60
1980 yillarda bir nechta protsessorli kompyuterlar paydo boʻlishi bilan yuzaga
kelgan. Barcha zamonaviy dasturlash tillari (C++, C#, JAVA, JAVASCRIPT,
PYTHON, GO va h.k.) parallel hisoblash va boshqarish
ishlarini tashkil qilishga
yordam bera oladi.
Mantiqiy paradigma
– deduksiyaning qonun-qoida va soʻrovnomalariga
asoslangan holda, mavjud aksiomalar yordamida savollarga javob izlash usuli.
Dasturning bajarilishi ostida mavjud axborotlar toʻplamidan ehtiyojga mos
faktlarni izlash yotadi. Olingan natijalarni boshqa qonun-qoidalar bilan bogʻlash va
keyingi ishlarda foydalanish mumkin.
PROLOG mantiqiy paradigmaga
moʻljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Obyektga asoslangan paradigma
– bu dasturlarni har biri biror sinfning
nusxasi boʻlgan obyektlar ustida bajariladigan amallar
shaklida ifodalash usuli
hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, axborot obyektlari masalani hal qilish yoʻlida
boshqariladi. Obyektlar sinflardan vorislik mexanizmi yordamida shajarasimon
tashkil
qilinadi.
Asosiy
tushunchalari:
sinf,
obyekt,
xususiyat,
usul,
inkapsulyatsiya,
polimorfizm, vorislik. DELPHI, PYTHON, C++ BUILDER,
SIMULA kabi dasturlash tillari obyektga asoslangan paradigmalarga asoslanadi.
Komponentaga asoslangan paradigma
– bu dasturni umumiy belgilari
yordamida birlashtirilgan hamda ma’lum bir cheklov
va qoidalar ostida tashkil
qilingan, takroriy foydalanishga moʻljallangan komponenta-erkin modullar asosida
ishlab chiqish usuli. Koʻpincha, tijorat biznes tizimlari ishonchliligini
ta’minlashda qoʻllaniladi. Bu paradigma JAVA, ADA, C#
tillarida qisman,
MODULA-2, OBERON hamda komponentali PASCAL tillarida toʻla oʻz aksini
topgan.
Dostları ilə paylaş: