Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Bilim 
– 
shaxsiy 
amaliyotda 
kompyuter, 
informatika, 
axborot-
kommunikatsion texnologiyalari va mavjud dasturiy ta’minotlarni oʻrinli va 
maqsadli qoʻllash hamda ehtiyojga koʻra, yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish 
haqida hosil qilingan maʼlumotlarning oʻquvchilar (yoki, foydalanuvchilar) 
tafakkurida aks etishi.
DTS da bu tushunchani soha boʻyicha “oʻrganilgan ma’lumotlarni eslab 
qolish hamda ularni qayta tushuntirib berish” tarzida bayon qilinadi.
Koʻnikma
- insonning tajribalar asosida egallagan bilimlarini amalda 
foydalanish uchun yaroqli boʻlgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda 
informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan tanish vaziyatlarda 
oʻrinli va maqsadli foydalanishga qaratilgan faoliyat yoki harakatlarni amalga 
oshirish qobiliyatidir.
DTS da bu tushunchani “koʻnikma – bu dasturlash asoslari hamda 
informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha oʻrganilgan 
bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllash” tarzida tavsiflanadi.
Koʻnikmalar informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari hamda
dasturlash asoslari boʻyicha egallangan bilimlarni amalda qoʻllay olishga oid 
faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Koʻnikma faoliyatning maqsadi va 
sharoitlariga mutanosib ravishda tegishli harakatlarni muvaffaqiyatli bajarish 
usullaridir.
Malaka
– dasturlash asoslari hamda informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha oʻrganilgan bilimlarni notanish 
vaziyatlarda qoʻllay olish va yangi bilimlarni hosil qilishni anglatadi.
Kompetensita
– dasturlash asoslari hamda informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni 


115 
kundalik faoliyatda qoʻllay olish qobiliyati yoki layoqati.
Insonning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini 
roʻyobga chiqarishning sharoiti va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan 
tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish respublikada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblanadi. Oʻzbek xalqining boy intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat va ma’naviyat, iqtisodiyot, fan, texnika 
va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini 
shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir [I.6]. 
Ta’lim toʻgʻrisidagi qonunda [I.7] “Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur 
nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga, shuningdek, ularning 
umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, 
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon” ekanligi belgilab 
qoʻyilgan. Bu holatni informatika va hisoblash texnikasi hamda dasturlash 
asoslarini oʻqitish nuqtai- nazaridan talqin qilinsa, toʻgʻridan-toʻgʻri quyidagi 
vazifalar kelib chiqadi: 
-
talabalarning dasturchilikka qaratilgan ragʻbatlarini shakllantirish; 
-
talabalarga informatika va hisoblash texnikasi hamda dasturlash asoslari 
boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish; 
-
talabalarning dasturchilikka oid malaka va koʻnikmalarini shakllantirish; 
-
talabalarning dasturchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish. 
Mazkur vazifalarni samarali hal qilish uchun informatiuka fanini (yoki, 
uning boʻlimlarini) oʻqitishga taalluqli boʻlgan oʻquv-me’yoriy hujjatlarini 
uzluksiz ravishda zamonaviy jahon andozalari va ilgʻor tajribalarini e’tiborga olgan 
holda, tanqidiy qayta koʻrib chiqish, tahrirlash va mavjud ta’lim tizimi bilan 
uygʻunlashtirgan holda, ta’lim jarayoniga joriy qilish talab qilinadi. Bu oʻrinda, 
“informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha uzviylashtirilgan oʻquv 
dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish boʻyicha aniq tashkiliy-pedagogik chora-
tadbirlarni belgilash va amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu uammo 
jahon dasturchilik tajribasi, informatika, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, 


116 
zamonaviy dasturlash tillari va ularning yutuqlari bilan bogʻliq quyidagi omillar 
asosida amalga oshiriladi:

fanning jadal tezlikda rivojlanayotganligi va uning natijalarini hamma 
sohalarga tobora chuqurroq kirib borayotganligi; 

kishilarning ilmiy, ijodiy, mehnat va boshqa koʻrinishdagi faoliyatlarida 
eng muhim va ajralmas yordamchi vositaga aylanib ulgurganligi; 

turli faoliyat doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal 
qilish uchun yangi dastur va dasturchilarga ehtiyojning ortib borishi; 

kompyuter va dasturiy mahsulotlar insonlarning turli ehtiyojlarini tez
qulay, toʻliq, arzon va samarali qondirish vozitasiga aylanganligi;

informatika va axborot texnologiyalari fanining shakli, tarkibi va 
mazmunining zamonaviy texnik va dasturiy vositalar evaziga kengayishi, 
oʻzgarishi va yangilanishi; 

dasturchilik eng koʻp talab qilinadigan va katta daromad keltira oladigan
sohalardan biriga aylanganligi;

jahon dasturchilik olami va tajribasidagi ijobiy oʻzgarishlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bu omillarning barchasi informatika bilan 
bogʻliq boshqa fanlarning tarkibi va mazmuniga ham ta’sir koʻrsatadi. Bunday 
ta’sirlarni quyidagi tarixiy oʻzgarishlar yordamida ham kuzatish mumkin. 
Respublikamiz 
oliy oʻquv yurtlarida Informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari bilan bogʻliq fanlar XX asrning 60-yillaridan, 
oʻrta umumta’lim maktablarida esa 1985 yillardan boshlangan. Dastlab, bu fanni 
dasturlash asoslari shaklda tashkil qilingan boʻlsa, 1985 yildan boshlab barcha 
ta’lim muassasalarida “Dasturlash – ikkinchi savodxonlikdir” shiori ostda 
hammani yoppasiga dasturchi qilib tarbiyalash harakati avj oldi. Ammo, shu 
yillarda amaliyotga shaxsiy kompyuterlar, WINDOWS operatsion tizimi, ofis 
dasturlari, matn va grafik muharrirlari hamda internetning kirib kelsihi, qolaversa, 
hammani dasturchi qilib tayyorlashning iloji yoʻqiligi sababli, taxminan 1995-2015 
yillarda 
fanning 
mazmuni 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalaridan


117 
foydalanuvchilar tayyorlashga yoʻnaltirildi. 2015 yillardan boshlab, dasturchlash 
asoslari yana fan tarkibiga kiritildi.
Umuman olganda, faoliyatida kompyuterdan foydalanuvchi kishilarni 
quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan: 
1)
tizimli dasturchilar; 
2)
amaliy dasturchilar; 
3)
oddiy foydalanuvchilar. 
1. 
Tizimli dasturchilar yangi kompyuterning matemetik va dasturiy 
ta’minoti, operatsion tizimlar va ular uchun drayverlar hamda yangi dasturlash 
tillarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadilar.
2.
Amaliy dasturchilar esa tizimli dasturchilar ishlab chiqqan voisitalardan 
foydalanib, hoʻjalik yuritish va insonlarning kundalik faoliyatida uchraydigan turli 
shakl va mazmundagi masalalar uchun amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqadilar. 
Bunday dasturiy ta’minotni shartli ravishda ikkiga ajatiladi: 

tor doiradagi mutaxassislar uchun; 

keng foydalanuvchilar ommasi uchun. 
Tor doiradagi mutaxassislar uchun moʻljallangan dasturiy ta’minotlardan 
faqat belgilangan maqsadlarda, muayyan bir soha yoki tashkilot xodimlari 
tomonidan foydalaniladi. Bunga misol qilib, tashkilotlarning xodimlar boʻlimi, ish 
haqini hisoblash, ombor faoliyati bilan bogʻliq dasturiy majmualarni olish 
mumkin. Odatda, bunday dasturiy ta’minot foydalanuvchilarining soni koʻp 
boʻlmaydi. 
Keng foydalanuvchilar ommasi uchun moʻljallangan dasturiy ta’minot 
insonlarning kundalik axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab 
chiqiladi. Ularga misol qilib, MICROSOFT OFFICE paketi, oʻyinli dasturlar, 
brouzerlar, “aqlli texnologiyalar” va boshqalarni keltirish mumkin.
3. 
Bu guruh kompyuter foydalanuvchilarining eng katta qismini tashkil qilib,
ular oʻz amaliyotlarida dastlabki ikki guruh tomonidan ishlab chiqilgan 
mahsulotlatlarni keng foydalanadilar.
Yuqorida bayon etilgan barcha holatlar informatika va axborot-


118 
kommunikatsion texnologiyalari fanining mazmuniga ta’sir koʻrsatadi hamda ular 
bilan bogʻliq fanlarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishni qayta koʻrib chiqishni 
taqozo qiladi.
Ma’lumki, respublikamizda “yagona va uzluksiz” ligi belgilab qoʻyilgan 
hamda 7 turdan iborat ta’lim tizimi joriy etilgan [I.7]:

maktabgacha ta’lim va tarbiya; 

umumiy oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim; 

professional ta’lim; 

oliy ta’lim; 

oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

maktabdan tashqari ta’lim. 
Ta’lim toʻgʻrisidagi qonunda har bir ta’lim turi uchun maqsad va vazifalar 
belgilab berilgan. Jumladan: 

boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy oʻrta ta’limni davom 
ettirish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim, malaka va koʻnikmalar asoslarini 
shakllantirishga qaratilgan; 

tayanch oʻrta ta’lim oʻquv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, 
malaka va koʻnikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va 
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi; 

tayanch oʻrta ta’lim doirasida (VII sinfdan soʻng) ta’lim oluvchilarda 
kasblar boʻyicha birlamchi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun ularni 
professional tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha choralar amalga 
oshiriladi; 

oʻrta professional ta’lim kollejlarda … umumiy oʻrta, oʻrta maxsus 
ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi; 

Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. 
Bugungi kunda, Oʻzbekiston respublikasi Oliy oʻquv yurtlarida koʻplab 


119 
bakalavr ta’lim yoʻnalishlari uchun jamiyat va jahondagi mavjud vaziyat va 
ehtiyoj, fanning joriy holati va yutuqlarini e’tiborga olgan holda “Informatika va 
axborot texnologiyalari” fanini “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomi ostida 
oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Tabiiyki, mazkur fanning mazmuni va hajmi bakalavriat 
ixtisosliklarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka talablari, 
oʻquv reja hamda Fan dasturlarida belgilab qoʻyilgan.
Raqamli va axborot texnologiyalari fanini oʻqitish 52202200-axborot 
xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, 5230100-iqtisodiyot, 5230200-menejment, 
5232200-ekonometrika, 5232300-Mintaqaviy iqtisodiyot, 5311500-Geodeziya va 
kartografiya, 5520100-Ijtimoiy ish, 5120200-Tarjima nazariyasi va boshqa bir 
qator yoʻnalishlarda IV semestrda rejalashtirilgan boʻlib, jami oʻquv soatlari 180 
soatni (ma’ruza - 30, amaliy mashgʻulot-60, mustaqil taʻlim-90, 6 modul) ni tashkil 
qiladi.
Biz mazkur bakalavr yoʻnalishlarining oʻziga xos kasbiy vazifalaridan kelib 
chiqqan holda, quyidagi masalalarni hal qilishni tavsiya etamiz:

fan dasturini dastur ishlab chiqish nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish; 

dasturlash tilini Pythonga almashtrish va bu tilda dasturlashning tayanch 
asoslarini hamma yoʻnalishlarda oʻqitishi yoʻlga qoʻyish; 

kasbiy vazifalarini hisobga olib, Python dasturlash tilining mos
modullarini fan dasturiga kiritish va oʻqitish; 

fanni I yoki II-semestrga oʻtkazish. 
Ushbu masalalarni samarali hal qilish orqali bakalavrlarning predmetga 
yoʻnaltirilgan dasturlash misolidagi Python tili boʻyicha egallagan bilim, malaka 
va koʻniklmalari keyingi semestrlarda oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi, malakaviy va 
pedagogik amaliyotlarda qoʻl kelishi mumkin. Shuningdek, bu bilimlar kasbiy 
faoliyati axborotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ta’lim 
yoʻnalishlari uchun malakaviy talablarda belgilangan quyidagi kasbiy faoliyat 
turlarining hammasida qoʻllanishi mumkin [I.14]: 
-
tashkiliy boshqaruv; 
-
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish;


120 
-
axborot-tahliliy faoliyat; 
-
ilmiy-tadqiqot; 
-
tadbirkorlik. 
Qolaversa, bu bilim, koʻnikma va malakalarni egallagan yosh mutaxassislar 
Milliy malaka ramkasining [I.14] 6 va 7-malaka darajalari hamda bakalavr kasbiy 
faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq barcha kasbiy vazifalarda 
qoʻllash imkoniga ega boʻladilar. 
Namuma tariqasida 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 
ta’lim yoʻnalishi ustida oʻtkazgan tahlillarimiz shuni koʻrsatdiki, yoʻnalishning 
Oʻquv rejasida [I.15] 
umumkasbiy fan 
sifatida qayd etilgan “Raqamli va axborot
texnologiyalari” fanini (ma’ruza-30, amaliy mashgʻulot-60, mustaqil ta’lim-90, 
jami-180) IV-semestrdan I yoki II- semestrga oʻtkazish quyidagi umumkasbiy va 
mutaxassislik fanlarni chuqur oʻzlashtirishda ijobiy ahamiyat kasb etadi: 
5230100-Iqtisodiyot yoʻnalishida dasturlash bilan bogʻliq fanlar. 3.1.1-jadval. 
semestr ma’rusa 
amaliy 
(sem) 
mustaqil 
ta’lim 
jami 
1. Buxgalteriya 
va 
audit 
hisobi 
III 
44 
46 
90 
180 
2. Statistika 
III, IV 
60 
60 
150 
260 
3. Menejment va marketing 
III, IV 
60 
60 
120 
240 
4. Ekonometrika asoslari 
V,VI 
60 
30 (30) 
120 
240 
5. Iqtisodiy xavfsizlik 
VII 
30 
30 
90 
150 
6. Raqamli iqtisodiyot
VII 
30 
30 
60 
120 
7. Tanlov fanlari 
V-VII 
150 
150 
300 
600 
Jumladan, Python dasturlash tili “Raqamli iqtisodiyot” fanining Fan 
dasturida [I.16] belgilangan elektron biznes va elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, 
Big data, bulutli texnologiyalar, neyrotexnologoyalar, biznesni raqamlashtirish 
amaliyoti kabi mavzularini oʻqitishda, “Statistika” Fan dasturidagi asosiy 
mavzularni oʻqitish samarasini oshirishda ijobiy ahamiyat kasb etishi koʻrinib 


121 
turbidi. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishi bakalavrlari uchun uchun asosiy adabiyot 
sifatida M. B. Xripunova va A. M. Gubernatorovlarning “Pythonda iqtisodiyot” 
[III.69] hamda Yves Hilpischning “Pythonda moliya” [III.91] kitoblarini tavsiya 
qilinadi. 
Geologiya va geoinformatsion tizimlar bakalavriati oʻquv rejasida 
geologiyada geoinformatsion tizimlar, kompyuter dasturlarida foydali qazilma 
konlarini baholash, ma’lumotlar bazasi va ularni loyihalash babi bir qator fanlarni 
oʻqitish rejalashtirilgan. Shuningdek geografiya, geodeziya, kartografiya, kadastr 
bakalavriat yoʻnalishlarining oʻquv rejalarida geografik axborot tizimlari, 
kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash, geodeziya, davlar kadastr asoslari va 
boshqa fanlarni oʻqitishda han Pyhton dasturlash tilini nazarda tutib, asosiy 
adabiyot sifatida E. Vestraning “Python tilida geoilovalarni ishlab chiqish” 
[III.14] kitobidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Jurnalistika sohasida 5220200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan 
aloqalar bakalavriatida kompyuter lingvistikasi, data jurnalistika va infografika, 
media iqtisodiyoti, PR va media menejmenti, sotsiolingvistika kabi fanlarni 
oʻqitish rejalashtirilgan. Mazkur fanlar Fan dasturlarining tahlillari shuni 
koʻrsatdiki, Python dasturlash tili koʻplab mavzularni oʻqitishda foydalanish 
mumkin. Masalan, bu til “Data jurnalistika” fanining katta hajmdagi axborotlarni 
yigʻish va tahlil qilish muammolariga bagʻishlangan oʻquv materiallarida qoʻl 
keladi. Boʻlajak jurnalistlarga B. Bendjamin rahbarligida yozilgan “Pythonda 
matnli ma’lumotlarni amaliy tahlil qilish” [III.9] hamda A. I. Gorojanovning 
“Lingvistlar uchun PyQt5” [III.18] kitoblari tavsiya etiladi.
5140100-Bilogiya yoʻnalishlarining Bioinformatika boʻyicha fan dasturida 
biologik makromolekulalarni vizuallashtirishning zamonaviy usullari hamda 
shunday usullardan biri sifatida molekulalarning uch oʻlchovli tasvirini hosil 
qilishga moʻljallangan PyMol tashqi moduli bilan islash nazarda tutilgan. Bundan 
tashqari, shu fan doirasida neyron toʻrlariga aloqador boʻlgan bir nechta nazariy va 
amaliy mashgʻulotlar rejalashtirilgan. Demak, shu yoʻnalish talabalariga Keras 
(neyron toʻrlari uchun toʻlaqonli API ishlab chiqish moduli) hamda PyTorch 


122 
(grafik protsessori tezlashtirilgan dinamik va tenzorli neyron tizimlari uchun 
modul) ni oʻqitish foydadan holi boʻlmaydi. Biloglar uchun adabiyotlar sifatida M. 
Jonesning “Biologlar uchun Python” [III.85], Ken Youens Clarkning 
“Bioinformatiklar uchun Pythonni oʻrganish” [III.94] hamda P. Djoshining “Sun’iy 
intellekt Pythonda namunalari bilan” [III.20] kitoblari tavsiya qilinadi. 
Shuningdek, tibbiyot, kimyo kabi bakalavriat yoʻnalishlari uchun J. Heysning 
“Kimyoviy va biotibbiyot muhandisligi hisoblash ishlarida Pythondan 
foydalanish” [III.86] kitobi ham foydali boʻladi deb hisoblaymiz. 
Matematika bakalavriati oʻquv rejasida dasturlash asoslari fani boʻyicha 
oʻquv soatlari jami 240 soatni (30 soat ma’ruza, 60 soat amaliy mahgʻulot, 150 
soat mustaqil ta’lim) tashkil qilib, mashgʻulotlar I va II-semestrlarga olib borish 
belgilangan. Bu mantiqan toʻgʻri. Faqat Python tilining bugungi kundagi 
imkoniyatlari hamda kelajakda yangi modullar hisobiga kengayishini hisobga 
olinsa, bu tilni dasturlash asoslari Fan dasturiga kiritish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Bunda Python tili boʻyicha tayanch ma’lumotlardan tashqari, 1-ilovada keltirilgan 
algoritmik modullar, vaqt va sanalar, matematikaga oid modullar hamda 2-ilovada 
koʻrsatilgan Data Science va matematika uchun moʻljallangan tashqi modullarni 
oʻqitishni ham nazarda tutish lozim. Bu modullar matematika bakalavriyat 
talabalariga yoʻnalish oʻquv rejasidan oʻrin olgan matematik tahlil, analitik 
geometriya, chiziqli algebra, algebra, ehtimollar nazariyasi va matemetik 
statistika, differensial tenglamalar, hisoblash usullari kabi koʻplab fanlarni chuqur 
oʻzlashtirishlarida yaxshigina poydevor boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Bu fanlar 
uchun katta sondagi oʻquv adabiyotlari mavjud bolib, ular orasida S.Y. Krivolapov 
va M.B. Xripunovalarning “Pythonda matematika” [III.32], K. Xillning “Pythonda 
ilmiy dasturlash” [III.68], M. Xeidt va A. Gruzdevlarning “Pandasni oʻrganamiz” 
[III.64], S. Borzunov va S. Kurgalinalarning “Pythonda algebra va geometriya 
misollari” [III.11] kitoblarini ajratib koʻrsatish mumkin.
60540200 – Amaliy matematika bakalavriat va unga turdosh yoʻnalishlarda 
“Algoritmik va dasturlash tillari” fanini I-III semesrtlarda 450 soat hajmida (90 
soat ma’ruza, 120 soat amaliy mashgʻulot, 240 soat mustaqil ta’lim) oʻqitish 


123 
rejalashtirilgan [I.17]. Bu fanning dasturi C# dasturlash tilini oʻrganishga 
qaratilgan boʻlib, bizning fikrimizcha, uni C# tilining ahamiyatini pastga urmagan 
holda, mavqei va imkoniyatlarini hisobga olgan holda Python tilini oʻqitishga 
moslashtirish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu holat 60540200 – Amaliy matematika 
bakalavriat yoʻnalsihi oʻquv rejasida koʻrsatilgan “Chiziqli algebra va analitik
geometriya”, “Matematik tahlil”, “Diskret matematika va matematik mantiq”, 
“Differensial tenglamalar”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, 
“Sun’iy intellekt va neyron toʻrlari”, “Matematika va informatika oʻqitish 
metodikasi”, “Jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv”, “Sonli usullar” va 
boshqa bir qator fanlarni intensiv oʻqitish jarayonida muhim poydevor boʻlib 
xizmat qiladi. Tadqiqotlarga koʻra, Python dasturlash tili va uning modullari ga 
bagʻishlangan 200 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari mavjud ekan. Mazkur 
oʻquv adabiyotlar orasidan amaliy matematika va unga turdosh bakalavriat 
yoʻnalishlari uchun asosiy adabiyot sifatida K. Xillning “Pythonda ilmiy 
dasturlash” [III.68], D. Xellmannning “Pythonning standart kutubxonalari” 
[III.67], P. Dangeti va boshqalarning “Pythonda sonli hisoblashlar” [III.83], C.Y. 
Krivolapovning “Pythonda matematika” [III.32] kabi adabiyotlar tavsiya qilinadi. 
Qoʻshimcha adabiyot uchun A. Narzullayevning “Pythonda dasturlasj asoslari” 
[III.40] hamda R. X. Ayupovning “Python dasturlash tili asoslari” [III.6] 
kitoblaridan foydalanish mumkin. Qolaversa, dissertant va uning rahbari 
M.Aripovlar hamkorligida Amaliy matematika va informatika bakalavrlari uchun 
moʻljallab yozgan “Python kutubxonalari” nomli oʻquv qoʻllanmasi [II.4] ham 
talabalar uchun foydadan holi boʻlmaydi, deb hisoblaymiz.
Sohalari boʻyicha injenerlar kasbiy vazifalari doirasida koʻplab hisob-kitob 
ishlari va chizmalarni tayyorlash masalalariga duch keladilar. Shuning uchun 
ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda Python dasturlash tilining matematika, data 
science, ma’lumotlar bazasi, veb-ilovalar, neyron toʻrlari, fayllar bilan ishlash va 
boshqa sinfga oid modullardan foydalanish mumkin. Ularni oqʻitishda ham amaliy 
matematika uchun tavsiya qilingan adabiyotlar tavsiya qilinadi.
Python dasturlash tilining keng koʻlamli va turli sohalarda qoʻllash borasida 


124 
katta imkoniyatlarga ega ekanligi bilgan holda, Oliy ta’lim muassasalarida uning 
qaysi qismini oʻqitish lozim? degan haqli savol tugʻiladi. Bilamizki, boshqa 
dasturlash tillari kabi Python oʻzining tayanch buyruqlar tuzilmasiga hamda 400 ga 
yaqin ichki va tashqi modullarga ega. Uning tayanch buyruqlar tuzilmasiga 
quyidagi buyruqlarni kiritish mumkin:

kiritish va chiqarish buyruqlari va ulardan amalda foydalanish usullari;

oʻzgaruvchi va oʻzgarmas kattaliklari ifodalash; 

ma’lumotlarning tiplari va ularni bir turdan boshqasiga oʻtkazish; 

amallarni yozish sintaksisi; 

tarmoqlanish buyruqlari; 

takrorlash buyruqlari; 

roʻyxatlar bilan ishlash; 

lugʻat va toʻplamlar bilan ishlash; 

fayllar bilan ishlash; 

yangi funksiya, lyambda funksiya va dekoratorlarni e’lon qilish va 
amalda qoʻllash; 

istisno qilinadigan vaziyatlarni qayta ishlash; 

modullarni ochish, foydalanish, yangilarini yaratish;

sinf va obyektlarni e’lon qilish va ulardan amalda foydalanish. 
Bu buyruqlarni oʻrganishga bagʻishlangan mavzular boʻyicha nazariy va 
amaliy mashgʻulotlar mazmunini bakalavriat yoʻnalishlarining oʻziga xos 
xususiyatlari hamda bitiruvchilarning malakalariga qoʻyilgan talablarni hisobga 
olgan holda rejalashtirish talab qilinadi. Bu oʻrinda, talabalarga amaliy 
mashgʻulotlar jarayonida taklif etiladigan masalalar aynan ularning kelajakdagi 
faoliyatlarida uchraydigan tipik masalalardan iborat boʻlishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Bundan tashqari, deyarli barcha soha mutaxassislarning kasbiy faoliyatlarida 
matematik va satrli ma’lumotlar bilan ishlashga toʻgʻri kelgani uchun, 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin