Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash
tillarini oʻqitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyoti
boʻyicha bajarilgan ishlar va olingan ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish
sohasida:
jahonda va respublikamizda dasturlash tillarining rivojlanishi va ularni
oʻqitish tendensiyalari boʻyicha tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilgan, dasturlash
paradigmalarining vazifalari va farqlari qiyosiy nuqtai-nazaridan ochib berishga
doir taklif va tavsiyalar “Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari” nomli darslik
mazmuniga singdirilgan (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil
17-iyuldagi
314-son
buyrugʻi asosida berilgan 314-62-raqamli nashr
ruxsatnomasi). Natijada, obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish
jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan ta’lim resursi yaratilgan;
oliy oʻquv yurtlarida dasturlashning zamonaviy paradigmasi sifatida
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish tizimiga oʻtish zarurati hamda
Python dasturlash tilini bunday til sifatida tanlash sabablari asoslab berishga doir
takliflaridan ERASMUS dasturi doirasida bajarilgan CLASS loyihasi doirasida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2075/04 sonli
ma’lumotnomasi). Natijada bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv-meyoriy
hujjatlarini oʻrganish imkoni kengaytirilgan;
oliy oʻquv yurtlarida dasturlash tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalari,
31
ta’lim sifatini baholashning mezon va taksonomiyalari hamda ta’lim jarayoni
sifatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan psixologik omillar predmetga
yoʻnaltirilgan dasturlash tillariga moslashtirishga doir taklif va tavsiyalar
“Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan
(Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son
buyrugʻi asosida berilgan 314-62 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada predmetga
yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish jarayoni samarasini orttirishga erishilgan;
ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda
dasturlash tillarini predmetga yoʻnaltirilganlik nuqtai-nazardan oʻqitish jarayonida
foydalanish uchun Python tilining ichki va tashqi modullari klassifikatsiyasi hamda
Python dasturlash tili misolida oʻqitishning mazmuni takomillashtirishga doir
amaliy tavsiyalaridan 2018-2020-yillarda Samarqand davlat universitetida
bajarilgan OT - Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual
resurslar Web - ilovasi dasturiy taʻminotini yaratish” hamda “I-2016-4-15
Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy
taʻminotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)"
mavzularidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2075/04 sonli
ma’lumotnomasi.) Natijada, oliy oʻquv yurtlarida dasturlashning zamonaviy
paradigmasi sifatida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish
samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
oliy oʻquv yurtlarida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitishni
joriy qilish boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan Oʻzbekiston
Respublikasa Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligiga (hozirgi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi) murojaatga nisbatan, mazkur vazirlikning rasmiy javobida
(Oʻzbekiston Oʻliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23 yanvardagi 11-
5/3-65-sonli xati) vazirlik predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini ta’lim
jarayoniga joriy qilish yuzasidan bildirilgan taklif bva molohazalardan imkon
darajasida foydalanishini ma’lum qilgan. Natijada, “Dasturiy injiniring” ta’lim
yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kurslarida “Predmetga yo‘naltirilgan
32
dasturlash toiillari” moduli kiritrilganligi ma’lum qilingan. Bugungi kunda koʻplab
ta’lim yoʻnalishlari uchun oʻquv rejalarida tanlov fani sifatida “Python dasturlash
tili” tavsiya qilingan.