Laboratoriya mashg’uloti. Laboratoriya mashg’ulotlari rejadagi mavzular bo’yicha bajarilishi 5 baholi tizimda baholanadi.
Laboratoriya ishi quyidagicha baholanadi:
mavzu bo’yicha nazariy savollarga tog’ri va aniq javob berilsa, laboratoriya ishini to’g’ri bajarsa, bajarilgan ish hisoboti to’liq yozilgan va hulosa chiqarilgan bo’lsa – 5 baho
mavzu bo’yicha nazariy savollarga tog’ri va aniq javob berilsa, laboratoriya ishini to’g’ri bajarsa, bajarilgan ish hisoboti to’liq yozilmagan va hulosa chiqarilgan bo’lsa – 4 baho
mavzu bo’yicha nazariy savollarga qisman berilsa, laboratoriya ishini to’g’ri bajarsa, bajarilgan ish hisoboti yozishda va hulosa chiqarishda kamchiliklar bo’lsa – 3 baho
mavzu bo’yicha nazariy savollarga qisman va noaniq javob berilsa, laboratoriya ishini bajarishda kamchilkilarga yo’l qo’ysa, bajarilgan ish hisoboti yozishda va hulosa chiqarishda kamchiliklargalgan bo’lsa – 2 baho
Talabalarning mustaqil ishi
Talabalarning mustaqil ishi (TMI) sifatida har bir tanlangan mavzu bo’yicha belgilangan topshiriqlarni bajarilishi 5 baholi tizimda baholanadi.
Mustaqil ta’lim quyidagicha baholanadi:
mavzu mohiyati to’liq yoritib berilgan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va savol bo’yicha ijodiy fikrlarni bildirilgan bo’lsa – 5 baho;
mavzu mohiyati yoritib berilgan va savollarga javob berilsa – 4 baho;
mavzu mohiyatini yoritishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa – 3 baho;
mavzu mohiyatini xato yoritilgan, savollarga javob berilmasa – 2 baho.