1966 yil. Hisoblash markazi Kibernetika institutiga aylantirildi va unga
akademik V. Qobulov direktor qilib tayinlandi.
1970
1980 yillar. V. Qobulov ishtirokida Toshkent va Samarqand Davlat
universitetlarida “Amaliy matematika va mexanika”, Toshkent politexnika
institutida “Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari”, Toshkent Xalq xoʻjaligi
universitetida “Iqtisodiy kibernetika” fakultetlari ochildi.
1972 yil. Toshkent davlat universitetida EHM larning matematik ta’minoti“
kafedrasi ochildi va unda programmalash tillarini oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.
1978 yil. Toshkent davlat universitetida programmalashni oʻqitishga
moʻljallangan “EHM va programmalash” kafedrasi ta’sis etildi.
1978 yil. Institut sobiq shoʻro davlatlari orasida birinchi boʻlib
“Kibernetika” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. Birlashmaning
asosiy vazifasi kibernetika, informatika va hisoblash texnikasi sohasida tadqiqot
ishlarini olib borishdan iborat boʻldi.
1979 yil. Respublikamizda Rejalashtirish va avtomatlashgan boshqaruv
tizimi haqidagi qarorni qabul qilindi.
1985 yil. Oʻrta maktablarda “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”
fanini oʻqitish joriy qilindi. Mashgʻulotlar 9-sinflar uchun haftasiga 1-soat, 10-
sinflar uchun esa-2 soatdan qilib belgilandi. Asosiy manba sifatida A.P. Yershov
yetakchilik qilgan mualliflar guruhi tayyorlagan “Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari” sinov oʻquv qoʻllanmasining 1 (9-sinflar uchun) va 2- (10-
sinflar uchun) qismlaridan, keyinchalik M. Kushnerenko rahbarligi ostidagi
mualliflar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari” oʻquv qoʻllanmasidan foydalanildi.
1991-1997 yillar. Bu
davrda oʻrta maktablarning X-XI sinflarida
informatika va hisoblash texnikasi fani oʻqitish mazmunini algoritmlash va
dasturlash asoslari tashkil qildi. Asosiy manba A. A. Abduqodirov rahbarligida
tayyorlangan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” darsligi hisoblanadi.
1992 yil. Oʻzbekiston respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida” gi qonuni qabul
qilindi. Unga koʻra 11 yillik oʻrta umumta’lim joriy etildi.