Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

predmetga 
yoʻnaltirilgan 
predmet sohasini toʻgʻri aniqlash; sohaga tegishli vosita va 
usullar; yechimlarni sohaga mos shaklda ifodalash usullari. 
Ma’lumki, boʻlajak dasturchilarni tayyorlash oliy va oʻrta maxsus ta’lim 
muassasalarining 
tegishli 
yoʻnalishlari 
doirasida 
amalga 
oshiriladi. 
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, bakalavr va magistrlarning Davlat ta’lim 
standartlari, oʻquv rejalari va Namunaviy fan dasturlarida asosiy e’tibor dasturlash 
tillarini oʻqitishga qaratilgani holda, paradigmalarni oʻqitish nazardan chetda 
qolgan. Bizning nazarimizda, oliy oʻquv yurtlarida dasturlash tillaridan tashqari
1.3.2-jadvalda koʻrsatilgan bilimlarni ham oʻqitish raqamlashgan jamiyatda 
faoliyat koʻrsata oladigan va jahon andozalariga mos mutaxassislarni tayyorlashda 


66 
muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi. 
Boʻlajak mutaxassislarga dasturlash paradigmalarini oʻqitish jarayonida 
quyidagi ta’limiy maqsadlar koʻzda tutiladi:

axborotlarni kompyuter yordamida yigʻish, saqlash, qayta ishlash va 
uzatish boʻyicha tasavvurlarini kengaytirish;

dasturiy vositalarni ishlab chiqish usullarini oʻrganish; 

turli dasturlash tillari va paradigmalari bilan tanishish; 

masalalarni tarkibiy qismlarga toʻgʻri ajratish va ularga mos 
paradigmalarni tanlash; 

ma’lumotlarni tashkil qilish shakllarini oʻzlashtirish; 

algoritmlarni ishlab chiqish; 

algorimtlar samaradorligi va murakkablik darajasini baholash. 
Dasturlash paradigmalarini chuqur oʻzlashtirish ta’limning quyidagi 
rivojlantiruvchi maqsadlariga erishishga koʻmak beradi:

mantiqiy fikrlash; 

xotirani kuchaytirish; 

ma’lumotlarni toʻgʻri umumlashtirish; 

toʻgʻri xulosa chiqarish; 

asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish; 

qiyoslash, umumlashtirish, tahlil qilish; 

oʻz faoliyatini reja asosida tashkil qilish; 

omillarni aniqlash, jarayon va hodisalarni qurish; 

natijalarni oldindan bashorat qilish; 

tizimli fikrlash; 

kuzatuvchanlik; 

algoritmik dunyoqarash.
Dasturlashning turli paradigmalarini o’rganish dasturchilarda quyidagi 
tarbiyaviy sifatlarning shakllanishiga koʻmak beradi: 

oʻz hatti-harakatlarini rejalar asosda qurish; 


67 

faoliyatini samarali tashkil qilish; 

burch, mas’uliyat va javobgarlikni his qilish

tejamkorlik; 

boshqaruvchilik; 

hissiyotlarni boshqarishga oʻrganish; 

vaqtni boʻsh oʻtkazmaslik; 

ijrochilik; 

sof vijdonlilik. 
Shunday qilib, dasturlash tillarini oʻqitish sohasi turli dasturlash 
paradigmalarini qamrab olishi zarur. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun
qoʻllanish sohalari bir-biriga oʻxshab ketadigan bir necha oʻnlab zamonaviy 
dasturlash tillari orasidan asosiysini tanlab olish mushkul vazifa. Bu muammo 
yangi dasturlash tilini amaliyotga tatbiq etish uchun taklif qilinadigan shariotlarda 
yanada murakkablashadi. Hamma dasturlash tillarini oʻqitishning esa iloji yoʻq.
Oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlashda shuni ham eʻtiborga olish lozimki, 
bu tillarning hayotiy sikli (“umri”) odatda 15-20 yil, kamdan-kam hollarda 40 yil 
(PASKAL, BASIC tillari) atrofida boʻlishi mumkin. Shu davrdan keyin bu 
dasturlash tili bilan faqat “ashaddiy ishqibozlar” gina ishlashni davom ettishlari 
mumkin holos. Boshqa dasturchilar tabiiy ravishda yangi va zamonaviy dasturlash 
tillari bilan ishlashga oʻtadilar. Bu tillar raqobatchi kompaniyalar tomonidan 
avvalgi dasturlash tillarga xos boʻlgan eng yaxshi afzalliklarini saqlab qolgan 
holda yangi imkoniyatlar bilan boyitish evaziga ishlab chiqiladi. Demak, bugungi 
kunda eng dolzarb boʻlib turgan predmetga yoʻnalganlik tamoyili navbatdagi 
dasturlash tillarida oʻz aksini topadi va bu holat zarur boʻlganda yangi dasturlash 
tillariga moslashish jarayonini osonlashtiradi. 
Shuni ta’kidlash joizki, dasturlash tillarining jadallik bilan rivojlanishi
oʻziga xos xususiyatlari hamda oʻrtasidagi tafovutlari hammabop umumiy 
dasturlash tilini ishlab chiqishga undadi, ammo bu muammo hozircha toʻliq 
ma’noda hal qilinganicha yoʻq. Aynan shu sababli, “Qaysi dasturlash tilini 


68 
oʻrgatish va oʻrganish kerak? degan savol hali ham ochiq qolmoqda.
Hozirgacha amaliyotda qoʻllanilayotgan dasturlash tillarini bir soʻz bilan 
“proseduraviy yoki algoritmik” deb atash mumkin. Bunday dasturlash tillarida 
masala yechimiga qanday ketma

ketlikda erishsish mumkinligi maxsus buyruqlar 
yordamida koʻrsatib qoʻyiladi.
G. P. Averyanov oʻzining “Zamonaviy informatika” [III.2] kitobida 
zamonaviy dasturlash tillari haqida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Dasturlashning 
yanada yuqoriroq bosqichlariga koʻtarishga boʻlgan intilish noproseduraviy yoki 
tavsiflanuvchan dasturlash tillarining shakllanishiga sabab boʻlmoqda. Bu tillarni 
“oʻta yuqori darajali” dasturlash tillari deb atash mumkin va ular tobora katta 
ahamiyat kasb etib bormoqda. Tavsiflovchi dasturlarda qanday natija 
kutilayonganligi belgilab qoʻyiladi. Natijaga qanday usul bilan erishishning qizigʻi 
yoʻq. Bunday dasturlarda hisoblashlar ketma

ketligi emas, balki ma’lumotlar 
oʻrtasidagi munosabatlar tavsiflanadi. Shunday qilib, dasturchi masalani hal qilish 
algoritmini (amallar ketma

ketligini) ishlab chiqish majburiyatidan xalos boʻladi”. 
Bu mulohazalar muallifning fikrlarida oshkor koʻrsatilmagan boʻlsada, aynan 
predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillariga taalluqli hisoblanadi.
Barcha paradigmalarni qamrab oluvchi dasturlash tili mavjud boʻlmagani 
uchun, fan va jamiyatning ehtiyojlari hamda boʻlajak mutaxassislarning 
tayyorgarlik darajalariga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqqan holda, imkon 
qadar koʻproq jahon dasturchilari oʻrtasida ma’lum bir mavqega ega boʻlgan 
zamonaviy dasturlash tillarini oʻrgatish tavsiya qilinadi. Agar mutaxassislik 
malakaviy talab va standartlarida bitta dasturlash tilini oʻqitish rejalashtirilgan 
boʻlsa, u holda iloji boricha koʻproq dasturlash paradigmalarini oʻzida 
mujassamlashtirgan dasturlash tilini (masalan, Python tilini) oʻqitish lozim.
Dasturlash fan, sanʻat va texnologiya sifatida dasturiy mahsulotlarni ishlab 
chiqish jarayoni va amalda foydalanish shart-sharoitlarini oʻrganadi, vosita va 
usullarini belgilab beradi. Bu borada toʻplangan ma’lumotlar dasturlashning yangi 
paradigmalarini ichlab chiqish uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin