85
KK-15 pedagogikaning zamonaviy usul va oʻquv vositalarini amaliyotda qoʻllash;
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan faoliyat:
KK-17
aholining elektron savodxonligini oshirish, axborot xizmatlaridan umumiy
foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash
Bu maqsad va vazifalarni samarali hal qilish uchun, Informatika va axborot
texnologiyalari (raqamli va axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, algoritmik
tillar v.b.) fani doirasida predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish
jarayonida talabalar taqdim etilayotgan bilimlarni puxta oʻzlashtirishning quyidagi
ahamiyatlarini chuqur his qilishlariga erishish lozim:
aqliy rivojlanishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi;
oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash va
chuqur kirib borishida koʻmakchi boʻladi;
kasbiy va boshqa turdagi faoliyatlar uchun eng muhim va amaliy
yordamchi vazifasini oʻtaydi;
rejali fikrlashga oʻrgatadi va h.k.
Boʻlajak mutaxassislar mehnat faoliyati uchun
yetarli hajmdagi kasbiy
mobillik boʻyicha koʻnikmalarni egallab, raqamlashtirilgan jamiyatda sodir
boʻlayotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va amaliy faoliyatdagi oʻzgarishlarga
tezkorlik bilan moslasha olish qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim. Bu muammoni
ta’lim muassasalari bitiruvchilarini fanlararo umumiy metodologiyalarning biri
sifatida informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy yutuq va natijalari
bilan qurollantirish yordamida hal qilish mumkin. Faqat shu holdagina, yosh
mutaxassis
egallagan bilim, malaka va koʻnikmalarini kasbiy, siyosiy, ijtimoiy,
madaniy, ma’naviy va boshqa turdagi faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan turli
shakl va mazmundagi muammolarni hal qilish jarayonida qoʻllashga qodir boʻladi.
Dasturlash tillari tarixida katta sondagi dasturlash tillari ishlab chiqilgan
boʻlib, ularning ellikka yaqini dasturchilar tomonidan keng foydalanayotganligini
ilgari ta’kidlab oʻtgan edik. Oliy oʻquv yurtlarida bu tillarning hammasini
oʻqitishning iloji yoʻq. Shu sababli, dasturlash tillaridan qaysi birini oʻqitish uchun
tanlab olish masalasi hozircha ochiq turibdi.
Bu muammoga maqsadli va har
86
tomonlama asoslangan javob axtarish oʻrniga, shoshma-shosharlik bilan eng
zamonaviy va eng yangi dasturlash tilini oʻqitish toʻgʻri hisoblanmaydi. Dasturlash
tillari orasida oʻz oʻrnini topa olmay, jadallik bilan “yoʻqolib” ketganlari juda ham
katta sonni tashkil qiladi. Bu oʻrinda, hammasi boʻlib, 9000 ga yaqin dasturlash
tillari ishlab chiqilganligini (dissertatsiyaning
34-betiga
qarang) yana bir bor yodga
olish lozim. Shuning uchun oʻqitiladigan dasturlash tilini tanlashda quyidagi
holatlarni nazarda tutish talab qilinadi:
1) tanlab olingan til keyinchalik dasturchilar oʻrtasida e’tibor qozonmasligi
va umuman, oʻz oʻrniga ega boʻlmasligi mumkin. Dasturlash
tillarining tarixi
bunga koʻp martalab guvohlik qilgan. Bu oʻrinda N. Virtning “eng zamonaviy
degani bu hali eng yaxshi va qulay degani emas” [III.15] degan soʻzlarini doimo
eʻtiborda tutish lozim;
2) bu til boshqa tillarga nisbatan boʻlajak yosh mutaxassislarning kasbiy va
hayotiy faoliyatlari uchun belgilangan vazifalarni hal qilishda katta yordam bera
olmasligi;
3) bu tilning imkoniyatlari keng boʻlsada, oʻrganish va amalda qoʻllash
uchun noqulay boʻlishi;
4) turli soha va keng doiradagi masalalar
uchun dastur ishlab chiqish
amaliyotiga tatbiq qilishninig iloji boʻlmasligi.
Bundan tashqari, oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlashda fan boʻyicha
olimpiadalardagi yangi yoʻnalishlarni (minimaks masalalari, lingvistika, sun’iy
intellekt, tarmoq bilan ishlash va h.k.) ham e’tiborga olish ham ziyon qilmaydi.
OTMda dasturlash asoslarini oʻrgatish jarayonida shuni yodda tutish
lozimki, dasturchilik amaliyotida dasturchilar turli shakl va mazmundagi koʻplab
yangiliklarga duch kelishadi. Shuning uchun ta’lim
jarayonida raqamlashgan
jamiyatning yosh mutaxassislarini quyidagi holatlarga oʻrgatish talab qilinadi:
jamiyat, ijtimoiy va iqtisodiy hayot, fan, texnika va boshqa sohalarda yuz
berayotgan yangiliklarni tez va mustaqil ravishda baholash va oʻzlashtirishga;
yuz berayotgan oʻzgarishlarga moslashishga;
faoliyatida duch keladigan yangi masalalar uchun tegishli texnik va
87
dasturiy vositalarni oʻrinli tanlab olishga.
Bu oʻrinda OTM larning dasturchi tayyorlashga moʻjallangan ta’lim
yoʻnalishi bitiruvchilari predmetga yoʻnaltirligan dasturlash texnologiyalari bilan
ishlash
uchun yetarli tushuncha, bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari
talab qilinadi.
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, faoliyati axborotlarlarni yigʻish, saqlash, qayta
ishlash va uzatish bilan bogʻliq boʻlgan bakalavriyat yoʻnalishlari (jumladan,
amaliy matematika yoʻnalishida ham) quyidagi vazifalar ularning kasbiy
tayyorgarlik darajalariga qoʻyiladigan talablarda [I.13] belgilab berilgan:
60540200 – Amaliy matematika
ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Milliy malaka
ramkasining [I.9] 6-malaka darajasi hamda bakalavr
kasbiy faoliyatlarining
sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy
vazifalarni bajarishga qodir bo’lishlari lozim:
Dostları ilə paylaş: