O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


MathCad paketining kamchiliklari va takomillashishi



Yüklə 182,03 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü182,03 Kb.
#183774
1   2   3   4   5
Statistik paketlar - mathcat

MathCad paketining kamchiliklari va takomillashishi
MathCad ni ishlab chiquvchilar asosiy e’tiborni foydalanuvchining talablariga ko‘ra sistemani kengaytirishga qaratganlar. Buning uchun, alohida olinishi mumkin bo‘lgan va o‘rnatishda sistemaga qo‘yiladigan qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan qo‘shimcha kutubxonalar va kengaytirish, shuningdek, bevosita shaxsiy hisoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan harakatdagi algoritm va hujjatlarga oid misollarga ega bo‘lgan maxsus masalalarni yechish metodlari bayon qilingan elektron kitoblar paketlari belgilangan. Bundan tashqari, zarur hollarda shaxsiy funksiyalarni yaratish va ularni sistema yadrosiga DLL mexanizmi ((Dynamic Link Library – dinamik ulanuvchi kutubxonalar) – funksiya va proseduralarni boshqa dasturchilar, balki boshqa dasturlash tilida yozgan dasturga joriy etishning universal mexanizmi. Joriy etish loyihani kompilyasiyasi vaqtida emas, balki tayyor dasturni tezkr xotiraga yuklash mobaynida amalga oshadi) orqali biriktirish imkoniyati mavjud. MathCad dasturi Maple dan farqli o‘laroq, boshidanoq matematik masalalarni sonli yechish uchun yaratilgan, u nazariy matematikani emas, balki bevosita masalaning matematik jihatiga chuqurlashmasdan natija olish zarur bo‘lgan amaliy masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Umuman, u simvollik hisoblar zarur bo‘lgan va Maple (14 versiyadan boshlab — MuPAD) ning integrallashgan yadrosi mo‘ljallanganlarga zarurdir. Ayniqsa, ta’limga mo‘ljallangan hujjatlar yaratish haqida gap borayotganda, jarayon va hodisalarning fizik ko‘rinishidan kelib chiqqan holda matematik modelni yaratishni namoyish etish zarur bo‘lgan hollarda, u juda foydalidir. MathCadning simvollik yadrosi, asl Maple (MuPAD)dan farqli o‘laroq, sun’iy darajada chegaralangan (300 ga yaqin funksiyalarga kirish mumkin), lekin bu ko‘pchilik hollarda muhandislikga oid masalalarni yechish uchun to‘liq yetarlidir. Bundan tashqari, MathCadni tajribali foydalanuvchilari, 13 versiyasigacha (o‘zi ham) sodda usulda Maple yadrosining qariyib barcha funksional to‘plami(“hujjatlashtirilmagan imkoniyatlar” deb ataluvchi)ga ta’sir etish mumkin, bu esa MathCad hisoblash quvvatini Maplega yaqinlashtiradi.
Interfeys
MathCadni analogogik dasturlardan asosiy farqi – bu ifodalarni kiritish tartibini matnliligi emas, balki grafikligidadir. Buyruqlar, funsiyalar, formulalarni terish uchun klaviaturani ham, uskunalarning maxsus panellaridagi ko‘plab tugmalaridan ham foydalanish mumkin. Har ikkala holda ham – formulalar odatdagi kitobga analogogik ko‘rinishga ega bo‘ladilar. formulalarni terish uchun maxsus tayyorgarlikni zarurati yo‘q. Kiritilgan formulalar bilan hisoblar foydalanuvchi xohishiga ko‘ra: yoki bir vaqtni o‘zida terib bir onda, yoki buyruq bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatdagi formulalar chapdan o‘ngga qarab va yuqoridan pastga tomon (matnni o‘qishga o‘xshash) hisoblanadi. Ixtiyoriy o‘zgaruvchi, formula, parametrlar natijani ko‘rib turgan holda o‘zgartirish mumkin. Bu interfaol hisoblash hujjatlarini haqiqiy ekanligini tashkil etish imkoniyatini beradi. Boshqa dasturlarda (Maple, MuPAD, Mathematica) hisoblashlar, matn ko‘rinishida kiritilgan buyruqlarni formulaga transformatsiya qiladigan dasturli interpretatorlar tartibida joriy etiladi. Maple o‘zining interfeysi bilan an’anaviy dasturlash tili muhitida dasturlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. MathCadni foydalanish uchun u yoki bu ko‘rinishda dasturlash bilan umuman tanishmas bo‘lishi mumkin. MathCad dasturlashsiz dasturlash vositasi sifatida o‘ylab topilgan, lekin, agar bunday talab bo‘lsa, MathCad o‘zlashtirish uchun yetarlicha sodda murakkab algoritmlarni dasturlash imkoniyatli uskunalariga ega. O‘lchovli kattaliklarni hisoblashlarda MathCaddan foydalanish imkonyatini alohida aytish mumkin. Bunda birliklar sistemasini: SI, SGS, MKS va boshq. tanlanishi mumkin. Ravshanki, hisoblashlarning natijalari ham mos o‘lchovni oladi. Bunday imkoniyatning foydasini baholash ancha mushkul, chunki hisoblarda, ayniqsa fizik va muhandislik hisoblarda xatolarni kuzatish yetarlicha soddalashadi. MathCad vizuallashish mexanizmi Mapledagidan anchagina pastroq. Mapleda ixtiyoriy daraja murakkablikdagi grafik yoki sirt yasash uchun funksiyaning turi ma’lum bo‘lsa yetarli. Maplega nisbatan MathCad grafikasi yana quyidagi kamchiliklarga ega: parametrik berilgan, ikki parametrning to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lmagan aniqlanish sohali sirtlarni yasash mumkin emasligi; grafiklarni yaratish va formatlash faqat menyu orqali ekanligi, grafik parametrlarini dasturli boshqarish imkoniyatini chegaralaydi. Lekin, MathCadni qo‘llashning asosiy sohasi-muhandislikka oid masalalar uchunligini esda saqlash lozim va vizuallash imkoniyatlarining o‘quv interfaol hujjatlarni yaratish yetarlidir. MathCad tajribali foydalanuvchilari murakkab matematik konstruksiyalarni vizuallash imkoniyatini namoyish etadilar, lekin bu paketning vazifasi chegaralaridan ob’yektiv chiqib ketadi.
Vazifalarini kengaytirish
Maxsus kengaytirish paketi va kutubxonasi yordamida MathCadga yangi imkoniyatlar qo‘shish mumkin va ular sistemani maxsus masalalarini yechish uchun quyidagi qo‘shimcha funksiya va konstantalar bilan to‘latadi: berilganlarni tahlil qilish uchun paket (ingl. Data Analysis Extension Pack) — MathCadni berilganlarni tahlil qilish uchun zarur uskunalar bilan ta’minlaydi; signallarni qayta ishlash uchun paket (ingl. Signal Processing Extension Pack) — signallarni analogli va raqamli qayta ishlash, tahlil qilish va natijalarni grafik ko‘rinishda taqdim etish uchun 70 ta o‘rnatilgan funksiyalarga ega; tasvirlarni qayta ishlash uchun paket (ingl. Image Processing Extension Pack) —MathCadni tasvirlarni qayta ishlash, tahlil qilish va vizuallash uchun zarur uskunalarni ta’minlaydi; to‘lqinli o‘zgartirish funksiyalari bilan ishlash uchun paket (ingl. Wavelets Extension Pack) — MathCad Professional bazaviy modul o‘rnatilgan funksiyalar kutubxonasiga qo‘shib qo‘yish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha veyvlet funksiyalarning katta to‘plamiga ega. Paket signallar va tasvirlarning tahliliga, signallarni statistik baholashga, berilganlarni qisish tahliliga, shuningdek maxsus sonli metodlarga yangicha yondashuv qo‘llashga imkoniyat beradi.Vazifalar bir va ikki o‘lchovli veyvletlar, diskret veyvlet-o‘zgartirish, yechishning multitahlil va ko‘pgina boshqalardan iborat. Paket 60 dan ortiq tayanch veyvletlar funksiyalarni birlashtiradi. Veyvletlarning ortogonal va biortogonal oilasi qo‘shilgan, boshqalar ichida — Xaar veyvleti60) , Dobeshi veyvleti61) , simlet, koyflet va B-splayn62)larma’lum. Paket shuningdek, veyvletlarning asosiy tamoyilari bo‘yicha keng muloqatli hujjatlar, ilovalar, misollar va murojaatlar jadvallarini o‘ziga oladi; qurilish kutubxonasi (ingl. Civil Engineering Library) — ma’lumotnomani ingl. Roark's Formulas for Stress and Strain (kuchlanish va deformatsiyalarni hisoblash uchun Roark formulalari), qurilishni loyihalash uchun moslashtiriladigan shablonlarni va issiqlik hisoblash misollarini o‘ziga oladi; elektrotexnik kutubxona (ingl. Electrical Engineering Library) — elektrotexnikada qo‘llaniladigan standart hisoblash proseduralari formulalar va ma’lumotnomalik jadvallarni o‘ziga oladi. Matnlik tushuntirishlar va misollar kutubxona bilan ishlashni osonlashtiradi – har bir sarlavha mundarija va ko‘rsatmaga gipermurojaati bor va uni izlash sistemasida topish mumkin; mashinasozlik kutubxonasi (ingl. Mechanical Engineering Library) — McGraw-Hill ma’lumotnamasidan 5000 dan ortiq formula, hisoblash proseduralari va chekli elementlar metodini kiritgan ma’lumotnomani (ingl. Roark's Formulas for Stress and Strain - kuchlanish va deformatsiyalarni hisoblash uchun Roark formulalari) o‘ziga olgan. Matnlik tushuntirishlar, izlash tizimi va misollar ishlashni osonlashtiradi. Kutubxona tarkibiga Devid Pinturning «Chekli elementlar metodiga kirish» nomli elektron kitobi kiritilgan. Boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasi. MathCadSmartSketch, VisSim/ Comm PE, Pro/Engineer kabi dasturlar bilan integrallashadi. SmartSketch ilova muhandislar, dizaynerlar, arxitektorlar, chizmachilar, tizimli va tarmoq administratorlariga aniq chizma va grafiklar bilan ishlashga imkoniyat beradi. VisSim/Comm PE — bu signallik yoki fizik darajada ma’lum qilishning analog, raqamli yoki aralash sistemalarini modellash uchun Windows-ilovadir. MathCad keyingi rivojlanishida MathCad1.0-5.xx (DOS operasion sitemada ishlaydigan,IBM PC kompyuterlarga mos,2D-3D grafik yasaydigan, if va until funksiyalarini joriy etadigan, oddiy differensial tenglamalar va ularni sistemalarini yechadigan uskunalarga ega), MathCad6 (Windows 95operasion sistemada ishlaydigan, 486/Pentium foydalaniladigan), sistemaning ikkinchi varianti — Plus 6.0, MathCad 7 va 8, MathCad 2000, MathCad 2001 (10-versiya, VBScript va JScript dasturlashtilini qo‘llab-quvvatlaydi), MathCad 2001i («interfaol»), MathCad 11-11.2a (kompleks argumentli floor, ceil, round va trunc, shuningdek Bessel va Gankelfunksiyalari qo‘llab - quvvatlanadi), MathCad 12, 13-13.1- 14-15, MathCad Prime 1.0-2.0-3.0 (12.10.2013) va MathCad 15.1 (13.02.2017) versiyalari paydo bo‘ldi. Rivojlanishi. MathCad texnologiyasining keyingi rivojlanishi MathCad Application Server (MAS) paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. MAS texnologiyaning mazmuni — MathCad dasturiy ta’minotiga yoki veb-interfeys (Web Calc texnologiyasi) orqali tayyor MathCad - hujjatlarga uzoqlashtirilgan kirish joriy etishdir. MAS foydalanuvchisi MathCad ni sotib olishga muxtoj bo‘lmaydi, exe-fayllarni yuklash va ishga tushurishning hojati yo‘q. Sistemalik talablar: Prosessor: 32-bitli yoki 64-bitli (x86-64, EM64T) 400 MGs yoki yuqori (700 MGs tavsiya etiladi) taktli chastotali; 256 MB tezkor xotirali ( 512 Mb tavsiya etiladi); 1,75 Gb bo‘sh diskli fazo (MathCad uchun 350 Mb, o‘rnatishda vaqtinchalik fayllar uchun 1,4 Gb); CD-ROM yoki DVD (faqat diskni o‘rnatish uchun); SVGAgrafik kartayoki yuqori; 1024×768 (yoki yuqori)li va 24 – bitli (yoki yuqori) rangli XGAmonitori; Sichqoncha yoki boshqa qurilma. Dasturiy ta’minot: Operasion sistema: Windows XP (SP1, SP2, SP3), Windows Vista (SP1), Windows 7 ili Windows XP x64 (SP2), Windows Vista x64 (SP1), Windows 7 x64, Windows 8; Microsoft .NET Framework 3.5; MSXML 4.0 SP2; Microsoft Data Access Components 2.8; Internet Explorer.

Xulosa
Umuman, uning yordamida turli-tuman matematik masalalarni yechish va yuqori saviyada olish mumkin. Mathcaddan foydalanmaydigan zamonaviy matematikni tasavvur etish qiyin. Ushbu paket yordamida nafaqat soda va yordamchi hisoblashlarni, balki, yetarlicha murakkab hisob-kitoblar va ilmiy tadqiqotlar amalgam oshirish mumkin. Mathcad butun dunyoga tanilgan. Undan 5mln.dan ortiq kishi foydalanadi. Har yili uning yangi versiyalari chiqariladi. Oxirgi paytlarda programmalarning takomillashishi kosmetik harakter kasb etadi. Interfeys yaxshilanadi, alohida funksiyalarning imkoniyatlari kengaytiriladi, internetda ishlash vositalari takomillashtiriladi. Murakkab hisob-kitoblar FORTRAN, Paskal tillaridagiga qaraganda ancha sodda, tushunarli va bir necha barobar tez bajariladi. Yuqorida aytib o`tilganidek ushbu paketdan samarali foydalanish uchun u bilan ishlayotganimizda misol yoki masalani avvalo o`zimiz tushunib olishimiz kerak. Paket haqidagi barcha ma’lumotlarni internetdagi http://www.mathcad.com saytidan, Mathcadning Rossiyadagi distribyuteri sayti (“Soflayn” kompaniyasi) http://www.mathcad.ru dan olish mumkin.
Mathcat paketini yuklash bo`yicha qo`llanma:
KO'RSATMALAR
PTC Mathcad dasturini yuklab olish bo'yicha
PTC Mathcad dasturini olish bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1. Sahifaga o'ting https://www.mathcad.com/ru/try-and-buy/mathcad-express-free-download .
2. Shaklni to'ldiring. “Эл. почта” - korporativ elektron pochta manzilini ko'rsating.
talaba, (sizning ЭИС dan login)@campus.mephi.ru. " Компания" ni kiriting.
“O`zMU” O`zbekiston Milliy Universiteti.
" Выберите категорию должности" maydonida " “Студент" bandinini tanlang.
" “Выберите должностную функцию"dan " Обучение" ni tanlang.
Shaklni to'ldirishga misol.

3. “ОТПРАВИТЬ” tugmasini bosing.
4. Belgilangan elektron pochta manziliga. 2 soat ichida havola bilan elektron pochta xabari yuboriladi, dasturiy ta'minot yuklab olish uchun.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ko'rib chiqilganlar orasida matematika to'plami eng yaxshisidir. Ta'limda zamonaviy matematik to'plamlar (bumotors.ru).
2. tami.uz/matnga_qarang.php?id=119.
3. BLACKCURSE (tfi.uz).
4. Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha maxsus dasturlar majmuasi (english-life.uz).
5. MathCad va MatLab муҳитида ишлаш Скачать (uzsmart.uz).
Yüklə 182,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin