Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-rasm. Genri Robert Silvestr usulida sun’iy nafas berish



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə3/9
tarix27.12.2023
ölçüsü113,41 Kb.
#200333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-rasm. Genri Robert Silvestr usulida sun’iy nafas berish
Bundan tashqari Schafer (1903 yildan), Xolger-Nilsson (1932 yildan) usullari ham ishlab chiqilgan. Xolger-Nilson usuli 1960-yillargacha qoʻllanilgan.



2-rasm. Xolger-Nilson usulida sun’iy nafas berish
Biroq, 1972 yilda ham birinchi yordam boʻyicha Avstraliya darsligida Silvestr usulidan foydalangan holda sun’iy nafas olish tavsiya etilgan. 1954 yilga kelibgina Jeyms Elam ogʻizdan-ogʻizga berilgan havo tarkibidagi kislorod yetarli darajada ventilyatsiyani ta’minlashi mumkinligini isbotladi. Piter Safar 1956-1957 yillarda Elam ham ishtirok etgan koʻngillilar bilan oʻtkazilgan tajribalar asoslangan holda Xolger-Nilson va Silvester usullaridan koʻra, ogʻizdan -ogʻizga sun’iy nafas berish orqali amalga oshirilgan ventilyatsiya samarali ekanlgini va bunda boshni orqaga egib havo yoʻllari toʻsilishining oldini olish mumkinligini koʻrsatdi.



3-rasm. Safar va MakMahon og’izdan-og’izga nafas berish
1960 yilda Safar va Elam tomonidan ishlab chiqilgan reanimatsiya usullari Milliy Fanlar Akademiyasi, Amerika Anesteziologlar Jamiyati, Nyu-York Tibbiyot Jamiyati va Amerika Qizil Xoch jamiyati tomonidan qabul qilindi va tavsiya etildi. Shu tariqa reanimatsiya zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi va Safar va Elam zamonaviy tez tibbiy yordamning “asoschilari” boʻlishdi.

Ta’limni rivojlantirish va reanimatsiya sohasidagi bilim va koʻnikmalarni ommalashtirish uchun norvegiyalik oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchisi Osmund Laerdal 1960 yilda Byornen Lind bilan hamkorlikda Resusci Anne qoʻgʻirchogʻini yaratdi. Maneken yuzining prototipi qilib Sena daryosida choʻkib ketgan yosh ayol tanlandi. Shunday qilib, qon aylanishi toʻsatdan toʻxtab qolganda YuOʻRni toʻgʻri va samarali oʻtkazish professional tibbiy tayyorgarlikka ega boʻlmagan voqea guvohlariga ham oʻrgatila boshlandi



6-rasm. Resusci Anne manekeni
1970 yilda anesteziologiya professori Fridrix Vilgelm Ahnefeld tomonidan " omon qolish zanjiri " kontseptsiyasining ishlab chiqilishi yana bir muhim voqea boʻldi. Uning ishonchli ilmiy dalillarga asoslangan taklifi jabrlanuvchilarga samarali yordam koʻrsatishda erta tashxis qoʻyish, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish va tez tibbiy yordam xizmatlarni ogohlantirishdan kasalxonada davolanishgacha boʻlgan asosiy elementlarni yoki zanjirning aloqalarini tavsiflaydi. Hozirgi vaqtda dunyodagi eng samarali tibbiy qutqaruv tizimlari "omon qolish zanjiri" kontseptsiyasiga asoslangan




Yüklə 113,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin