80
II BOB. OLIY OʻQUV YURTLARIDA PREDMETGA
YOʻNALTIRLIGAN DASTURLASH TILLARINI OʻQITISHNING ILIMIY-
NAZARIY ASOSLARI
2.1-§. Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash
tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalari
Bugungi kunda, inson hayotining har bir jabhasiga kompyuter, dastur,
dasturiy vosita, axborot-kommunikatsion texnologiyalari keng kirib, turli shakl va
mazmundagi boshqaruv, ilmiy tadqiqiot, hoʻjalik yuritish va mehnat faoliyatining
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning
rahbarligida yurtimizda olib borilayotgan raqamli iqtisodiyotni yoʻlga qoʻyish va
rivojlantirish siyosati davrida bu holatni yaqqol kuzatish mumkin. Yaqin kelajakda
raqamlashgan jamiyatning bevosita ishtirokchisiga
aylanishi kutilayotgan yosh
mutaxassislarning har biri ana shunday muhitda boshqaruv, siyosiy, ijodiy,
madaniy, ma’naviy yoki jismoniy mehnat faoliyatini yuritishiga toʻgʻri kelishini
yaxshi biladi. Bundan tashqari, talabalar kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida duch
kelishi mumkin boʻlgan turli shakl va mazmundagi muammolarni informatika fani
boʻyicha
olgan bilimlari yordamida oson, qulay, tez va sifatli hal qilishi
mumkinligini chuqur his etadilar. Bu holat ularda informatika fani, axborot-
kommunikatsion texnologiyalari hamda yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish va
foydalanishga nisbatan ijobiy munosabatning shakllanishiga olib keladi.
Talaba manfaatlariga qaratilgan kasbiy ta’limda oʻqitilishi rejalashtirilgan
har bir oʻquv fanining mazmuni va hajmi boʻlajak
mutaxassislarning kasbiy
faoliyatiga qoʻyilgan malaka talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bu
fanlar boʻyicha olingan bilimlar talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga nisbatan
har tomonlama qarashlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qilishi
lozim. Talabalarda shakllantirilgan kasbiy faoliyatga ijobiy munosabat, egallangan
bilim, koʻnikma va malakalar yosh mutaxassislarning mustaqil mehnat faoliyatiga
tayyorgarlik darajasini belgilab beradi.
81
Talabalar kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida quyidagi ta’limiy
sifatlarni egallashlari lozim:
kasbiy muhit va faoliyatga boʻlgan ijobiy va ijodiy munosbat;
kasbga oid egallangan boy tarixiy tajribalar;
kasbiy faoliyatga xos boʻlgan me’yoriy hujjat va standartlarni anglash;
mustaqil va jamoaviy kasbiy faoliyatga tayyorgarlik;
kasbiy qadriyatlarni anglash va ularga sodiqlik.
Koʻrsatilgan sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashda boshqa
fanlar qatori informatika fani ham muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻplab sohalarga
doir kasbiy vazifalar turli shakl va mazmundagi ma’lumotlarni qayta ishlash bilan
bogʻliq boʻladi. Odatda bunday ma’lumotlar katta hajmni
tashkil qiladi va ularni
qayta ishlash uchun oʻxshash vaziyatlarda qoʻllash mumkin boʻlgan maxsus
dasturiy va texnik ta’minot talab qilinadi. Tabiiyki, yirik masalalar uchun dasturiy
majmualar dasturchi guruhlar tomonidan katta mablagʻ evaziga ishlab chiqiladi.
Mutaxassislarning kasbiy va amaliy faoliyatida koʻp uchraydigan va kompyuter
yordamida hal qilish mumkin boʻlgan kichikroq va kungalik masalalar uchun ham
dasturiy vositalar kerak boʻadi. Agar shunday dastur mavjud boʻlsa, yaxshi.
Ammo, mavjud boʻlmasachi? Bu muammoni hal qilish uchun mutaxassis yoki
malakali dasturchilarga murojaat qilishi yoki dasturiy mahsulotni oʻzi ishlab
chiqishiga toʻgʻri keladi. Koʻrinib
turibdiki, oliy oʻquv yurtlarida tegishli
yoʻnalishlar boʻyicha talabalarni oʻqitish jarayonida ana shunday vaziyatlarga
tayyorlashni ham nazarda tutish lozim.
Bunday sharoitda kasbiy va fundamental bilimlar oʻrtasidagi uygʻunlik
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu uygʻunlikni informatika, dasturlash asoslari,
tabiiy,
gumanitar, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari oʻrtasidagi integratsion
munosabatlarni oʻrnatish orqali erishish mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan fanlarni
oʻzlashtirish jarayonida olingan bilim, koʻnikma va malakalar talabalarga oʻz
ustida ishlash va amaliy vaziyatlarda eng maqbul qarorlar qabul qilishga koʻmak
beradi.
Shunday qilib, informatika fanining zamonaviy boblarini oʻqitish va
82
oʻrganish mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ajralmas va eng
muhim qismlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash fundamental
tizimining tashkil
etuvchi komponentalaridan biriga aylanishi shart. Mazkur jarayonda Oliy oʻquv
yurtlarida informatika fanining zamonaviy boblaridan biri sifatida predmetga
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalarini aniqlab olish
muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: