Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

diagnostik tahlil –
ta’lim jarayonida "nega bunday boʻldi?" degan 
savolga javob berish uchun ma‘lumotlarni yig‘ish, izlash, qayta ishlash, tuzatmalar 
kiritish, mohiyatini oʻrganish bilan shug‘ullanadi. Bunday tahlil quyidagi 
masalalarni qamrab oladi: 
a) ta’lim muassasasi rahbariyatiga asosiy ta’limiy sifat koʻrsatkichlarini 
taqdim etish hamda uni oshirishga doir ma’lumotlarni tahlil qilish; 
b) tegishli sifat koʻrsatkichlariga erishish yoʻl-yoʻriqlarini aniqlash; 
c) yuqori sifatli ta’lim strategiyalarini tahlil qilish va belgilash; 
d) boshqaruv tizimining sifat koʻrsatkichlariga ta’sirini oʻrganish. 

bashoratli tahlillar
–tarixiy va an’anaviy ma‘lumotlarni birlashtirish 
asosida ta’limni rivojlantirish perespektivalarini bashorat qilish. Bu tahlil ta’lim 
jarayoni ishtirokchilariga doir munosabatlar yuzasidan statistik model va 
algoritmlarni qoʻllagan holda tegishli xulosalarni bildiradi.
Yuqorida bayon etilgan jahonning ilgʻor ta’lim texnologiyalarini an’anaviy 
(milliy) ta’lim va tarbiya sohasidagi boy tajribalar, jamiyatda ustuvor hisoblangan 
odob-ahloq qoidalari, milliy qadriyatlar, madaniy va ma’naviy xususiyatlar bilan 
uygʻunlashtirish orqali yangi pedagogik texnologiyalarni shakllantirish mumkin. 
Bizning nazarimizda, bu muammo alohida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni 
talab qiladigan masala hisoblanadi va shu sababli bizning tadqiqotimiz doirasiga 
kirmaydi deb hisoblaymiz. 
Shuningdek, predmetga yoʻnaltiriligan dasturlash tillarini oʻqitish 
jarayonida qoʻllash uchun yuqorida tavsiflangan ta’lim texnologiyalariga 
qoʻshimcha qilib, [II.26] da bayon qilingan bir qator texnologiyalaridan 
foydalanish ham maqsadga muvofiq sanaladi.


161 
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, raqamlashgan jamiyatda pedagog 
olimlar tomonidan bir qator yangi (yoki zamonaviylashtirilgan) ta’lim 
texnologiyalari ishlab chiqildi, samaralari oʻrganildi va amaliyotda foydalanish 
uchun tavsiya qilindi. Shunday boʻlsada, bironta ham ta’lim texnologiyasini eng 
ustuvor texnologiya sifatida tavsiya etilmaydi. Quyidagi holatlar oʻqituvchilarga 
joriy mashgʻulotda qoʻllash uchun u yoki bu ta’lim texnologiyasini tanlashda asos 
boʻlib xizmat qiladi:

ta’limiy maqsad va vazifalar; 

qaraladigan mavzu; 

talabalar auditoriyasining oʻziga xos xususiyatlari, shu jumladan
mavzuni oʻzlashtirishga tayyorlik darajasi; 

talabalarda mavzuni oʻzlashtirishga ragʻbatning mavjudligi; 

mavzuni bayon etish uslubiyoti; 

pedagogik shart-sharoitlar; 

mavjud texnik va didaktik vositalar. 
Bu ma’lumotlar oʻqituvchilarning koʻrsatilgan ta’lim texnologiyalaridan 
umumlashtirilgan koʻrinishda foydalanish haqida qaror qabul qilishlari uchun ham 
muhim poydevor vazifasini oʻtaydi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin