2018 yil 5 iyun. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʻmunlash boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3775 sonli qarori qabul qilindi.
2018 yil 5 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻg‘risida”
gi PQ-3931 qaroriga binoan oʻrta maktablarning 10-11 sinflarida informatikani
oʻqitish joriy etildi. Bu sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari”
darsligi N.Taylaqov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
2019 yil 8 oktyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida” gi PF-5841 sonli Farmoni e’lon qilindi.
2019 yil. Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning tashabbusi
bilan Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Bir million oʻzbek dasturchilari”
loyihasi
ish
boshladi.
Mazkur
loyiha
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park va Dubay Future Foundation
kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
2020 yil 5 oktyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “«Raqamli
Oʻzbekiston -2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6079 sonli Faroni e’lon qilindi.
2020 yil 6 oktyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot
texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriyasi bilan integratsiya qilish chora-
47
tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4851 sonli qarori qabul qilindi.