112
holda, yangi
dasturiy mahsulotlarni tez, sifatli va arzon baholarda yaratish
imkonini taqdim eta oladi.
Shu sababli, kelajakdagi faoliyati katta hajmli
ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bogʻliq ta’lim
yoʻnalishlarining barchasida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash
tillaridan birini
(masalan, Python tili) oʻqitish tavsiya qilinadi.
Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash oʻqitish samarasini
oshirish uchun, qaysi dasturlash tilini oʻqitish, jarayonning maqsad va vazifalari,
erishilishi kutilayotgan ta’limiy natijalarni baholash mezonlarini aniq
belgilab olish
zarur. Oʻqitish uchun dasturlash tillari imkoniyatlarining tahlili zamonaviy
dasturchilik amaliyotida Python tili koʻplab xususiyatlariga koʻra
boshqalariga
qaraganda yuqori mavqega ega ekanligini koʻrsatdi.
Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillari boʻyicha egallangan koʻnikma,
malaka va shaxsiy fazilatlar jamiyatning faol ishtirokchilarini tarbiyalashda, oʻrta
umumiy ta’limdan keyingi faoliyat turini tanlashda muhim poydevor boʻlib xizmat
qiladi.
Qolaversa, Oʻzbekidton respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ilgari
surayotgan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini
amalga oshirish
jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: