Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, islom sivilizatsiyasi mavzusi doimo ochiq va hech qachon berk bo‘lmagan. Shu sababli bu boradagi mulohazalar juda ko‘p va yaqin kelajakda to‘xtashi amri mahol. Yurtimizdagi diniy soha vakillari va tarixchilar Islom svilizatsiyasining rivoj-lanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qôshgan hissasi haqida ko‘plab izlanishlar olip borishdi va O‘z kitoblarida buni yoritip ôtishdi. Masalan ulardan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf1, Ahmad Muhammad Tursun2, Anvar qori Tursunov, Hasanxon Yahyo Abdulmajidov, D.R.Maxsudov3, .Ahmad Muhammad4, Ubaydulla Uvatov kabi olimlar Har bir olim va mutaxassis o‘zining bilim darajasi va saviyasidan kelib chiqib, o‘rganadi, xulosaga keladi va unga baho beradi. Mazkur masaladagi o‘rganish va tadqiqotlarning turliligiga sabab ham asosan ularning uslub, yo‘l va yondashuvlarining o‘zgaruvchanligi, tafakkuriy, madaniy, ilmiy qarashlarning muntazam yangilanib borishi bilan bog‘liqdir.
Mavzuning obyekti. Kurs ishining obyekti Movarounnahr va Xuroson diyoridan Islom Svilizatsiyasiga xissa qôshgan buyuk ulamolar yetiship chiqqan, Beruniy Ibn Sino, Imom Buxoriy Termiziy Fargoniy Zamaxshariy Farobiylar
Kurs ishining predmeti. Kurs ishining predmeti Ibn Sinoning tibbiyot ilmidagi faoliyati Butun musulmon olami tibbiyotiga katta hissa qôshdi, Beruniyning Hindiston asari esa sharq va Garb geografiyasini yanayam boyitdi
Imom Buxoriyning “Al-jome as-sahih” asari esa dunyoda Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblanadi, Imom Zamaxshariyning “Al-kashshof” asari esa Arab tili gramatikasiga asos bôldi. Bu allomalarning harakatlari tufayli ilm-fanda katta yutuqlarga erishildi
Kurs ishining maqsadXX asrda Islom sivizilatsiyasi haqida musulmon olimlari, sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy kitoblar yozildi. Ularning har birida muallifning shaxsiy ilmiy izlanishlari, qarashlari, yondashuvlari va ko‘zlagan maqsadlari aks etgan. Tabiiyki, ularning ichida ahamiyatli, e’tiborlilari talaygina. Biroq bunday kitoblar muntazam ravishda yozib borilishi ushbu mavzuni xali jiddiyroq o‘rganishga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.