Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Oʻzlashtirishning soddaligi. 
Oʻrganish uchun sodda hisoblangan dasturlash 
tillari algoritm qurish asoslarini chuqur oʻzlashtirishga koʻmak beradi. Masalan, 
Pascal yoki Basic tillari oʻrganish uchun sodda, lekin bunday tillar katta dasturiy 
majmualarni yaratishga imkon bermagani yoki katta resurslar talab qilgani uchun 
zamonaviy dasturchilik amaliyotida juda kam foydalaniladi. 
Universallik. 
Zamonaviy dasturlash tillarining kattagina qismi predmetga
obyektga, komponentaga yoʻnaltirilgan boʻlib, funksional, modulli va boshqa 
paradigmalarga asoslansada, umumiy xarakterdagi boshqa masalalarni dasturlash
uchun ham imkon beradi. Oʻqitish uchun tanlanadigan dasturlash tili qandaydir 
tayanch paradigmalarni qoʻllab-quvvatlagani holda, dasturlashning boshqa 
zamonaviy paradigmalarini oʻrganishga ham imkon berishi lozim. 
Amaliy xarakteriga koʻra. 
Oʻqitish uchun dasturlash tillarini muayyan 
turdagi masalalarni (ma’lumotlar bazasi, grafik muharrirlar, veb-sahifalar, 
matematik hisoblashlar va h.k.) dasturlash jarayonini soddalashtirish va 
qulaylashtirish kabi parametrlari nuqtai-nazardan ham tanlasa boʻladi. Bunday 
tillarga namuma qilib SQL (ma’lumotlar bazasi), HTML (veb-sahifa), Mathcad 
(matematik hisoblashlar), AutoCad (loyihalash), va boshqa tillarni koʻrsatish 
mumkin.
Kasbiy yoʻnalishlari boʻyicha. 
Oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlash 
muayyan yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida 
koʻp uchraydigan amaliy masalalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan 
amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy san’at yoʻnalishiga Micromedia Flash, 
Photoshop, matematiklar uchun MatLab va Mathcadlarni tavsiya qilish mumkin. 


108 
Mavqeiga koʻra
oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlashda uning zamonaviy 
jahon dasturchi mutaxassislar oʻrtasidagi oʻrni etiborga olinadi. Bu koʻrsatkichni
aniqlashda TIOBE (reytinglarni qayd etuvchi kompaniya, 2.3.1-rasm), PyPL
(PopularitY of Programming Languages, 2.3.2-rasm) hamda HeadHunter 
(dasturlash tillari boʻyicha vakansiyalar reytingi, 2.3.3-rasm) kabi tashkilotlarning 
xulosalaridan foydalanish mumkin. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin