Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti kurs ishi mavzu



Yüklə 93,47 Kb.
səhifə1/12
tarix19.12.2023
ölçüsü93,47 Kb.
#184694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va ri-fayllar.org


Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI

KURS ISHI
Mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi
Taqrizchi:dots.v.b.,PhD.A.A.Madraimov___
Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
etnologiyasi kafedrasi mudirasi,
t.f.n., dots. Alimova R.R. _______________


Bajardi: “Tarix (Markaziy Osiyo
mamlakatlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabasi Jabborov Omondullo Umidjon
o‘g‘li________________
Ilmiy rahbar: Samandar Salimov__________

Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I.BOB ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI……………………………………………………………..……6
1.1 Islomning vujudga kelishi va unda Muhammad(s.a.v)alayhissalomning o‘rni………………………………………………………………………………...6
1.2 Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi…………………………………. .…12
II.BOB MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINI VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI…………………………………………….…..22
2.1 Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar…..…22
2.2 Islom Sivilizatsiyasining Maʼnaviy-Ruhiy Asosi……………..……………....31
XULOSA…………………………………………………………………..….….33
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI………......34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy istiqlol yillarida jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdod-larimizning ardoqli, bebaho merosini o‘rganish, ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o‘z samarasini bermoqda. Qadimiy ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri Termiz shahridan yetishib chiqqan Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘zlashtirish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Hurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyatimizni quyidagicha ta’riflaydi: «Ma’naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg‘u tinim bilmaganidek, ularning masuli o‘laroq, ma’na­viyat ham doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi. Ma’­naviyat deganda avvalambor odamning ruhan pokligiga qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan inson ichki dunyosini, idrokini bakuvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuchni tasavvur qilaman»1.
“Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar, hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, — deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari2.
Istiqlol tufayli o‘zligimizni anglay boshladik, hayotimiz, fikrimiz, dunyoqarashimiz o‘zgardi shunga yarasha tushunchalarimiz ham yangilandi: Milliy g‘oya, milliy mafkura, komil inson tarbiyasi davrimizning dolzarb vazifasiga aylandi. Ota-bobolarimiz asrlar davomida yaratgan, beshavqat davr sinovlaridan omon qolgani iymonni mustahkam, bakuvvat etuvchi, ko­mil inson xususida yozilgan axloqiy, diniy, ilmiy va didaktik asarlarni o‘rganish ham davlat siyosati darajasiga kutarildi.

Yüklə 93,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin