3.2-§. Oliy oʻquv yurtlarida Python misolida predmetga yoʻnaltirilgan
dasturlash tillarini oʻqitishning mazmuni
Odatda, oʻrta umumta’lim maktablarida informatika va AT fanini oʻqitish
oʻquvchilarda dasturlash tili asoslari haqida boshlangʻich tushunchalar bilan
tanishish, amaliy dasturlar dastasi yordamida sodda masalalarni hal qilish,
rivojlantiruvchi oʻyinlar hamda tayyor dasturlar uchun kompyuterda yechim olish
kabi masalalarga qaratiladi. Oliy oʻquv yurtlarida esa fanni oʻqitishda asosiy urgʻu
muayyan dasturlash tili asoslarini chuqur oʻzlashtirish hamda amaliy faoliyatda
uchrashi mumkin boʻlgan tipik masalalar uchun yangi dasturiy ta’minot ishlab
chiqish boʻyicha koʻnikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga
qaratiladi.
Hoʻjalik yuritishning turli sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni
raqamlashtirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish zamonaviy texnik
vositalardan tashqari, mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy faoliyatlarida
uchraydigan turli shakl va mazmundagi masalalar uchun yangi dasturiy
mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni ham talab qiladi.
Raqamlashtirish siyosatining ahamiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning “Raqamlashtirish iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va
samaradorlikni ta’minlaydi. … Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining
kelajagi yoʻq” [IV.14] degan soʻzlaridan ham anglash mumkin.
Mamlakat iqtisodiyoti hamda tashkilotlar faoliyatini tez, qulay, samarali va
eng muhimi tejamkor shaklda tashkil qilish jarayoni yangidan-yangi dasturiy
texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bunday texnologiyalarni
ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishning zamonaviy eng maqbul usuli
predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillaridan foydalanishni nazarda tutadi. Chunki,
predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillari dasturiy mahsulotlarni tez, sifatli,
ishonchli va eng muhimi, jalb qilish mumkin boʻlgan resurslardan tejamkor va
oqilona foydalangan holda ishlab chiqish imkonini taqdim eta oladi. Shuni alohida
128
ta’kirlash joizki, yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqish uchun dasturlash boʻyicha
yuqori malaka talab qilinmaydi. Bu holda dasturchining masala qaralayotgan soha
boʻyicha yetarli bilimlarga ega boʻlishi kifoya qiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlar hamda jamiyatda yuzaga kelayotgan yangicha
qarash va yondoshuvlarhi hisobga olib, oliy oʻquv yurtlarida yoʻnalishidan qat’iy
nazar barcha mutaxassislar uchun predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini keng
oʻqitish tavsiya qilinadi. Bu borada, oʻqitish uchun tanlab olingan predmetga
yoʻnaltirligan dasturlash tili mazmunini maqsadli va toʻgʻri aniqlash eng ustuvor
va muhim masalalardan biri sanaladi.
Zamonaviy texnik va dasturiy vositalarning ishlab chiqilishi va amaliyotga
joriy qilinishi amaldagi ta’lim tizimida ham oʻz aksini topishi talab qilinadi.
Buning uchun dasturlash asoslari (yoki raqamli va axborot texnologiyalari kabi)
fani mazmunini jamiyat, fan va texnikada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga
muvofiq qayta koʻrib chiqish va tegishli oʻzgartirishlarni kiritish lozim. Bunday
muammolar V. Q. Qobulov, M. M. Aripov, A. A. Abduqodirov, N. I. Taylaqov, B.
J. Boltayev, S. I. Rahmonqulova, A. E. Yershov, M. P. Monaxov, M. P. Lapchik,
V.E. Jujjalov, A. G. Kushnirenko kabi atoqli pedagog olimlarning ilmiy
tadqiqotlarida oʻrganilgan va tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu olimlarning
tadqiqotlarida informatika va AT fani, uning kasbiy-pedagogik yoʻnaltirilganlik
mezonlari, oʻquv materiallarini tanlash mezonlari hamda umumdidaktik
tamoyillari oʻrganilgan.
Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini predmetga
yoʻnaltirligan dasturlash nuqtai-nazardan talqin qilish oliy oʻquv yurtlarida ta’lim
yoʻnalishidan qat’iy nazar, talabalar uchun dasturlash tillarini oʻzlashtirishga
nisbatan quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
dasturlash, uning dunyodagi mavqei, fanlar tizimida tutgan oʻrni haqida
tugal tasavvurlarga ega boʻlish;
ta’limda
qoʻllanishi
mumkin
boʻlgan
zamonaviy
axborot-
kommunikatsion texnologiyalarini bilish;
taqdim etilayotgan predmetli va boshqa dasturlash tili asoslarini chuqur
129
oʻzlashtirish;
turli shakl va mazmundagi ma’lumotlarni dasturlash nuqtai-nazardan
moslashtirish;
masalalarni mazmuni, qoʻllanish sohasi yoki amaliy ahamiyatiga koʻra
sinflarga ajratish;
yechilayotgan masalalarni tahlil qilish orqali, ularni samarali hal qilish
usullarini belgilash;
dasturlash paradigma va vositalarini amaliy faoliyatida oʻrinli va
maqsadli tanlash hamda qoʻllash;
grafik, matnli, ovozli va jadval shaklidagi ma’lumotlarni zamonaviy
amaliy dasturlar dastasi yordamida hal qila olish;
turli shakl va mazmundagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida
foydalanishga yaroqli boʻlgan yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va
amaliyotga joriy qilish.
Sanab oʻtilgan imkoniyatlar birgalikda, yoʻnalishidan qat’iy nazar,
predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish jarayoniga qoʻyiladigan
ta’limiy talablarni ham ifodalaydi. Oʻqitish jarayonini mazkur talablar asosida
tashkil qilish yoʻlida fanning mazmunini toʻgʻri belgilab olish eng ustuvor
masalalardan biri hisoblanadi.
Oliy oʻquv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari hamda
dasturlash asoslarini oʻqitish mazmunini tanlab olishning tamoyil va metodlari
nazariyasi N. Virt, I.V. Pottosin, Y.M. Kolyagina, A.G. Kushnirenko, V.M.
Monaxov, I.N. Skopin, N.N. Nepeyvoda, S.I. Arxangelskiy kabi olimlar tomonidan
oʻrganilgan [III.23]. Mazkur olimlarning ilmiy ishlari natijalarini bugungi kun
nuqtai-nazaridan talqin qilish dasturlash tillari pedagogikasining eng ustuvor
vazifalaridan biri sanaladi.
Predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari Python tili misolida juda katta va
boy imkoniyatlariga ega boʻlgani uchun, uning asosiy tashkil etuvchilari boʻlgan
dasturlash tuzilmalari, funksiya, modul, metod, obyekt, sinf kabi tushunchalarini
130
birdaniga talabalarga oʻrgatish ancha mushkul masala hisoblanadi. Vaholangki, bu
tushunchalar talabalar egallashi lozim boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalari bilan
birgalikda raqamlashgan jamiyatning boʻlajak ishtirokchilarining kasbiy faoliyatga
tayyorgarlik darajasini belgilab beradi. Sodda qilib aytganda, koʻrsatilgan
tushunchalarni oʻqitish sifati taʻlim samarasini aniqlashda asosiy mezon boʻlib
xizmat qiladi.
Odatda, dasturlash tillarini oʻqitish jarayoni talabalarda quyidagi bilimlar
yuzasidan boshlangʻich koʻnikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga
xizmat qiladi:
1.
zamonaviy kompyuterlarning operatsion tizimi va fayllar fazosi bilan
ishlash;
2.
dasturlarni ishga tushirish usullari;
3.
klaviatura va boshqa qurilmalar bilan ishlash;
4.
kompyuter ekranidagi ma’lumotlarni oʻqish va tegishli reaksiya
koʻrsatish;
5.
tayyor dastur kodlari uchun kompyuterda natija ola bilish
6.
tipik masalalar uchun tayyor algoritmlar asosida dastur ishlab chiqish.
Xususan, bu koʻnikma va malakalar oʻquvchilar tomonidan oʻrta
umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani doirasida
(1.2.1-jadval) egallanadi. Umuman olganda, oʻrta umumta’lim maktablari,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari tomonidan tegishli davlat
ta’lim standartlariga muvofiq egallangan bu koʻnikma va malakalarni
chuqurlashtirish jarayoni ta’lim izchilligi va uzviyligini ta’minlagan holda, oliy
oʻquv yurtlarida yuqoriroq bosqich, mazmun va shakllarda davom etadi.
Dasturlash tillarini oʻqitish oliy oʻquv yurtlarida, bakalavriat va magistratura
yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turli fanlar
doirasida davom ettiriladi. Bu holatga oid 3.1.1-jadvalda bayon etilgan
ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, dasturlash tillari bilan bogʻliq fanlarni oʻqitish
asosan I-IV semestrlar uchun rejalashtirilgan. Tegishli bakalavr ta’lim
yoʻnalishlarning oʻquv reja va fan dasturlariga koʻra, dasturlash tillari “Raqamli va
131
axborot texnologiyalari” fani doirasida oʻqtilishi (masalan, biologiya va
biotexnologiya bakalavr yoʻnalishlarida - III, iqtisodiyot, geodeziya va boshqa bir
qator joʻnalishlarda esa IV semestr) belgilangan (3.2.1-jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: |