Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-§. Dasturlash paradigmalari va ularning oliy oʻquv yurtlarida



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

1.3-§. Dasturlash paradigmalari va ularning oliy oʻquv yurtlarida 
dasturlash tillarini oʻqitish jarayoniga taʻsiri haqida 
Dasturlash tillari bir-biridan buyruqlar tizimi hamda dastur ishlab chiqish 
jarayoniga boʻlgan yondoshuv usullariga koʻra farqlanadi. Turli tillar 
dasturchilardan 1.1-§ da keltirilgan mezonlarga mos keladigan dasturlarni ishlab 
chiqish jarayonini osonlashtirish uchun algoritmning har xil qismlariga alohida 
nuqtai-nazar ostida qarashni talab qiladi. Bu holat joriy masalani kompyuter 
yordamida yechish uchun amalda qoʻllanishi mumkin boʻlgan dasturlash 
paradigmalarini aniqlab beradi. Yechilayotgan masala xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda, uning alohida olingan qismlari uchun dasturlash paradigmalarini 
toʻgʻri tanlash dastur ishlab chiqish jarayoni bilan bogʻliq harajatlarni (inson, 
mehnat, mablagʻ, vaqt, xotira va h.k.) tejashga olib keladi va bu bilan dastur ishlab 
chiqish jarayonini takomillashtirish, samarasini oshirish, osonlashtirish hamda 
qulaylashtirish mumkin boʻladi.
Dasturlash paradigmalari - bu kompyuterlar uchun dastur ishlab chiqish 
jarayoniga yondoshuv usullarini belgilab beruvchi gʻoya va tushunchalar 
majmuasidir [IV.12]. Boshqacha aytganda, dasturlash paradigmalari dasturiy 
mahsulot yaratish jarayoni uchun zarur boʻlgan ishlarni tarkibiy qismlarga ajratish 
jarayoniga yondoshuv usullarini anglatadi. 
Paradigmalar dastur ishlab chiqish usuluni belgilab beradi va odatda, 
muayyan dasturlash tili bilan boʻglangan boʻlmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, turli 
dasturlash tillarida bir xil paradigma ostida dasturlar ishlab chiqish, va aksincha, 
bitta dasturlash tilida turli paradigmalar ostida dasturlar ishlab chiqish imkoniyati 
mavjud. Dasturlash tillari paradigmalarni ifodalash vositasi boʻlgani uchun ham 
muhim sanalsada, mohiyati jihatidan dasturlash paradigmalari ustun turadi, chunki 
ular dastur yozish qoidalari, usuli, arxitekturasi, tuzilmasi, xususiyati, shablon va 
patternlarini belgilab beradi. 
Dasturlash paradigmalari quyidagi jihatlari bilan bir-biridan ajralib 
turadi:


58 
1.3.1-rasm. Dasturlash tillarini ustuvor paradigmalariga koʻra sinflashtirish. 

ma’lumotlarni ifodalash, saqlash va qayta ishlash usullari; 

ma’lumotlarni abstraksiyalarga ajratish shakllari; 

bazaviy dasturiy birliklari; 

hisoblash jarayonini tashkil qilish modellari; 

ma’lumotlarni ifodalash tuzilmalari; 

dastur ishlab chiqish jarayonini boshqaruv mexanizmlari; 

dasturchilar uchun taqdim etadigan qulayliklari; 

qoʻllanish sohalari va amaliy masalalar sinfi; 

ilovalarni ishlab chiqish jarayoniga yondoshuv usullari. 
Zamonaviy dasturlash tillarining koʻpchiligi turli-tuman dasturlash 
paradigmalarini qoʻllab-quvvatlasada, ularning har biri uchun paradigmalarning 
muayyan bir turi ustuvor hisoblanadi. Bu holat dasturlash tillarini ustuvor 
paradigmalariga koʻra sinflarga ajratish imkonini beradi. Bizning fikrimizcha, 
mavjud dasturlash tillarini quyidagi paradigmalar asosida sinflashtirish maqsadga 
muvofiq boʻladi (1.3.1-rasm): 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin