O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi f arg‘ona davlat universiteti



Yüklə 91,96 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü91,96 Kb.
#190496
1   2   3
kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘zbek xalq bolalar yozuvchilari ijodini o‘rganish jarayonida xorijiy xalq bolalar adabiyoti yozuvchilarini ijodini ham birgalikda o‘rganish va o‘zaro qiyoslash.
Kurs ishining vazifasi:
1. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining o‘quvchilar uchun tarbiyaviy ahamiyatiga umumiy tavsif.
2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xorijiy xalq yozuvchilari ijodini o‘rganishning xususiyatlarini aniqlash.
3. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xorijiy xalq yozuvchilari ijodini o‘rganishning metodlari tavsifi.
4. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida inrerfaol usullar yordamida asarlarni tahlil qilish, aniq va tushunarli qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish.
Tadqiqotning obyekti. O‘zbek va jahon bolalar adabiyotida yaratilgan asarlar.
Tadqiqotning predmeti: Bolalar adabiyotida ramziy va majoziy obrazlarni o‘rganishning mazmuni, shakli, metodi va vositalari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I.BOB. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligi
1.1. Xalq og‘zaki ijodi namunalarining bolalar uchun ahamiyati
Bolalar adabiyoti deganda yozuvchilar tomonidan ularga mo’ljallab yozilgan maxsus asarlarni tushunamiz. Shuningdek, katta yoshdagilarga atalgan, biroq bolalar ma’naviyatini boyitadigan, ularga ma’rifiy - estetik zavq berishi mumkin bo‘lgan asarlar ham bolalar kitobxonligini tashkil etadi. Ijtimoiy ong shakllari, mafkuraviy ishning barcha sohalari kabi, bolalar adabiyoti ham voqelik bilan hayotdagi turli ijtimoiy hodisalar hamda insoniyat turmushi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni o‘ziga xos vositalarda badiiy aks ettiradi. Bolalar adabiyotida aks ettirilgan voqeliklar hayotiy, haqqoniy tasvirlanishi hamda ularning ruhiyatiga, ongiga mos, tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak . Shunga ko‘ra, bolalarga atalgan badiiy asarlar ularning xarakter xususiyatlarini to‘la namoyon qilishi bilan bir qatorda pedagogika va psixologiya fanlari bilan uzviy aloqada bo‘lishi, demakki, muayyan ma’rifiy - estetik g‘oyani ilgari surish lozim. Bolalar adabiyotining yana bir muhim xususiyati uning pedagogika bilan mahkam bog‘langanligidadir. Bolalar adabiyoti talablari bilan birga pedagogika talablariga ham alohida e’tibor berilishi lozim. Ana shu talablar asosida yaratilgan g‘oyaviy - badiiy yuksak asarlar bolalar uchun eng qimmatli kitoblar hisoblanadi. Zero pedagogika bilan bolalar adabiyotining maqsad va vazifalari mushtarak: yosh avlodga chinakam aqliy - axloqiy estetik va jismoniy tarbiya berishdir. Bolalar yozuvchilari bolalarga mos, ularni qiziqtiradigan va ulkan ishlarga otlantiradigan asarlar yozib, yorqin, kuchli badiiy obrazlar yaratib, yosh avlodning ongi, xarakteri va irodasini o‘stirib chiniqtirishda va har qanday qiyinchiliklarni yenga oladigan, mehnatsevar kishilar qilib tarbiyalashda xalqqa, davlatimizga katta yordam berishlari kerak. Hozirgi zamon bolalar adabiyotining eng yaxshi asarlari katta badiiy kuchi, boy, ravon, obrazli va ifodali tili bilan ajralib turadi. Shu sababli bunday asarlar kitobxonning sevimli do‘stiga, hamrohiga aylanib qoladi. Insonni bolalarga avvalo buyuk qahramon, noma’lum mamlakatlarni kezgan qo‘rqmas sayyoh, afsonaviy pahlavon, haqiqat uchun kurashuvchi, o‘z orzu umidlariga sodiq, irodali qilib ko‘rsatish kerak. Barcha yozuvchilarning eng yaxshi asarlari bolalarni atrofdagi hodisalarga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatadi, kishilarimizning yuksak ma’naviy sifatlarini ko‘rsatadi, bolalarni ona Vatanga, mehnatga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalaydi.
Kitob bolalarga hayotni o‘rgatuvchi haqiqiy muallim bo‘lishi uchun ularning kitobxonligini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. Bolalarni kitob tanlashga, muntazam ravishda o‘qish o‘rgatish lozim. O‘qilgan kitoblar yuzasidan o‘qituvchining rahbarligida turli mulohazalar, muhokamalar, kitobxonlar konferensiyasi o’tkazib turish katta foyda keltiradi. O‘qituvchi va tarbiyachilarning bolalar adabiyotidan foydalana bilishlari, maktabda va bog‘chada ta’lim - tarbiya ishlarining sifat va samarasini yanada yuqori darajaga ko‘tarishi, o‘quvchilarning badiiy kitoblarga bo‘lgan muhabbatini oshirish ishlarini yaxshilash vositalaridandir. Shu bilan birgalikda xorijiy xalq bolalar yozuvchilarining ijod namunalarini o‘rganish ham maqsaddan holi emas. Ilg‘or izlanuvchan o‘qituvchi har bir dars uchun yangilik izlaydi, ish jarayonida yangi metod va usullarni qo‘llaydi. Har bir mavzu ustida ishlar ekan, albatta qo‘shimcha adabiyotlarni topadi, ishlab chiqadi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida matn ustida o‘quvchilar bilan fikrlashar ekanmiz ularning nutqini o‘stirishga alohida e’tibor bermog‘imiz lozim. She’rlarni ifodali o‘qish bilan birga, yod olishga topshiriq berib, har bir mavzuni o‘quvchining shaxsiy hayoti bilan bog‘lab, tushuntirib xulosalasak samarali natijaga erishamiz. O‘qituvchi o‘qitiladigan mavzuning mohiyatiga e’tiboran dars jarayonida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga harakat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarda asarda ifodali o‘qish ko‘nikmasini hosil qiladi. Ma’lumki badiiy asar o‘quvchilarni estetik did va tushunchasini shakllantiradi, shoir ijodiga havas hissini oshiradi. O‘quvchining o‘zi ifodali o‘qish qonun-qoidalarini bilib olishi kerak. Ifodali o‘qish badiiy o‘qish san’atini egallashi uchun zamin hozirlaydi. Bolalar uchun ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar uning g‘oyaviy mazmunini tushunishga yordam berishi bilan birga kitobxonning nutqini o‘stiradi, boyitadi, xalq tilining kuchi, boyligi va go‘zalligini bilib olishga imkon beradi. Ona tiliga muhabbatini oshiradi. Hozirgi zamon bolalar adabiyotining eng yaxshi asarlari katta badiiy kuchi boy, ravon, obrazli va ifodali tili bilan ajralib turadi. Shu sababli bunday asarlar kitobxonning sevimli do‘stiga hamrohiga aylanib qoladi.
O‘qituvchi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Har bir bola asarda hikoya qilingan asosiy qahramonlami aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalash lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim. Pedagog asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit berishi mumkin. Ammo asar o‘qib berilgandan so‘ng matndagi notanish so‘zlar ustida alohida ishlanish zarur. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak. Darsni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin:
O‘qituvchi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
O‘quvchilar: O’n ikki oy.
O‘qituvchi: U oylar qanday ataladi?
O‘quvchilar: oylar nomini aytishadi, zarurat bo’lsa, ularning javoblarini tuzatiladi.
O‘qituvchi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o’tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o’lka -Begimiyada bir qiz bir vaqtning o’zida o’n ikki oyning hammasini ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan? Mana bunday ....Keyin o‘qituvchi kitobdan o’qiy boshlaydi. Ertak o’qib bo’lingach, qizcha bir vaqtning o’zida birdaniga o’n ikki oyni qanday ko’rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi haqida suhbat o‘tkaziladi.. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo’lgan kitoblarni o’qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh.Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V.Oseyevaning «Sehrli so’z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o’ynaydi, mohir pedagog bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o’qib berishdan oldin o‘qituvchi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o’ylang va ayting: qanday qiz haqida -yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida -yomon deyishadi?». Bolalarning javoblari. Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to’g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o’qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.Shundan so’ng o‘qituvchi she’rni o’qiy boshlaydi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o’qishdan oldin o’tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo’lishi -3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan). Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o’qib bo’lingandan keyin ham suhbat o’tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko’p savol va tushuntirishlar bo’lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o’qish paytidayoq qahramonlar xatti-harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. Yuqorida berilgan savollar asosan 1-2-sinf o‘quvchilariga xos bo‘lib bunday savollar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra, asar mazmunidan kelib chiqib, mohir pedagog tomonidan oldindan tuzib olinadi O’qilgan asar haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga o’rgatish va bolalaming qahramon va uning xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim». Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi. Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo’libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo’lga qo’yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash imkonini bersin. Darslarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval oqituvchining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayotgan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi. Boshlang’ich sinflar uchun "Nutq o'stirish" bo'limida o’quvchilarni badiiy adabiyotni hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quyidagicha belgilangan. Birinchi yarim yillik-

  1. badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatish.

  2. Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim. Bolalar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.

  3. Bolalarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoqlarni ta'riflab berishga, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qandau o'unalishi va boshqalar) aniq so'zlar orqali ifodalashga o'rgatish.

  4. Ijodiy hikoya qilish.

  5. O’quvchilami o’qituvchi tomonidan belgilangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish.

  6. Bolalarning shaxsiu tajribalari va o’qituvchi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiu rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: "Quvonshli kun", "Xafa bo'lgan kunim", "Mehmonda", "Vizning oila", "Yeng uaqin o'rtog'im", "Dam o1ish kuni", "Dadamga qarashdim", "Qo'g'irchoq teatriga bordim" va boshqalar.

  7. Bolalarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiu kyeshinmalarini bilishga o'rgatish; "Birinchi qor", "Yaxmalakda", "Yangi yil bayrami", "Qorbobo", "Men sevgan fasl", "Tashqarida qor, uyimizda bahor", "Xola-xola o'unadik", "Kim oladi-uo, shuginani-uo" o'uini, "Men onamga yordamchi", "Ukamga mehribonman" va boshqalar

  8. .Bolalarga suratlar bo'uisha hikoya tuzishni o'rgatauotganda, avvalo, ularning mustaqil fikrlash1ariga, suratda tasvirlangan voqealarga o'z munosabatlarini bildirish1ariga imkon yaratish kerak.

  9. Shu bilan birga, rasmda aks yettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima

bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash.

Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi


boigan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tom onlam a boyib borishida
taijima asarlarining o ‘rni, ahamiyati katta. Negaki taijim a asarlarini o'qigan
har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasaw uri boyib, o ‘sha
xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, m ehnatlari, orzu-intilishlari
bilan oshno bo‘ladilar. O'qish darslarining asosiy vazifasi bolalarda xalq og'zaki ijodiga, adabiyotga qiziqish uyg'otish, kitobni sevish, undan mustaqil foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirish, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashdan iborat. Albatta, bular muayyan asar ustida ishlash orqali amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida chet el adiblarining asarlarini o'qish, asar matni ustida ishlash uchun dars soatlari ajratilgan. O'qish darslarida bolalarning ijodiy faolligini oshirish uchun o'quvchilarning o'qilgan va kuzatgan materiallar asosida asarni sahnalashtirish, hikoya qilish, og'zaki hikoyalar tuzish, rollarga bo'lib o'qish, tanlab o'qish kabi topshiriqlarni bajartirish foydalidir. O'qish darslarida o'quvchilar asarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, jonlantirish kabi badiiy-tasviriy vositalarni, yaqin ma'noli, qarama-qarshi ma'noli, ko'p ma'noli so'zlar, iboralar ustida ishlashni, she'riy asarlarni o'qiganda misralarni sharhlashni o'rganadilar. Bu esa o'quvchilarning estetik didini oshirish imkonini O'qish darslari tevarak-atrof, ijtimoiy foydali mehnat bilan o'zaro uzviy bog'liq holda bo'lishi lozim. Bolalarni o'qishga o'rgatishda ularning ko'rgan bilgan voqealaridan, shuningdek, ilg'or pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish ham nazarda tutilgan. Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o'tib dillarni yashnatib yurgan "Qizil Shapkacha" (Sh.Perro), "Robinzon Kruzo" (D.Defo), "Gulliverning sayohatlari" (J.Svift), "Dyumchaxon" (X.Andersen), "Oltin baliq" (A.S.Pushkin), "Tom Soyerning boshidan kechirganlari", "Shahzoda va gado" (M.Myen), "Kapitan Grant bolalari", "Ostin-ustin" (J.Vern), "Don Kixot" (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo'sh urdirib yuboradi.

XX asrda bunyod etilgan "Maugli" (R.Kipling), "Kichkina Shahzoda" (A. De Sent-Ekz Yuperi), "Katta va kichik Karlson" (A. Lindgren), "Toshkent - non shahri" (A. Neverov), "Vinni Pux" (A. Miln), "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" (S.Marshak), "Uch baqaloq" (Yu. Olesha), "Quvnoq Japbaqlar" (B. Kerboboyev), "Doktor Aybolit" (K.Chukovskiy), "Timur va uning komandasi" (A.Gaydar), "Chipollinoning sarguzashtlari" (J.Rodari), "Styopa amaki" (S. Mixalkov), "Kim bolsam ekan?" (V.Mayakovskiy), "Bilmasvoy quyosh shahrida" (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o'zbek kitobxon bolalarida ham katta taassurot qoldirmoqda. Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi. Bu asarlarning ko'pchiligida ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish ("Uch baqaloq"); noshukur bolmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish ("Ahmoq sichqoncha haqida ertak" ); inson va insonga mehr ( "Maugli"); tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish ("Doktor Aybolit"); odamlar xizmatini qilish, beminnat yordam ko'rsatish ("Timur va uning komandasi"); o'ziga pishiq puxta bo'lish, ichki sirlarni o'zgalarga oshkor qilmaslik( "Qizil Shapkacha"); namunali o'qish, kasb-hunar egasi bolish("Kim bolsam ekan?"); sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish ("Quvnoq Japbaqlar")dek olijanob g'oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o stiradi. O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi


Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Shari Perro o ‘z elinining badiiy
ertak asoschisi sifatida m a’lum va mashhurdir. U o ‘zining «Qizil Shapkacha»,
«Zolushka» va «Etik kiygan mushuk» asarlari bilan jahonga tanildi.
Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘zaki ijodini mehr
va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o‘z ertaklarida
xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perroning qahramonlari o ‘z mehnat
sevarliklari h am d a saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G ‘arazgo‘ylik,
maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik o'rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi
hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Shari Perrodan bor-yo‘g‘i 11 ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga
nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini
darrov payqaysiz. D unyoda uning «Etik kiygan mushuk* ertagini o‘qimagan
yoki ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola
iopilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib qo‘yiladi.
Boshqa asarlarida boMgani kabi Sh. Perro bu ertaqda folklor an’analariga
yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni tegirmonchining kenja o‘gkli
Karabas fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o ‘z murodmaqsadiga yetadi,
baxtiyor bo‘iadi. Aka-uka G rim m larning qaysi asarini olmang, hammasida ham eng avvalo m ehnatkashlik, m eh n atg a m uhabbat g'oyasi ilgari suriladi. Ikkinchidan, har qanday holda ham , har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham o ‘sha qahram on chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatdan qutiladi. Masalan, «Tulki bilan G ‘ozlar»ni olaylik. T ulki kabi hiyla va m akr ishlatadigan jonivor bo‘lmasa kerak. Grim m lar ularga qaram a-qarshi qiiib g 'ozlar obrazini yaratishadi. Andersen ertaklarining k o ‘pgina bosh qahramoni shahzoda ham emas, m alika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o‘zlarining samarali m ehnatlari, aqli-idroklari, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq b o ‘ladilar. Uning «Qo‘ng‘iroqli girdob», «Kumush tanga», «Kolbasa sixidan sho‘rva», «Go‘ng-qo‘ng‘iz» va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Masalan, ertakchining «Qo‘ng‘iroqli girdob» asarini olib ko‘raylik. Ertakda asriar mobaynida ezilgan, og‘ir m ehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o ‘z xo‘jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. «A. S. Pushkinning xalq og'zaki ijodiga asoslanib yozgan «Ruslan va Lyudmila* asari ham bolaiar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan bin hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‘shiqlari, afsonalari bu g'aroyib asarga favqulodda go‘zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o £zida mujassamlashtirgan yorqin iste' dod egasigina shunday asar yarata olardi. Rus bolalar ijodkorlari ijtimoiy-siyosiy mavzularda bolalarbop asarlar yaratishda Mayakovskiy ijodidan juda ko‘p o'rganadilar. Zéro, shoir bolalaiga siyosiy axloqiy mavzuda asarlar yozishni o‘z ijodi orqali isbot qilib berdi. Eng muhimi, uning bolalaiga atab yozgan she’rlarining shakli ham, mazmuni ham rang-barang va yangicha edi. Shoir bolalarga eng muhim va jiddiy mavzularda asar yaratganda ham ular diqqatini jalb qila oladigan detal va tashbehlardan mohirona foydalana oladi.
.Axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta’sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi.She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his -tuyg’ular va o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o’z ta’sir kuchiga ko’ra turlicha bo’ladi: hikoyalarda bolalar so’zlarning lo’ndaligi va aniqligini bilib oladilar, sherlarda o’zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligani ilg’aydilar, xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi.Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg’ulari -birovning dardiga sherik bo’lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko’rsatish qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Bu prinsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik xislari tarbiyalanadigan poydevordir. Has-tuyg’ular bilimdan oldin keladi. Kimki haqiqatni his qilmagan bo’lsa, u buni tushunmagan va tanimagandir.Xalq -bolalarning betakror o’qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hyech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko’ra bir-biridan zo’rg’a farq qiladigan so’zlarning hayron qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, sanoq she’rlar -pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo’rqoqlik, o’jarlik, injiqlik, faqat o’zini o’ylash (egoizm) kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malhamdir».Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o’z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflami himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o’zlarining adolatparvarligani namoyon qiladilar O’qib chiqilgan asar bo’yicha haddan tashqari ko’p nasihat qilish katta, ko’pincha esa tuzatib bo’lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib tashlangan» asar bolalar ko’z o’ngida o’zining barcha jozibadorligini yo’qotadi, oqibatda unga nisbatan bolalarning ham qiziqishi yo’qoladi. Shuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to’liq tayanish zarur.K.D. Ushinskiy shunday yozadi: «Bola ona tilini o’rganar ekan,u faqat shartli tovushlarnigina o’rganmaydi. Balki ona tilining ona ko’kragidan ma’naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hyech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar xarakteri u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hyech qanday tarixchi bunga qodir emas, u bolani xalq udumlari, xalq she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hyech bir estetik bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, albatta, boshqa biron-bir faylasuf bunga qodir emas». Buyuk pedagogning ushbu so’zlarida nafaqat ona tilini o’zlashtirish natijalari, balki uni o’rganish metodi: «nafaqat ko’p narsani o’rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo’lmaydigan metod asosida o’qitadigan o’qituvchi tiliga ishonch ko’rsatib berilgan.Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o’zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo’yadi. Yoshi o’sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalardashe’r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ulami bar bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko’rib chiqamiz.Ilk yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilishining asosi -bu ularga nisbatan emosional javob, turli xil ohanglarni ilg’ab olish, ularga munosabat bildirish, imkoniyat darajasidagi adabiy asarlar qahramonlarini tanib olish va ular haqida qayg’urishdir. Ushbu yoshdagi bolalar uchun kichik shakldaga she’riyat, ya’ni folklor va mualliflik she’riyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bosh qahramonlari bolalar, hayvonlar bo’lgan, o’yinli va maishiy vaziyatlar bayon qilingan asarlar bolalarga juda qiziqarlidir.Bola kattalar bilan birgalikda matallar va sanoq she’rlar syujetlari asosida ishtiyoq bilan o’yinlar tashkil qiladi, u tovush taqlidiga va folklor yo’nalishidagi bir maromdagi takrorlashlarga quloq tutadi hamda ularga takdid qiladi. Bola adabiy asarlarda bayon qilingan voqyealarni juda jiddiy qabul qiladi. O’ziga yoqib qolgan ertakni bir necha marta eshitishga ham tayyor. Uning qahramonlarini illyustrasiyalar va o’yinchoqlarda xursand bo’lib tanib oladi, har gal ertakning baxtli yakunini berilib kutgani holda syujet harakatlarining odatdagi ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatib boradi. Kichkintoylarga mo’ljallangan badiiy asarlar soni unchalik ko’p emas. Shuning uchun ular ko’p martalab takror jaranglashi,bolaning kundalik hayotiga kirib borishi va unda badiiy asarni his qilishning birlamchi asoslarini rivojlantirishi lozim. Ilk yoshdagi bolalarga o’qib beriladigan asarlar doirasini asosan folklor asarlari tashkil qilali. Ular eng yaxshi tarzda ilk yoshdagi bolalar ehtiyojlariga mos keladi, chunki u so’z, ohang, musiqa va harakatni o’zida jamlagandir. Bolalar hayvonlar haqidaga xalq ertaklari bilan tanishadilar: «Sholg’om^>, «Bo’g’irsoq», «Uycha», «Chipor tovuq» va boshqalar.Maktabgacha ta’lim muassasalariva ota-onalarning vazifalari:1 bolaga so’z san’ati olamini ochish, kitobga qiziqish va mehrni, uni tinglash va tushunishni, xayoliy voqyealarga emosional munosabat bildirishni, qahramonlar haqida qaygurish va «ularga yordamlashish» hissini tarbiyalash, ya’ni bolalarni badiiy rivojlantirish, ularni bo’lajak kitobxon sifatida shakllantirish;2hikoyani tinglash va tengdoshlari bilan birgalikda bilish malakasini hosil qilish;3bolalarga sanoq she’r matniga mos keluvchi o’yin harakatlarini bajarishni o’rgatish;4bolalarda xalq asarlari,she’rlar, qo’shiqlar ohangdorligi va musiqiyligiga nisbatan emosional munosabat bildirishni tarbiyalash;5bolalarga adabiy asarlar ko’p martalab o’qilganida va hikoya qilinganida ularning qahramonlarini tanib olishda yordamlashish;6bolaning she’rlar va ertaklardan ayrim so’zlar hamda ifodalarni takrorlashga rag’batlantirish;7illyustrasiyalarniko’zdankechirishni, ulardan adabiy asarlarqahramonlarini tanib olishni va illyustrasiya mazmuni bo’yicha oddiy savollarga javob berishni o’rgatish (Kim bu? Quyonning qulokdari qani? U nima qilayapti? Sichqon qani? va h.k.).8bolalarga dastlab ko’rgazmali asosda (suratlar, o’yinchoqlar, harakatlar), so’ngra esa ko’rgazmasiz taqdim qilinayotgan qisqa she’rlar, sanoq she’rlar, ertaklardagi harakatlar rivojini kuzatib borishni o’rgatish;9bolani ilk yoshdagi bolalar uchun maxsus chop etilgan (rang-barang, yirik suratli, muqovasi qattiq va yuviladigan) kitoblardan mustaqil ravishda foydalanishga undash.Ushbu vazifalarni amalga oshirish bolalarda adabiy asarlarni estetik qabul qilish qobiliyati va mahoratini tarbiyalash, ularda badiiy-nutqiy faoliyatni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir.Ilk yoshdagi bolalar bilan pedagogik ishlar mazmuni va shartlari qanday bo’lmog’i lozim?Tarbiyachining badiiyasarni o’qish yoki hikoya qilish jarayoniga u xuddi ana shu voqyealar tomoshabini yoki ishtirokchisi sifatida emosional tarzda qo’shilib ketishi bolalar bilan pedagogik ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi. Aynan bir asarning o’zi ko’p marta takrorlanishi lozim: tarbiyachi suratli kitobdan «Sholg’om» ertagini o’qiydi, so’ngra uni kitobsiz hikoya qilib beradi, o’yinchoqlar bilan ko’rsatadi, guruhga boshqa rassom tomonidan ishlangan illyustrasiyalami olib keladi, bolalar bilan birgalikda o’qiydi va hikoya qiladi.Kattalar badiiy so’zni bolaning kundalik hayotiga doimiy ravishda kiritib borishlari (Uxla, qarog’im mening), bolaning o’z ismini u yoki bu o’yin yohud maishiy vaziyatga mos keluvchi xalq qo’shig’iga qo’shib aytishlari lozim (Allayo -alla, Gulnor qizim uxlasin, alla va h.k.). Tarbiyachi (kattalar) bolalar bilan birgalikda tanish va notanish kitoblardagi illyustrasiyalarni ko’zdan kechirishi, bolalarni tanish asarlar, illyustrasiyalar va o’yinchoqlar qaqramonlarini tanib olishga, qahramon ismi va uning harakatlari nomini aytishga, shuningdek, badiiy matnning ayrim ifodali qismlarini aytib berishga («Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim momomdan,..») undashi darkor.Ayniksa, 4-5 nafar boladan iborat bo’lgan kichik guruhlar bilan kitoblarni ko’rib chiqish va o’qish, shuningdek, har bir bolaning tanlab olingan va guruhda saqlanayotgan kitoblardan erkin foydalanishi uchun tegishli sharoit yaratilishi alohida ahamiyatga egadir. Bolalarga barcha notanish so’zlar ma’nosini darhol tushuntirib berishga, xususan obrazli tavsiflash yohud u yoki bu ertakdan kelib chiqadigan ma’noni o’z so’zlari bilan aytib berishga intilmaslik zarur.Ilk yoshdagi bolalarga badiiy adabiyotni tanishtirish jarayonida ularda bilish va nutqiy qobiliyatlarini hamda nisbatan tegishli munosabatni rivojlantirish zarur.Bilish qobiliyati:kattalarning hikoya yoki kitob o’qishlarini diqqat bilan tinglash, tanish asarlarni esda saqlab qolish va uni takror tinglaganda ertak, hikoya, illyustrasiya, o’yinchoqlar qahramonlarini tanib olish, she’rlar qatorlari, kichik shakldagi asarlar matnini esda saqlab qolish.Nutqiy malaka:asar, sanoq she’r, o’yinlar, qo’shiqlar, she’rlar mazmunini so’z, imo-ishora, harakat orqali tasvirlash; so’zni va tanish she’rlar qatorlarini ilib olish, ularning ayrimlarini yoddan aytib berish.Munosabat:badiiy asar bilan uchrashuvdan xursandchilikni, emosional hamkorlikdan quvonchni va birgalikdagi qaygurishlarni ifodalash. Tarbiyachi bolani kattalar va bolalar bilan birgalikda she’rlar, qo’shiqlar aytishda ishtirok etishga, tovushlar, jarangdor qofiya, so’zlar bilan o’ynashdan zavq olishga undaydi.Bolaning o’zlashtirish darajasi quyidagalarda ifodalanadi: bola kitob tinglash, o’yinda ishtirok etish haqidaga taklifga faol javob beradi. Uning o’zi kattalardan she’rlar, ertaklar o’qib berishni iltimos qiladi. Qabul qilishga oson qo’shiladi. Asar mazmuniga oid savollarni diqqat bilan tinglaydi va ularga javob beradi. Matnga mos o’yin harakatlarini bajaradi. Tinglagan asarlarining mazmunini biladi, illyustrasiyalarda tanish asar epizodlari va ularning qahramonlarini taniydi. O’qilgan kitobga nisbatan yorqin munosabat bildiradi, kuladi, quvonadi, yig’laydi, qo’shiqlar, sanoq, she’rlarni jo’r bo’lib aytishda faol ishtirok etadi. Ilk yoshdagi bolalarda yuqorida aytib o’tilgan bilish, nutqiy qobiliyatlarni, badiiyasarga nisbatan munosabatni shakllantirish uchun ularga badiiy asarlarni tanishtirish metodikasini bilish va uni to’g’ri qo’llay olish zarur.Kichik guruhdan boshlab bolalarga janrlarni farqlashni o’rgatish lozim. Tarbiyachi badiiy asar janri nomini albatta aytishi darkor: «Men sizlarga ertak aytib beraman», «Hikoya, she’r o’qib beraman».Janrlar yo’nalishini, ularning xususiyatini chuqur tushunish nisbatan katta yoshlarda ro’y beradi. Ilk yoshda esa bolalar janr nomini eshitganlari holda uni shunchaki esda saqlab qoladilar. «Laylak bilan tulki» -bu ertak, Y.Sulaymon yozgan «Buvim^> -bu she’r. «Men sizlarga she’r hikoya qilib beraman», «Ertak o’qib beraman» kabi noto’g’ri ifodalardan saqlanish lozim. Janr nomi aniq va to’g’ri berilishi zarur: ertak, hikoya, she’r. Ertak aytiladi, hikoya o’qiladi, she’r o’qiladi va yod olinadi. Turli adabiy janrlar turlicha usulda yetkazishni talab qiladi. Ilk yoshdagi bolalarga ertakni kitobdan o’qib emas, balki uni aytib bergan ma’qul. Bu emosional ta’sirni kuchaytiradi va o’z navbatida ertakning asosiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Katta yoshli odam kitobga emas, bolalarga qaraganida u xuddi har bir bola bilan suhbatlashgandek bo’ladi va shu bilan monologik nutqni eshitish hamda tushunishdek muhim qobiliyatini tarbiyalaydi.Agarda ertak mazmuni unchalik katta bo’lmasa, uni ikki-uch marta hikoya qilish yoki eng yorkin joylarini takrorlash mumkin. Uni aytib bo’lgandan so’ng bolalarga shunday sharoitni vujudga keltirish tavsiya qilinadiki, toki ular eng qiziqarli jihatlarni esga olish va ularni ertakdagi so’zlar bilan takrorlashga majbur bo’lsin. Pedagog vaziyat yordamida bolalar bilan xalq ertaklari qahramonlarining qo’shiqlarini, qahramonlar ismlarini takrorlash, obrazli so’zlarni bolalar ongida mustahkamlashni amalgaoshiradi va ular buni o’z nutqlarida qo’llay boshlaydilar.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarga o’qib berish uchun unchalik katta bo’lmagan hikoya va she’rlar (Mirmuhsinning «Olxo’ri», Q.Abdullayevaning «Quyon» she’rlari) tavsiya qilinadi, bular kichik tinglovchilarda ijobiy emosiyalarni tarbiyalashga yordam beradi. Ulaming bolaning shaxsiy tajribasiga yaqin bo’lgan oson mazmuni oddiy va sodda shaklda ifodalangan: qofiyalar o’xshash, she’r katorlari qisqa. Bolalar ularni takrorlar ekan, qatorlarning jarangdorligini, she’rning musiqiyligini ilg’ab oladilar, ularni oson qabul qiladilar. So’ngra esa butun she’rni esda saqlab qoladilar. Bolalarni ilk yoshda ko’proq she’rlar o’ziga jalb qiladi, chunki ular aniq qofiyalari, ohangdorligi va musiqiyligi bilan alohida ajralib turadi.Takror o’qishda bolalar she’r mazmunini o’zlashtirib oladilar, qofiya va ritmni his qiladilar, ayrim so’zlar va ifodalarni esda saqlab qoladilar hamda shu bilan o’z nutqlarini boyitadilar. Ushbu yoshda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash katta ahamiyatga egadir: she’r o’qishda kichkintoylarga har bir so’zni aniq aytgan holda ularni shoshmasdan talaffuz qilishni o’rgatish zarur. Bolalarda qofiyalanayotgan so’zlarga urg’u berish odati mavjud, shuning uchun tarbiyachi mantiqiy urg’ularni to’g’ri qo’yishi va bolalarning ham she’rni to’g’ri aytishlariga erishishi lozim,Mazmuni har bir bolaga tushunarli va yaqin bo’lgan ertak hamda she’rlar o’qib bo’linganidan so’ng bolalarga ularning shaxsiy hayotidaga ana shunday holatlarni eslatib o’tish mumkin. Bu savollarga javob berar ekan, bolalar o’z fikrlarini faqat bir-ikkita oddiy gaplardan tuzadilar, lekin buning o’zi endi kelgusida ravon nutqni rivojlantirish uchun tayyorgarlikdir.Kichkintoylarga ko’p savol bermaslik lozim, odatda ularning asarni qanday tushunganliklarini, qaysi so’zlarni esda saqlab qolganliklarini va ushbu mazmun bolaning shaxsiy tajribasi bilan qay darajada bog’lanishini aniqlovchi ikki-uchta savol berish kifoya. She’riy obrazlar yaxshi o’zlashtirilishi va unutilib ketmasligi uchun yil mobaynida bolalarga tanish hikoyalar, she’rlar, ayrim ertaklar vanutqiy rivojlanish imkoniyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Biroq shu bilan birga faoliyatning estetik xususiyatlari buzilmasligi lozim, bolalarning imkoniyatlari esa sxematizm va taqlidchilikdan iborat bo’lib qolmasliga kerak. Ushbu maqsadda pedagog quyidagi qator usullardan foydalanishi lozim:Bolalarning diqqat-e’tiborini alohida adabiy asarning badiiy qimmatiga -she’rlarning obrazli ifodaliligiga, hikoyada syujetning kutilmagan rivojiga qaratish.Bolaning adabiy asarni yoki o’zi to’qigan asarini ijro etishi (guruhda qayta hikoya qilish, yakka tartibda ifodali o’qish va kattalar bilan dialogda o’qish) uchun emosional boyitilgan ijro muhitini yaratish. Biroq badiiy asar faqat so’z bilan aytilmasdan, balki uning ayrim yorqin jihatlari bolalar va pedagoglarning birgalikdagi harakatlari natijasida sahnalashtirilishi, unga musiqiy ishlov berilishi, harakatlar, suratlar bilan ko’rsatilishi mumkin.Pedagog bolalarga yaxshi ma’lum bo’lgan an’anaviy (hayvonlar va sehrgarlar haqida) xalq ertaklari va noan’anaviy (bolalar, tabiat hodisalari, predmetlar haqida) guruhda o’qib chiqilgan, bolalar suratlari, variantiv syujetlar, improvizasiyalar va to’qib, oxiriga yetkazishdan iborat bo’lgan u yoki bu adabiy asarlar motivlariga oid «kitoblar» ham aynan shunday tarzda yaratilishi mumkin.Pedagogning bolalarga o’zining qaysi adabiy asarlarni yoqtirishini ma’lum qilishi, o’zining badiiy ta’bi va aqliy faolligini namoyish qilishi ularni ijodiy rivojlantirishning eng muhim vositasi hisoblanadi.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish borasida to’g’ri amalga oshirilgan ishlar natijasida yetti yoshga kelib bolada quyidaga rivojlanish ko’rsatkichlari shakllanishi lozim:1bola o’ziga yoqgan bir nechta adabiy asarlar nomlarini aytishi mumkin;2kichik she’r yoki she’riy asardan kichik parchani ifodali o’qib berishi mumkin;3ba’zi tanlagan asarni mustaqil ravishda yoki pedagog yordamida hikoya qilib berishi va quyidagi savollarga javob berishi mumkin: u shunga o’xshash boshqa asarlarni ham biladimi? Ularning o’xshashligi nimalardan iborat? (o’xshash personajlar, syujet harakatlari);malaka hosil qilishMashg’ulotning shoiri: O’g’ri bo’lma to’g’ri bo’lKerakli jihozlar: O’qish kitobi, mavzuga doir ko’rgazmali qurollar, ertak asosida chizilgan rasmlar, ertakka moslangan sahna,ularga mos kiyimchalar Mashg’ulotning turi: Aralash dars Ertak qahramonlari:Boshlovchi : Laylo Chol : Bobur Kampir : Zilola Laylak : Alisher Cho’pon : AzizBolalar : Sardor, Elyor, Farhod Mashg’ulotning borishi:Tarbiyachi o’quvchilardan o’tgan mavzuni so’rab ularni rag’batlantiradi. So’ngra yangi mavzu boshlanadi.Boshlovchi : Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan biz bir ajoyib ertakni o’qiymiz, sahnalashtiramiz va ijro etamiz. Bolajonlar ertagimizning nomi Ur to’qmoqBir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim -qadim zamonlarda Olatog’ etagida bir chol bilan kampir yashar ekan. Ular parranda va hayvonlarni ovlab kun kechirar ekanlar. Kuz payti ekan.Kunlardan bir kuni cholning tuzog’iga katta Laylak ilinibdi. Chol xursand bo’lib laylakni tuzoqdan chiqargan ekan, Laylak tilga kirib:Alisher :-----Ota meni qo’yib yuboring. Men hamma laylaklarning boshlig’iman,nimani so’rasangiz hammasini beraman.Bobur :—Seni qanday topaman? -deb so’rabdi . Alisher :—Mening uyim qarshingizdagi Olatog’ning orqasiga o’tib, kimdan so’rasangiz, uyimni aytib beradi.Boshlovchi : Chol Laylakni qo’yib yuboribdi Alisher :—Yaxshiligingizni unutmayman,Boshlovchi :-debdi Laylak uchib ketayotib.Bahor yaqinlashibdi. Tuzoqqa hayvonlar ilinmay qolibdi, chol Laylakvoyni eslab, erta tongdan turib yo’lga ravonabo’libdi. Yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi va yo’lda qo’ylar to’dasiga duch kelibdi.—Kimning qo’ylari ? -deb so’rabdi u cho’pondan.—Laylakniki, -deb javob beribdi cho’pon.Bobur : —Laylakvoy menga sovg’a va’da qilgandi. Undan nima so’ray.Aziz: Laylakdan ‘ochil dasturxon ” ni so’rang otaxon.Boshlovchi : Chol Laylakvoyning uyiga yetibdi.Bibur : —Assalomu alaykum laylakvoy, va’daga binoan oldingga keldim ! Boshlovchi : Shunda Laylak :Alisher : —Istaganingizni so’rang, menga yaxshilik qilganlarni quruq qo’ymayman.Bobur : —Menga “ ochil dasturxon ” ni bersang, -debdi .Alisher : —Mana, oling ota.Boshlovchi : Chol “ ochil dasturxon ” ni olib orqasiga qaytibdi. Yo’lda u tanish bolalarga duch kelibdi. Yo’l yurib charchagan chol bolalarga -bolalarim, mana bu “ ochil dasturxon ” dan xabardor bo’lib turing, men biroz mizg’ib olay -debdi. Lekin hech qachon “ ochil dasturxon ” demang, -debdi.Sardor, Elyor, Farhod : —Xo’p otaxon.Boshlovchi : Chol uyquga ketishi bilan bolalar :—“ Ochil dasturxon !” -debdi, shunda dasturxon ochilib bolalaming oldida yetmish xil ovqat tayyor bo’libdi. Bolalar shoshib uni boshqa dasturxon bilan almashtirib qo’yishibdi.Chol uyg’onib bolalarga rahmat aytib, uyiga ketibdi. Suyunib kampiriga bo’lgan voqealarni gapirib beribdi va
57Bobur : —“ Ochil dasturxon !” -debdi. Dasturxon ochilmabdi.Boshlovchi : Chol laylak meni aldabdi -deb jahli chiqibdi.Yana Laylakni oldiga yo’l olibdi. Yo’lda ketayotib yilqichilarga duch kelibdi. Ular cholga Laylakvoydan endi "Qaynar xumcha"ni so'rang, deyishibdi.Chol Laylakvoyning oldiga boribdi.Alisher : ---Sizga uana nima kerak?Bobur: —Menga "Qaynar xumcha" ni bersang.Boshlovchi : Laylak unga "Qaynar xumcha"ni beribdi.Yo'lda chol yana bolalarni uchratibdi.Volalar xursand bo'lib:Sardor, Elyor, Farhod : Otaxon, juda charchabsiz, biroz mizg'ib oling.Xumchangizga biz qarab turamiz.Bobur : Bolalarim yana “qayna xumcha” deya ko’rmanglar Sardor, Elyor, Farhod : Yo'g'-e, ota, xotirjam bo’ 'ling.Boshlovchi : Chol uyquga ketishi bilan:_ Sardor, Elyor, Farhod : “ Qayna, xumcha!” -desa, xumchadan tillalar qaynab chiqaveribdi. Volalar uni boshqa xumcha bilan almashtirib qo 'yishibdi. Boshlovchi : Chol uyqudan turib, xumchani ko'tarib kampiri oldiga boribdi:Bobur : -Kampir, bir alomatxumcha olib keldim. Laylakvoy juda saxiy ekan. Boshlovchi : —Qayna, xumcha! -debdi chol. Xumcha qaynamabdi. Chol xunob bo'lib:—Laylak meni yana laqillatibdi-da deb xafa bo’libdi.Chol yana Laylakvoyning oldiga jo'nabdi. Yo'lda yilqichilar uning ahvolini ko'rib:—Endi otaxon, “Ur, to’qmoq! “ni so’rang -deyishibdi. Chol Laylakvoyni oldiga borib:Bobur: —Laylakvoy, men sendan arzimagan bir narsa so'rayman, xolos. Menga "Ur, to'qmoq!"ni ber.Boshlovchi : Laylak uning iltimosini qaytarmabdi. Chol "Ur, to'qmoq!"ni olib, yo'lga tushibdi. Yo'lda yana o'sha bolalarni uchratib qolibdi.Bobur: -Men dam olay, sizlar to'qmoqqa qarab turinglar.Lekin “Ur, to’qmoq!”deua
58ko’rmanglar.Sardor, Elyor, Farhod : "Xo 'r"Boshlovchi : chol uxlashi bilanSardor, Elyor, Farhod: -Ur, to'qmoq! -debdi.Boshlovchi : Shunda to'gmoqqa jon kiribdi. Bolalarni shunday do'pposlab ketibdiki, ular dodlab har tomonga qocha boshlashibdi.Sardor, Elyor, Farhod :-Jon ota, to'qmog'ingizni to'xtating, sizning "Oshil dasturxon " ingizni ham, "Qaynar xumcha "ngizni ham qaytarib beramiz. Tavba qildik. To'qmog'ingiz toza ta'zirimizni berdi,-deb yalinib-yolvoribdi.Bobur : —Tur, to’qmoq -, debdi.Boshlovchi : To'qmoq bolalarni urishdan to 'xtabdi. Volalar darrov dasturxon va xumchani olib kelib, cholga beribdi.Shol xursand bo'lib uyiga qaytibdi va kampiriga olib kelganlarini ko' rsatibdi.Bobur : -Ochil, dasturxon! -debdi . Dasturxonda noz-u ne'mat1ar paydo bo'libdi. Boshlovcho : Chol-kampir maza qilib ovqatlanibdilar. -So'ng chol Bobur : —Qayna, xumcha! -debdi. Xumchadan tillalar qaynab chiqaveribdi. Boshlovchi : Kampir o'zida yo'q xursand bo'libdi. Shunday qilib, chol bilan kampir qolgan umrlarini rohat -farog' atda o 'tkazishibdi.Asardagi tasviriy vositalarni tahlil qilish va qahramonlarning xulq atvorini baholash maqsadida savol-javob o’tkaziladi.1.Chol Laylak bilan qandaytanishib qoldi?2.Laylak cholga qanday va' da berdi?3.Volalar cholni qanday qilib aldadi?4.Chol bilan bolalarni taqqoslang. Volalar choni nima maqsadda aldadi? Chol auuor bolalarni qanday jazoladi?5.Ertakni bo'limlarga bo'lib, qayta hikoya qiling. Har bir bo'limga mos sarlavha toping.Savollarga bolalar javob beradilar. O’qituvchi o’quvchilami rag’batlantiradi. Yakuniy qism :
59Uyga vazifa beriladi. O’qilgan ertak haqida so’zlab berish va ertakka moslab insho yozib kelish.
60XULOSAKishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo’lib kelgan. Bu hol subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola maktabgacha ta’lim muassasalariga kelib fanlarni o’zlashtirgani sayin bu jarayon yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi hamda aniq -ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi sinfning oxiriga yetganda bu holatning asosiy belgilari paydo bo’ladi. Murakkab talaffuzni talab qiladigan va oson aytilmayadigan so’zlarni talaffuz qila oladi, bir-biriga mantiqan bog’langan jumlalar tuzadi hamda matn tayyorlaydi. Bu yoshdagi bolalar so’zlardagi hamoahanglikni konkret shaxslarga -ona -ota -buviga bog’laydilar va o’quvchiga ana shu ohangdosh so’zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog’lanishi qaror topishiga yordamlashadilar. o’quvchi so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga -e’tibor qilishiga, erkalatilishiga, e’tiborni tortish kabilarga erishishiga intiladi. Bundagi har bir hodisada so’z o’quvchi uchun aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llaniladigan so’zlar soni borgan sari to’xtovsiz orta boradi va boshlang’ich sinflarning keyingi bosqichlarida o’quvchi nutqidagi so’z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki tilning grammatik shakllarini ilmiy jihatdan to’g’ri ishlatishi ham mumkin bo’lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi.O’quvchining tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida boyib boradi. Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida o’quvchilarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo’ladi.Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda sinfda, asosan, badiiy adabiyot mashg’ulotlarida, shu bilan birga yozuv darslarida ham va sinfdan tashqarii ishlarni tashkil qilishning nutq o’stirish bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda roli kattadir. Bu o’rinda ham
61tarbiyachining erkin hamda aniq -ravshan nutqi bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati -o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim sharti hisoblanib bunda o’z vaqtida o’quvchilarni hikoya qilishga o’rgatish o’qituvchidan talab qilinadi. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos shakllanib, takomillashib boradi.

62Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati


1.Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish konsepsiyasi. T., 1992 yil.2.Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T., “O’qituvchi”, 1981 yil.3.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarga ta’lim -tarbiya berish. Toshkent, “O’qituvchi”,1989 yil.4.Qodirova M.R., Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2006 yil.5.Bolalar nutqini o’stirish metodikasi. Toshkent, 1991 yil.6.Borodich M. “Metodika razvitiya rechi detey” Moskva, 1981 yil.7.Jo’raqulov R. To’xtayeva Sh. “Bog’chalarning kichik guruhlarida bolalar nutqini o’stirish bo’yicha uslubiy tavsiyalar” Samarqand, 1991 yil.8.Jo’raqulov R. “Bolalar nutqini o’stirish” Samarqand,1994 yil.9.Razbayeva Ye, Ahmedova X. “Nutq o’stirish metodikasi” T., 1978 yil.10.Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish. Toshkent, 1995 yil.11.Shodiyeva Q. Kichkintoylarni o‘qish va yozishga o‘rgatish. Toshkent, “O‘qituvchi” -2002 yil.12.Shodiyeva Q. Nutq o‘stirish uslubiyati. Toshkent,13.Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish. Toshkent -“O‘zbekiston” -2001 yil.14.Jo‘rayev S., Qodirov H. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1995-yil.15.Abdullayeva Q va boshqalar. Savod o‘rgatish metodikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1995-yil.


Yüklə 91,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin