Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining vazifasi shundan iboratki,O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda Islom dinining rivojlanishi va bunga sabab bo‘lgan omillar muhaddis va olimlarning bunga qo‘shgan hissalari bayo etishdir, chunki bu asrlarda Islom Sivilizatsiyasi butun dunyoga tarqaldi bizning vazifamiz bu ulkan sivilizatsiyani hozirgi zamonda yanayam sharxlashdir
Tadqiqot tuzilishi. Tadqiqot kirish, 2 bob va 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
1.1 Islomning vujudga kelishi va unda Muhammad( s.a.v )alayhissalomning o‘rni
Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar.
Paydo bo‘lishi va ta’limoti. “Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo – Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida “ko‘pxudolik” (al-Vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg'u berishni istaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo‘qligi tufayli juda mushkul. Arab yerlari Osiyoning janubi-g'arbidagi yarim orolda joylashgan bo‘lib, shimol tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko‘rfazi, Umon dengizi, janub tomondan Hind okeani va g‟arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan1. Mana shu bepoyon o‘lka bu yerda yashagan somiy tillarning birida so‘zlashuvchi arablar nomi bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, islom paydo bo‘lish arafasida yarim orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch sivilizatsiya mavjud bo‘lgan:
1) mustaqil ma’noga ega bo‘lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili);
2) nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston;
3) Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an'analari bilan bog'liq Shimoliy Arabiston.
Islomning paydo bo‘lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi. Tarixda birinchi arab davlati –Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari oqibatida mazkur uch sivilizatsiyalar vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning o‘tmishdagi nisbiy mustaqil rivojlanganliklari arablarnasabi haqidagi tasavvurda saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod vakillaridir: qahtoniylar– janub arablari,adnoniylar – shimol arablaridir. Mana shu ikki avloddan barcha arab qabilalari tarqalgan. Lekin, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mazkur tasavvur VII asr oxirlari-VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun harbiy kurash olib borgan arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, Asadiylar va boshqalar) vakillari tomonidan shakllantirilgan. Qadimgi arablar orasida ko‟chmanchilik mafkurasi qoldiqlari, qabilaviy tuzum tasavvurlari kuchli bo‟lsada, islom dini paydo bo‘lishi davrlarida ularning katta qismi (2/3) o‟troq holda shahar va qishloqlarda yashaganlar. Islom dini shakllangan va rivojlangan Makka va Yasrib shaharlari Yaqin Sharq sivilizatsiyasi qadimiy markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o‘z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atalgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar “ko‘pxudolilik” e'tiqodi hukm surardi. Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm elementlari va o‘tmish ajdodlar ruhiga sig‟inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko‘pgina qabilalarning nomlarini keltirish kifoya: asad “arslon”, kalb “it”, bakr “bo‘taloq”, sa’lab “tulki”, zi’b “bo‘ri” va h.k. Barcha somiy xalqlarga xos bo‟lgan samoviy jismlarga sig'inish arablar orasida ham keng tarqalgan edi.
Bu haqda Makka Ka’basida joylashgan «Qora tosh» (al-Hajar al-asvad) ham dalolat beradi.Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar bir vaqtda paytda paydo bo‘lgan emas, albatta1. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ'ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo‘lgan. Rivoyatga ko‘ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibn Luhay ba’zi shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olib kelgan. Keyinchalik butlarga sig'inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but -sanamlarga sig'inish – dinning yangi bosqichi bo‟lgan. Ibn al-Kalbiyning (v. 763 y.) “Kitob al-asnom” asarida ta‟kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez-tez bo‘lib turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag'lub qabila g'olib qabila sanamiga sig'ina boshlardi. Ba’zida g‘olib qabila mag‘lub qabilaning sanamini ham o‘z sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’baga sanamlar to‘plandi. Ibn al-Asirning (vafoti 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.Islomdan oldin Arabistonda yahudiy jamoalari mavjud bo‘lgan. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, tafsir, sira (Payg‘ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o‘ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan; ularning
Ko‘pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va “Bobil asirligi” 50 yil davom etgan edi. Shundan so‘ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar. Arabiston yarim orolida yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini ham tarqaldi. Xristianlar bu yerda keng targ'ibotchilik ishlarini olib borar edilar. Ular Arabistonga qachon kirib kelganligi noma’lum1. Odatda, targ'ibotchilar tibb va mantiq ilmidan xabardor, kishilar qalbiga yo‘l topa oladigan odamlar bo‘lganligi uchun ko‘pgina qabila boshliqlariga ta’sir etganlar, ularning xristian dinini qabul qilishiga yoki o‘zlarining olib borayotgan faoliyatlarida yordam berishiga erishganlar. Islomga qadar Arabiston yarim orolining deyarli barcha hududlarida xristian rohiblari muntazam ravishda din targ'iboti bilan shug'ullanar edilar. Yuqorida aytib o‟tilganidek, xristianlikning Arabiston yarim oroliga qachon kirib kelgani aniq ma’lum emas.Hijoz shaharlariga xristianlar (sharqiy cherkovlar vakillari) asosan Vizantiya qaramog'i ostidagi Falastin va Shomdan ko‘chib kelganlar. Islom vujudga kelishi arafasida Dumat al-Jandal, Eylat, Tayma, Yasrib, Makka va Toifda ham talaygina xristianlar bor edi. Habashiston xristianlari bilan aloqalar haqida efiop askarlarining yurishlari va ilk musulmonlarning hijralari dalolat beradi. Qadimgi Arabiston jamiyatida “haniflar” nomi bilan ma’lum bir jamoa mavjud edi. Bu jamoa vakillari diniy tasavvurlarini fanda «noma’lum monoteizm» deb atash qabul qilingan. Ular sanamlarga sig'inmas, balki yagona Xudoga ibodat qilar hamda ochiqdan-ochiq butparastlarni tanqid qilishar edi. Ular bir yerda muqim turmay, o‘lka bo‘ylab darbadar hayot kechirardilar. Ushbu toifa kishilaridan Zayd ibn Amr, Varaqa ibn Navfal, Ubaydulloh ibn Jahsh va Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayyidolarni keltirish mumkin. Ular keyinchalik ilk islom jamoasida ma’lum mavqega ega bo‘ldilar.Sosoniylar Eroni ta’siri haqida adabiyotlarda kam gapiriladi. Vaholanki, zardushtiylik va manixeizm ta’siri bu mintaqalarda kuchli edi. O‘zini “Payg'ambarlar muhri” (“Xotam al-anbiyo”) deb atagan Moni va uning “o‘zga dinlar ta’limotini to‘g'rilovchi” dini atrof hududlarga yetib ulgurgan edi. Sosoniylar ta’siri ostida bo‘lgan Laxmiylar davlati va islom paydo bo‘lishi arafasida Eronning Yamanni zabt etganligi faktlari e'tibordan tashqarida qolmasligi lozim.Yangi dinning paydo bo‘lishida mazkur omillarning albatta ta’siri katta bo‘ldi0. Ammo bu jarayonlarda birinchi arab davlati vujudga kelishi va uning ideologiyasining shakllanishi muhim o‘rin tutadi2. Ularni to‘laqonli idrok etishda Muhammad payg'ambar hayoti, uning yangi din targ'ibotchisi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |