Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Predmetga yoʻnaltirilgan paradigma



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Predmetga yoʻnaltirilgan paradigma
- (inglizch domain specific language 

DSL 

«fan sohasi uchun til”) dasturlarni muayyan bir fan sohasida qoʻllash 
uchun moʻljallab ishlab chiqish usuli. Bu paradigma uning yordamida 
yechilayotgan masalalarning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, hal qila olishi 
mumkin boʻlgan masalalar sinfini belgilab beradi. Predmetga yoʻnaltirlilgan 
paradigmalar ostida ishlaydigan dasturlash tillariga namuna sifatida PYTHON, 


61 
SQL, HTML, PHP, FOXBASE, MAPPLE, MATHCAD kabi tillarni koʻrsatish 
mumkin.
Aspektga asoslangan paradigma
– bu dasturiy vositalarni tahrirlanuvchan 
yangi funksiyalar, xavfsizlik vositalar, komponentalarni oʻzaro ta’siri, ma’lumotlar 
bilan ishlashdagi sinxronlikni ta’minlash kabi imkoniyatlarni qoʻshish hisobiga 
ishlab chiqish usulidir. 
Aspekt – bu dasturchilar e’tiborini oʻziga jalb qilishi mumkin boʻlgan 
qandaydir jihatlarni ifodalovchi dasturiy ishlanma. Mazkur paradigmada funksiya, 
alohida dasturiy komponenta, tayyor dastur va boshqalarni aspekt sifatida qabul 
qilinadi. Namuna qilib JAVA dasturlash tilini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan 
ASPECTJ ni koʻrsatish mumkin.
Dasturchilik amaliyotida imperativ paradigmali dasturlash usuli eng koʻp 
qoʻllanadi. Bu paradigma ketma-ket bajariladigan buyruqlar hamda funksiyalarga 
murojaatlardan tashkil topgan boʻlib, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida 
ishtirok etgan oʻzgaruvchilar qiymatini oʻzgartirish maqsadida qoʻllanadi. 
Imperativ paradigmada oʻzgaruvchilar xotira yacheykalarida saqlanayotgan 
axborotlarni tashuvchi konteyner vazifasini bajaradi. 
Imperativ paradigma elementlari boshqa paradigmalar tarkibida funksiya, 
modul, obyekt, aspekt va komponentalarni bir-biriga bogʻlash vositasi sifatida 
qoʻllanishi mumkin.
Dasturlashning asosiy usul va vositalari yechilayotgan masalalarning 
murakkablik darajasining ortishi bilan shakllanib boradi. Ular bir-biridan 
kompyuterda axborotlarni qayta ishlash jarayonini tashkil qilishning oʻziga xos 
texnik jihatlariga bogʻliq ravishda farqlanadi. Amaliyotda keng qoʻllanadigan 
dasturlash paradigmalarinig oʻziga xos xususiyatlari 1.3.1-jadvalda keltirilgan.
Umuman aytganda, dasturlash tillarini umumiy maqsadlarga hamda 
predmetga moʻljallanganlik nuqtai-nazaridan ham guruhlarga ajratsa boʻladi. 
Umumiy maqsadlarga moʻljallangan dasturlash tillari turli shakl va mazmundagi 
masalalar uchun ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi. Predmetga moʻljallangan 
dasturlash tillari yordamida ma’lum bir sinfga taalluqli boʻlgan masalalarni hal


62 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin