Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Jahonda informatika fanining shakllanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Jahonda informatika fanining shakllanishi. 
Dasturlash tillari tarixi XX 
asrning 70 yillarida nomi “informatika” bilan almashtirilgan kiberntetika fanining 
shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq.
Kibernetika atamasini birinchi boʻlib, 1834 yilda ilk bor fransuz matematigi 
Andre-Mari Amper qoʻllagan. Olim kibernetika soʻzini “fuqarolarga turli xildagi 
foydalarni taqdim etish uchun davlatni boshqaruv san’ati” ma’nosida qoʻllagan 
[IV.12].


37 
Tom ma’noda bu atama birinchi boʻlib, 1943 yilda Robert Viner (AQSH, 
kibernetika va sun’iy intellekt fani asoschilaridan biri) tomonidan taklif qilingan. 
Unga koʻra, 
Kibernetika
(grekcha κυβερνητική – boshqaruv san’ati) – mashina, 
tirik organizm, jamiyat kabi murakkab boshqariladigan tizimlarda axborotlarni 
olish, saqlash, almashtirish va uzatishning umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi 
fandir [III.17]. 
Sobiq shoʻrolar davlatining Oliy oʻquv yurtlarida kibernetikaning barcha 
nogʻoyaviy jihatlari fan sifatida 1940-1950-yillarda ТАУ («
Теория автоматичес-
кого управления
» - avtomatik boshqaruv nazariyasi) nomi ostida oʻqitilgan 
[IV.10].
Asli XVII-XVIII asrlarda fransuz kutubxonachiligiga oid boʻlgan 
“informatique” (informatuka) atamasini kompyuterlarga nisbatan birinchi boʻlib 
1957 yilda nemis olimi 
Karl Shteinbux
oʻzining “Informatik: Automatische 
Informations verarbeitung (Informatika: ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash”) 
nomli maqolasida qoʻllagan [III.102].
Informatika fani chet ellarda “Computer science” (“Kompyuter fani”) 
tarzida nomlanadi. Bu atamani ilk bor 1959 yilda Lui Feyn ilmiy 

Communications of the ATSM
” jurnalida “Graduate School in Computer 
Sciences (Kompyuter fani sohasida Oliy maktab” yaratish tashabbusini ilgari 
surganda qoʻllagan. Bunda, Lui Feyn kompyuter fani huddi “Management science 
(Boshqaruv san’ati)” kabi amaliy va fanlararo amaliy ahamiyat kasb etishini 
koʻrsatib, ilmiy fanlarga xos boʻlgan barcha xususiyatlarga ega ekanligiga e’tibor 
qaratgan. Uning sa’yi harakatlari bekorga ketmadi va 1962 yilda Perdyu 
universitetidan boshlab Oliy oʻquv yurtlari kompyuter fani bilan bogʻliq o’quv 
dasturlarini ishlab chiqishni boshladilar [III.95]. 
1965 yilda “Informologiya” va “informatika” ning fan sifatidagi asosiy 
tamoyillari sobiq SSSR FA ning muhbir a’zosi Aleksandr Xarkevich tomonidan 
“Основы научной информации (ilmiy axborot asoslari)” kitobida bayon etilgan 
[III.39]. Bu kitob keyinchalik 1968 yilda, “Основы информатики (Informatika 
asoslari) nomi bilan qayta chop qilingan. Shu tariqa 1940 yillarda “soxta fan” 


38 
sifatida e’tirof etilgan kibernetika chuqur ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻllgan 
informatika faniga aylandi.
Informatika fani katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash usul va 
vositalariga xos boʻlgan koʻplab muammolarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. 
Oʻrganadigan muammolarning xarakteriga koʻra fanning bir qator yoʻnalsihlari 
yuzaga keldi. Bu yoʻnalishlar mustaqil boʻlib, zarur hollarda bir-birini toʻldira 
oladi. Informatika fanining barcha zamonaviy tadqiqot sohalarini toʻla qamrab 
olishning iloji boʻlmasada, shartli ravishda toʻrt qismga ajratish tavsiya qilinadi 
(1.1.1-jadvalga qarang). 
Dasturlash tillari informatika fanining eng dolzarb va muhim tadqiqot 
sohalaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin