uzoq vaqt davomida iqtisodchilar barcha tabiiy
resurslarni
tsivilizatsiya
boyligi
deb
hisoblashlari
haqida
bahslashdilar. Munozaralar natijasida shunday xulosaga keldikki, inson mehnati
qo‘llaniladigan
tabiiy
resurslar,
ya’ni. ekspluatatsiya
qilingan
tabiat
resurslari. Boshqa resurslar ma’lum vaqt ichida haqiqiy boylikka aylantirilishi
mumkin bo‘lgan potentsial boylikni ifodalaydi.

Yüklə 66,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin