Pеdagogik tеxnologiya
– bu oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirishning
jarayonining tеxnik, insoniy rеsurslarni hisobga oligan holda ta’lim shakllarini
optimallashtirish maqsadida aniqlash, yaratish va qoʻllashning tizimli mеtodidir.
(YUNЕSKO)
Pеdagogik tеxnologiya
– bu turli mualliflar (manbalar) ning barcha
ta’riflarini oʻz ichiga ma’noli (mazmunli) umumlashmadir. (G. K. Sеlеvko)
Pеdagogik tеxnologiya
– bu oʻqitish maqsadlariga erishishni kafolotlovchi
ta’lim jarayonini qurishdir (M. V. Klarin).
Shuningdek, G. K. Selevko o’z ishlarida dunyoning boshqa mashxur
pedagog olimlarning quyidagi ta’riflarini ham keltiradi [III.53, 4-b].
Pedagogik texnologiya
- bu kutilgan natijaga eltuvchi, vaqt va fazo boʻyicha
dasturlangan, ilmiy asosda qurilgan pedagogik jarayonda foydalaniladigan barcha
komponentalari tizimidir (P. Mitchel).
Pedagogik texnologiya
– bu ta’limni yaxshilashga qaratilgan bixevioristrik
(hulqiy) va tizimli tahlildan foydalanishni nazarda tutuvchi oʻzaro ta’sir
(kommunikatsiya) yoki oʻquv masalalarini hal qilish jarayonidir (T. Sakamoto).
Bunday ta’riflar juda ham koʻp va bir tomonlama boʻlib, pеdagogikaning
gumanitar fan ekanligi, u muayyan jamiyatda hukmronlik qilayotgan falsafiy
qarashlarga muvofiq ish olib borishi tilga olinmagan. Shuning uchun, bizning
fikrimnizcha, bu tushunchani quyidagicha ta’riflansa toʻgʻriroq boʻlar edi:
Pеdagogik tеxnologiya
dеb muayyan paradigmaga asoslangan ta’lim va
tarbiyani takomillashtirish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan barcha insoniy
147
omil, huquqiy-meyoriy, pedagogik, tеxnik va dasturiy vositalar hamda ular ustida
bajariladigan amallarning kutilgan natijalarni katta ehtimollik bilan kafolatlay
oladigan tizimli majmuasiga aytiladi.
Ta’lim va pеdagogik tеxnologiyalarni bir xil tushuncha dеb qarash koʻproq
faqat ta’lim bеrishga asoslangan gʻarb uslubida faoliyat yuritadigan pеdagoglarga
mos kеladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta’riflar hamda
pеdagogika fanining maqsadi ta’lim va tarbiya bеrish muammolarini oʻrganishdan
iborat ekanligi yodga olinsa, pеdagogik tеxnologiyalar oʻz ichiga ta’lim
tеxnologiyalarini ham olishi kelib chiqadi va shu sababli kеngroq tushuncha
hisoblanadi.
“Pedagogik texnologiyalar” tushunchasining ta’riflari koʻp boʻlsada,
ularni olimlar tomonidan toʻrtta muhim qoidalar asosida umumlashtiriladi:
aniq belgilangan mezon (etalon) asosida ta’lim va tarbiya jarayonini
rejalashtirish;
oʻquv jarayonini oʻqituvchi va talaba harakatlarining qatʻiy ketma-ketligi
shaklida dasturlash;
ta’lim va tarbiya natijalarini oʻquv jarayoni monitoringi davomida ham,
natijalarni sarhisob qilishda ham dastlab belgilangan etalonlar bilan taqqoslash;
oʻquv jarayonining har qanday bosqichida oraliq natijalarga koʻra kerakli
oʻzgartirishlar kiritish.
Pedagogik texnologiyalar jahonning koʻplab olimlari tomonidan turli
nuqtai-nazardan klassisfikatsiyalangan иboʻlsada, bu sohada yagona qarashlar
mavjud emas. Biz ushbu tadqiqot doirasida
[..,]
da taklif qilingan
klassifikatsiyadan foydalanishni lozim topdik. Unga koʻra pedagogik
texnologiyalar ikkiga ajratiladi:
-
an’anaviy texnologiyalar;
-
zamonaviy (yangi) texnologiyalar.
[70] da ta’kidlanishiga koʻra, koʻplab oʻqituvchilar reproduktiv ta’lim
texnologiyalarini, talabalar esa produktiv ta’lim texnologiyalarini afzal koʻrishadi.
148
Reproduktiv ta’limning asosiy xususiyati oʻquvchilar talabalarga bilimlarni
tayyor shaklda uzatishi bilan belgilanadi. Bunda talaba xotirani ishga tushirish
orqali oʻquv materiallarini yodlashi talab qilinadi va uning boshqa aqliy jarayonlari
(muqobil va mustaqil fikrlash qobiliyatlari) bloklanadi. Produktiv ta’lim
texnologiyalari esa oʻzida bilimlarni talabalar tomonidan ijodiy faoliyat yuritish
jarayonida egallashga koʻmak beruvchi universal oʻqitish usullarini qamrab oladi.
Bu texnologiyalar dasturlash tillarini oʻrganishda eng maqbul boʻladigan oʻqitish
usullari sanaladi. Chunki, har qanday dasturuy mahsulot boshqalaridan farq
qiladigan alohida ijodiy yondoshuvni talab qiladi.
Hamma texnologiyalar ham dolzarb pedagogik muammolarni hal
qilavermaydi yoki zamonaviy taʻlim talablariga mos kelavermaydi. Ularni
“an’anaviy” sinfga birlashtirish mumkin. “Yangi texnologiyalar” ga kelsak, bu
tushuncha nisbiy sanaladi, chunki bir qator oʻqituvchilar uchun yangi hisoblangan
ta’lim texnologiyasi boshqalar uchun oldindan ma’lum boʻlishi mumkin.
Pedagog olimlar tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi ta’lim
texnologiyalarini “zamonaviy” deb e’tirof etiladi [70]:
- oʻqituvchilar va talabalar tomonidan amaliyotda keng qoʻllanishi
(востребованный)
;
- ta’limiy jarayon ishtirokchilarining bilim olishga qaratilgan qiziqish va
ehtiyojlarini qondirishi;
- talabalarni optimal rivojlanishi uchun imkon berishi;
- jamiyat ehtiyojlari hamda mutahassislarni tayyorlashning zamonaviy
talablariga mos kelishi.
Ta’lim texnologiyalarning vazifasi oʻquv jarayoni ishtirokchilariga
rejalashtirilgan taʻlimiy natijalarga olib keladigan bosqichlari (harakatlar) ketma-
ketligini tavsiya etishdan iborat boʻladi. Texnologik darajaga chiqish deganda
taʻlim jarayonining muhim abstrakt tomonlarini anglagan holda taʻlimning
kutilayotgan natijasiga erishish uchun zarur bo’lgan barcha omil va vositalardan
foydalanish nazarda tutiladi.
149
Ta’limiy harakatlar ketma-ketligini tavsiflash talablariga qatʻiy javob
beradigan texnologiyalar oʻquv jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi va
yaxlit taʻlimiy natijalarga olib keladi.
Muayyan ta’lim texnologiyasi yordamida tashkil qilinadigan har qanday
pedagogik jarayonni tavsiflashda quyidagi holatlar nazarda tutilgan boʻlishi zarur:
toʻrt komponentali maqsadlar shaklida ifodalangan taʻlimiy natijalarni
belgilash;
oʻquv jarayoni bosqichlari va talabalarning har bir bosqichdagi ta’limiy
harakatlari;
talabani har bir bosqichdagi ta’limiy harakatlarni bajarishga undash
vositalari;
ta’limiy harakatlar monitoringi;
oʻqituvchiga talaba faoliyatini tashkil etish shakl va usullari boʻyicha
tavsiyalar.
Umumiy holda ta’lim texnologiyalarini ifodalash mumkin boʻlgan
elementlar 3.4.1 – rasmda ifodalangan.
3.4.1-rasm.
Ta’lim texnologiyalari ifodalashda foydalaniladigan elementlar.
Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlarni dasturlash tillarini oʻqitishga
nisbatan talqin qilinsa, ta’lim texnologiyalar quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
dasturlash tillarini oʻqitishning ta’limiy natijalarni rejalashtirish va
aniqroq bashorat qilishga yoʻl ochadi;
katta ehtimollik bilan ta’lim va tarbiya jarayoni samarasini orttiradi;
dasturlash tillarini oʻqitish va talabalarning shaxsiy sifatlarini
shakllantirish masalasini umumlashgan holda hal qilishda koʻmak beradi;
Ta’lim texnologiyalari ifodalash
elementlari
Pedagog faoliyati
(talabaga ta’sir
qilish usullari)
O’quv materiali-
ning ped. usulga
mos bayoni
Nazorat
proseduralari
(monitoring)
Talabaning
ta’limiy faoliyati
Maqsad-
kutilayotgan
natija
150
dasturlash tillarini oʻqitish sohasidagi pedagogik tajribalar natijalarini
ilmiy asoslash, tahlil qilish va tizimlashtirish yordamida amaldagi ta’lim
jarayonida foydalanish uchun yangi tavsiyalar ishlab chiqadi;
shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taqdim
etadi;
mavjud ta’limiy resurslardan unumli foydalanishga imkon beradi;
yangi ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqishga yoʻl ochadi.
Atoqli pedagog olim A. G. Selevko “texnologiya” va “uslubiyot” atamalarini
talqin qilishda quyidagilarni ta’kiqlaydi: “texnologiya” va “uslubiyot”
tushunchalari pedagogikada uch asosiy sifat shaklida ishtirok etadi: nazariya,
me’yoriy (algoritmik) faoliyat, pedagogik amaliyot.
Fanlarni (shu jumladan, dasturlash asoslari fani) oʻqitish uslubiyoti
texnologiya kabi pedagogika fanining bir qismi boʻlib, ta’lim va tarbiya jarayoniga
xos qonuniyatlarni oʻrganadi. Oʻqitish uslubiyoti quyidagi ikki omil boʻyicha
ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida rivojlanadi:
1)
ta’lim jarayonining vosita, usul va tashkil qilish shakllari;
2)
oʻqituvchilar va oʻquvchilar faoliyatiga qoʻyiladigan meʻyoriy talablar.
Bunda faqat oʻquv fani mazmunini bilimlar shaklida oʻqitivchi tomonidan
uzatish hamda talabalar tomonidan oʻzlashtirish jarayoni e’tiborga olinadi va
“oʻqitish-fan mazmuni-oʻqish” munosabatlari bilan tavsiflanadi.
Uslubiyotni sodda qilib, “oʻqitish-oʻqish” sxemasi ostida talaba-oʻquvchilar
shaxsini shakllantirishning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadi.
Uslubiyotning nomi tegishli fan, texnologiyaning nomi esa oʻquv tarbiya
jarayonida foydalanish munkin boʻlgan ilmiy asoslar (yetakchi paradigma, tamoyil,
yondoshuv, asosiy usul va shakllar, qonuniyatlar) bilan belgilanadi. Umumiy
koʻrinishda uslubiyotning eng ustuvor muammosini – “qanday”, texnologiyaniki
esa – “buni qanday samarali bajarish mumkin” [III.55, 40-b] tarzida talqin qilish
mumkin.
Raqamli texnologiyalarning hayotga kirib kelishi boshqa jabhalar kabi ta’lim
tizimiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatdi. Tizimida qoʻllash mumkin boʻlgan yangi
151
ta’lim texnologiyalari ishlab chiqildi va joriy qilindi. Serosift akademiyasi
(yetakchi dasturiy ta’lim ta’minoti kompaniyasi – AQSH) bashoratiga koʻra, 2022
yilda jahonda bir qator ta’lim texnologiyalari zamonaviy ta’lim qiyofasiga
oʻzgarishlar kiritadi [IV.15]. Bu texnologiyalar quyidagilardan iborat:
1.
boyitilgan (yoki kengaytirilgan) olam va virtual reallik (simulyatsiya);
2.
moslashuvchan ta’lim;
3.
sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari;
4.
ta’limda 5G texnologiyalaridan foydalanish;
5.
avtomatlashtirilgan ta’lim;
6.
kompetensiyaga asoslangan ta’lim;
7.
tahlilni oʻrganish.
Dostları ilə paylaş: |