O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad



Yüklə 182,03 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü182,03 Kb.
#183774
1   2   3   4   5
Statistik paketlar - mathcat

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mathcad
Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatini bira to’la hisoblash va ifodani kiritishda yo’l qo’yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati ham mavjud.

  • Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin.

    • Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o’zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo’llanmalar bilan boyitilgan.

    Mathcad paketida turli sohalar bo’yicha electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
    Foydalanuvchi o’z oldiga qo’yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy maslalarni yechishda o’lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin.
    Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan, bunda tuzilgan modellarni nafaqat static (o’zgarmas), balki dinamik (animatsion kliplar) holda yaratish mumkin.
    Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo’lib, bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga imkoniyat yaratilgan.
    Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
    Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda yechish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o’zlari yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori sifatida foydalanishlari mumkin. Bu tizimdan tabiiy fanlar bo’yicha electron darsliklar yaratishda asos dasturiy vosita sifatida foydalanishni tavsiya etish mumkin. Masalan differensial tenglamalarni yechish, statistika ,termodinamika, boshqaruv nazariyasi kabi jarayonlarni geometric tasvirlash va animatsiyalar orqali ijro etishni yuqori darajada amalga oshirish mumkin.
    MathCAD muhitida mavjud bo'lgan hisoblash vositalarining ro'yxati quyidagicha:
    ... vektorlar va matritsalar bilan ishlash (chiziqli algebra va boshqalar);
    ... algebraik tenglamalar va sistemalar yechimi (chiziqli va chiziqli bo‘lmagan);
    ... oddiy differensial tenglamalar va sistemalarni yechish (Koshi masalasi va chegaraviy masala);
    ... integrallarni hisoblash;
    ... hosilani hisoblash;
    ... funktsiyani qatorlarga ajratish;
    ... qisman differensial tenglamalarni yechish;
    ... funksional bog'liqliklarning minimal va maksimallarini izlash;
    ... ramziy ifodalarni hisoblash va soddalashtirish;
    ... hisoblash uchun funksiyalarning integrallari va hosilalaridan foydalanish;
    ... chiziqli algebraik tenglamalar tizimini yechish, matritsalar va determinantlar bilan ishlash;
    ... nochiziqli algebraik tenglamalar tizimini yechish;
    ... grafiklarni ham dekart, ham silindrsimon, ham qutbli koordinatalarda, turli diagramma va gistogrammalarda qurish;
    ... shoxlangan dasturlar yaratish va tsiklik algoritmlar o'zingizning intuitiv dasturlash tilingizdan foydalanish;
    ... differensial tenglamalarni yechish;
    ... ehtimollar nazariyasi va matematik statistika masalalarini yechish;
    ... Windows operatsion tizimining Excel, Powerpoint, Word kabi boshqa ilovalari bilan ma'lumot almashish;
    ... hujjatlarni hisob-kitob qilish va hisobot hujjatlarini yaratish;
    ... 600 dan ortiq o'rnatilgan matematik funktsiyalarga ega;
    ... hujjat shablonlarini, matnni formatlashni, formulalarni formatlashni qo'llab-quvvatlash;
    ... 3D grafikalar bilan ishlash uchun takomillashtirilgan modul;
    ... statistik ma'lumotlarni qayta ishlash, interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, yaqinlashtirish va boshqalar.
    MathCad kompyuter algebra sistemalari, ya’ni matematik hisoblarning avtomatlashtirish vositalari sirasiga kiradi. Dasturiy ta’minotning bu sinfida turli yo‘nalganlik va yasash tamoyillarining ko‘pgina analoglari mavjud. Ko‘pincha, MathCadni Maple, Mathematica, Matlab kabi dasturiy komplekslar, shuningdek, ularning MuPAD, Scilab, Maxima va boshqa analoglari bilan taqqoslaydilar. Odatda, haqqoniy taqqoslash dasturlarning turli vazifalari va ularni foydalanish g‘oyalari bilan murakkablashadi. Masalan, Maple sistemasi, asosan analitik (simvollik) hisoblarni bajarishga mo‘ljallangan va buning uchun, o‘zining sinfida kuchli ixtisoslashtirilgan proseduralari va funksiya(3000 dan oshiq)lar to‘plamiga ega. Dasturni bunday komplektlash o‘rtacha murakkablik darajasidagi matematik hisoblashni bajarish zaruratiga ega bo‘lgan foydalanuvchiga ko‘plik qiladi. Maple imkoniyatlari kasbiy matematik - foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

    Yüklə 182,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin