174
Oʻqituvchi Youtube.com dagi videofayllarga
havolalar yordamida
talabalarga videosavollar bilan murojaat qilishi mumkin.
Test sinovlari uchun baholash mezonlarini ishlab chiqish imkoniyati ham
koʻzda tutilgan. Bunda baholash xizmati talabalarning javoblarini belgilangan
mezonlar asosida baholaydi va sinov natijalarini qaydnomalarda belgilab qoʻyadi.
Talaba test savoliga notoʻg‘ri javob beradigan hollarda muhit toʻg‘ri
javobni
eslatib qoʻyadi.
Shuningdek, agar oʻqitivchi test sinovlari muddatini belgilab
qoʻygan boʻlsa, koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng test yopiladi.
Javob
berishga ulgurmagan talabalarga toʻg‘ridan-toʻg‘ri “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi.
Google Classroom ning
Google Meet
xizmati yordamida jonli mashg‘ulot
yoki munozaralarni tashkil qilish imkoniyati mavjud. Bepul akkauntda 60
minutgacha davom etadigan har bir jonli mashg’ulotda 100 gacha talabalar ishtirok
etishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarni
“Задания”
oynasida joylashgan taqvim
yordamida vebinar mavzusini koʻrsatish orqali rejalashtiriladi.
Vebinarlar soni
chegaralanmagan boʻlib, zarur hollarda oʻzaro muloqot uchun chatlardan ham
foydalanish mumkin.
“Лента”
tugmasi muloqot uchun xizmat qiladi. Bu tugma yordamida
oʻqituvchi
talabalarga murojaat, yangiliklar, e’lon va boshqa qoʻshimcha
ma’lumotlarni (mashg‘ulot jadvali, vebinar, talabalarni rag‘batlantirish, eslatma va
h.k.), talabalar esa savol va izoxlarini joylashtirishlari mumkin. Ma’lumotlarga
hujjat, video yoki tasvirlarni (rasm, chizma, diagramma) ilova qilish hamda bu
ma’lumotlarni faqat koʻrsatilgan talabalarga joʻnatish imkoniyati ham koʻzda
tutilgan.
Talabalarning oʻzlashtirish natijalari alohida qaydnomalarda saqlanadi. Bu
qaydnomalar yordamiga oʻqitivchi guruh yoki muayyan talabaning oʻzlashtirish
koʻrsatkichlari, toʻplagan ballari, test sinovlarida yoʻl qoʻygan hatoliklari haqidagi
ma’lumotlarni olishi mumkin. Shuningdek, talabalarga taqdim etilgan oʻquv
materiallarini oʻzlashtirish boʻyicha shaxsiy koʻrsatkichlari dinamikasi ham havola
etiladi.
Dostları ilə paylaş: