Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-§. Predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitishda loyihaviy



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

3.6-§. Predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitishda loyihaviy 
texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti 


176 
Raqamlashgan sharoitda ta’lim tizimini tashkil qilish va rivojlantirish uchun 
pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, 
pedagogik 
innovatsiyalar, 
mahoratli 
oʻqituvchilarning boy tajribalarini 
umumlashtirish, tizimga solish hamda mavjud usul va uslubiyotlarni bugungi kun 
nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish talab qilinadi. Bu muammolarni hal qilish 
yoʻllaridan biri pedagogik jarayonga nisbatan “texnologiya” tushunchasini 
qoʻllashni nazarda tutuvchi yondoshuvni nazarda tutadi. 3.4-§ da ta’lim jarayonida 
qoʻllash mumkin boʻlgan ayrim zamonaviy ta’lim texnologiyalari haqidagi oʻz 
mulohazalarimizni bayon etgan edik. Ushbu bobda e’tiborimizni dasturlash tillarini 
loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida oʻqitishga qaratamiz.
Ta’lim jarayoni samarasini oshirish uchun oʻqituvchilar talabalar bilan 
bogʻliq quyidagi pedagogik muammolarni hal qilishlariga toʻgʻri keladi:

oʻrganilayotgan oʻquv fani yoki materialiga nisbatan ijodiy yondoshuvni 
shakllantirirish, ijodiy fikrlashga yoʻnaltirish; 

mustaqil bilim olish koʻnikma va malakalarini egallashga oʻrgatish; 

bilimlarni egallashga nisbatan ragʻbatni uygʻotish; 

bilim olish uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirish

ta’limiy muammolarni tizimli tahlil qilish va ularni hal qilish uchun 
xususiy usullarini izlash koʻnikma va malakalarini shakllantirish va h.k. 
Bugungi kunda dasturlash asoslarini oʻqitish sohasida loyihaviy ta’lim 
texnologiyalari mazkur muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri 
sifatida qayta shakllanmoqda. Bu usul aslida “eski” usullardan biri sanalsada, 
zamonaviy ta’lim muhitida yangicha ahamiyat kasb eta boshladi. Koʻplab 
pedagoglar tomonidan XXI asrning asosiy ta’lim texnologiyalaridan biri [III.35] va 
“uni har bir oʻqituvchi bilishi kerak boʻlgan uslubiyot” [III.74] sifatida amaliyotga 
joriy qilinishi tavsiya qilinayotgan bu texnologiya zaminida loyihalar ishlab 
chiqishga asoslanadigan usul yotadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin