O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi f arg‘ona davlat universiteti



Yüklə 91,96 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü91,96 Kb.
#190496
1   2   3
kurs ishi

Umumiy baho

5 baho







Komissiya a’zosi: ________________ _____________


Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi mudiri,
komissiya raisi: ________________ I.Xoldorova
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….........4-5
I.BOB. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligi
1.1. Xalq og‘zaki ijodi namunalarining bolalar uchun ahamiyati…….………6-11
1.2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy asarlarni to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmasi …….........................…………………………..………………..12-17
II.BOB. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xorij xalq bolalar yozuvchilari ijodidan foydalanish samaradorligi
2.1. Xorijiy xalq bolalar ijodkorlarining buyuk asarlari…..…………………..18-22
2.2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xorijiy xalq bolalar yozuvchilari ijodining bolalar uchun tarbiyaviy ahamiyati.…….………………………………..23-27
XULOSA
FOYGALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbliligi. Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda” , deya ta’kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko'p hollarda o‘quvchini daryo o‘rtasida turib, suv izlayotgan shaxsga o‘xshatamiz. Mamlakatimizda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko‘p asrlik ezgu orzulari ro‘yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri “Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, hqanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak. Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan, to‘g‘ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Chunki kichkintoylar alla, qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish orqali o‘tkazish, ta’lim – tarbiya berishda alohida o‘rinni egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarga faqat bilim berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat. Bolalar adabiyotini o‘qitishda xorijiy adabiyotlarni o‘rganish roli xususida fikr yuritish mazkur ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 91,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin