Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Bayonli loyihalar - 
muammoni hal qilish jarayonini og‘zaki, yozma yoki 
boshqa shakllarda bayon qilishga qaratilgan loyihalar.
Konstruktiv loyihalar -
muayyan, amalda foydalanish uchun yaroqli boʻlgan 
mahsulotlarni (shu jumladan, dasturiy) ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar.


183 
Loyihalar ishlab chiqishda bayonli va konstruktiv usullarni umumlashtirgan 
holda ham foydalanish mumkin.
Dastur ishlab chiqish nuqtai-nazaridan, loyiha qurish uchun taqdim 
etiladigan masalalar quyidagi talablarga mos kelishi shart: 
1. ijodiy yoki tadqiqot ahamiyatiga ega boʻlib, turli sohalardagi bilimlar 
integratsiyasini talab qiladigan koʻp qadamli muammoning mavjud boʻlishi; 
2. olinadigan natijalarning (qabul qilinadigan qarorlarning) nazariy yoki 
amaliy ahamiyatga ega boʻlishi; 
3. loyihani bosqichma-bosqich natijalarga erishiladigan tuzilma shaklida 
ifodalashning mumkin boʻlishi; 
4. muammoni hal qilishda tadqiqot usullaridan foydalanish (muammoni 
aniqlash, ostmasalalarga ajratish, hal qilish farazlarini ilgari surish); 
5. muammoni hal qilish va natijalarni rasmiylashtirish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ihtiyoriy masala uchun predmetga 
asoslangan dastur ishlab chiqish jarayoniga ham aynan shunday talablar qoʻyiladi. 
Demak, aytish mumkinki, masalalar uchun loyiha usulini qoʻllash aynan 
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillariga mos keladi. Shu sababli, dasturlash 
tillarini oʻqitishda loyihalash usulidan foydalanish yaxshi samara beradi, deb 
hisoblash mumkin.
Predmetga 
yoʻnaltirilgan 
dasturlash 
tillarini 
oʻqitishda loyihaviy 
texnologiyadan talabalar tilning asosiy buyruqlar tizimini oʻzlashtirganidan soʻng, 
bir qator modullar [II.27] yoki murakkab tuzilmalar ishtirok etadigan koʻp qadamli 
oʻquv materiallari uchun qoʻllash yaxshi samara beradi.
Boʻlajak dasturchi injenerlardan oʻquv topshiriqlari sifatida oʻtilgan 
mavzularga bogʻliq ravishda quyidagi tur masalalari uchun dasturiy vositalarni 
loyihaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqish tavsiya etiladi:

aqlli texnologiyalar yaratish;

server-mijoz tipidagi ilovalar; 

turli mavzularga doir veb-ilovalar; 

kichik, oʻrta va katta yoshdagi bolalar uchun kompyuter oʻyinlari; 


184 

matnli, jadvalli va boshqa mazmundagi fayllar bilan ishlash; 

ma’lumotlar omborini qayta ishlash masalalari; 

amaliyotda qoʻllash uchun yaroqli boʻlgan dasturiy vositalar (masalan, 
koʻp funksiyali kalkulyator). 

lugʻat, roʻyxat va sinflar bilan ishlash; 

iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalar; 

sun’iy intellekt yaratish; 

istisnoli vaziyatlarni qayta ishlash va b.
Shuningdek, loyihaviy texnologiyalardan talabalarning kelajakdagi 
kasbiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar doirasida ham foydalanish mumkin.
Bunday masalalar uchun oʻqituvchi talabalardan birdaniga mukammal dastur 
ishlab chiqishni talab qilmasligi lozim. Chunki, mukammal dasturiy vosita ishlab 
chiqish uzoq davom etadigan jarayon boʻlgani uchun, talabalarda predmetga 
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishni soʻndirib qoʻyishi 
mumkin. Bu muammoni loyihaviy texnologiyalar asosida hal qilish uchun ikki xil 
yondoshuv tavsiya qilinadi:
1) masala shartiga qoʻyiladigan talablar sonini kamaytirgan holda, 
talabalarga individual topshiriqlar taklif qilish. Bunda ishlab chiqiladigan dasturiy 
vositaning amaliyotdagi yaroqlilik darajasi yuqori boʻlmaydi, ammo talabalarda 
ta’limiy masalalar uchun loyiha va dastur ishlab chiqish yuzasidan tasavvurlarni 
shakllantirib, dastlabki koʻnikma va malakalarni hosil qilishga erishiladi; 
2) guruhni har birida bir nechta talaba jamoalarga ajratish va ularga masala 
shartiga qoʻyiladigan talablar koʻpaytirgan holda topshiriqlarni jamoaviy hal 
qilishni taklif qilish. Bunda, jamoalar tomonidan amalda foydali boʻlgan dasturiy 
vositalar ishlab chiqilishiga erishish mumkin. Bu usulni amalda qoʻllash
a) talabalar uchun dastur ishlab chiqish jarayonini qiziqarli boʻlishiga yordan 
beradi; 
b) talabalardagi mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qiladi; 
c) qaralayotgan ta’limiy muammo yuzasidan tasavvurlarini toʻldiradi; 


185 
d) chuqur koʻnikma va malakalar hosil qilishda koʻmak beradi. 
Har qanday loyiha ustida ishlash asosiy maqsadni aniqlashdan boshlanadi. 
Soʻngra, bu maqsadga erishish jarayoni bosqichlarga ajratiladi. Bunda har bir 
bosqich asosiy masalaning alohida hal qilinishi koʻzda tutilgan ostmasalalaridan 
iborat boʻladi. Loyiha bosh masala yechimini kafolatlashga qaratilgan 
bosqichlarning tizimli va mantiqiy ketma-ketligi asosida quriladi. Loyiha usuli 
aynan ana shu jihati bilan predmetga yoʻnaltirilgan dasturlashga mos keladi.
Loyihalar ishlab chiqish bosqichlarini quyidagi algoritm yordamida 
ifodalash mumkin: 
1) bosh masala mazmunini chuqur tahlil qilish (maqsadni belgilash); 
2) bosh masalani ostmasalalarga (tarkibiy qismlarga) ajratish; 
3) 2-bosqichni toki ostmasalalarni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash 
usullaridan biri yoki asosiy buyruqlari yordamida hal qilish mumkin boʻlgan 
ostmasalalargacha davom ettirish; 
4) bosh masalani hosil qilingan ostmasalalarni belgilangan maqsad yoʻlida 
mantiqan birlashtirish (loyihasini ishlab chiqish); 
5) loyiha natijalarni rasmiylashtirish va tahlil qilish; 
6) xulosa qilish. 
Loyihali algoritm qurilganidan soʻng, uni amalga oshirish uchun predmetga 
yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari qoʻllanadi. 
Talabalarni loyihaviy texnologiya asosida ishlashga oʻrgatish uchun, ularni 
yuqoridagi algoritm asosida harakat qilish koʻnikma va malakalarni shakllantirish 
lozim. Buning uchun, oʻqituvchi talabalarga tegishli modul yoki mavzu boʻyicha 
nazariy ma’lumotlarni taqdim etganidan soʻng, loyihaviy texnologiyani qoʻllashga 
oʻtishi tavsiya qilinadi. Talabalarga taklif etiladigan loyihalar qisqa (bitta juftlik 
uchun) yoki uzoq muddatli (oʻquv materialining ma’lum bir moduli, kurs ishlari, 
bitiruv malakavity ishlari, magistrlik dissertatsiyalari va boshqalar uchun) boʻlishi 
mumkin. Tabiiyki, bunday loyihalar talabalar tomonidan mustaqil bajariladi va 
toʻlaligicha amaliy ahamiyatga ega boʻladi. Zarur hollarda oʻqituvchi vazifalarni 
bajarish namunalarini taqdim etadi, yoʻnaltiruvchi maslahatlari bilan loyiha ishlab 


186 
chiqish jarayonida ishtirok etadi. Talabalarga sodda loyiha qurish uchun namuna 
tariqasida quyidagi masalani taklif qilish mumkin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin