Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Masala: Savdo doʻkoni uchun ma’lumotlar omborini tashkil qiling.  Yoʻnalish turi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Masala:
Savdo doʻkoni uchun ma’lumotlar omborini tashkil qiling. 
Yoʻnalish turi:
amaliy matematika, iqtisodiyot, menejment va b. 
Loyiha turi:
ijodiy, amaliy, uzoq muddatli. 
Kutiladigan natija:
foydalanish uchun yaroqli sodda loyiha va dastur. 
Ta’limy maqsad:
oʻtilgan mavzular yuzasidan bilim, koʻnikma va 
malakalarning shakllantirish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: 
kasbiy faoliyatga tayyorlash.
 
Tarbiyaviy maqsad:
 
tizimli tahlil, kreativlik, izlanuvchanlik, mustaqil 
fikrlash, muammo mohiyatini anglash kabi sifatlarni shakllantirish. 
 

Oʻquv-pedagogik masala:
avvalgi mavzularda oʻrganilgan bilimlarni 
amalda qoʻllash, foydalanish uchun yaroqli loyiha va dastur ishlab chiqish, olingan 
natija, tahlil va xulosalar yuzasidan tayyorlangan hisobotni oʻqituvchiga taqdim 
etish. 
Muddati:
1 ta auditoriya mashg‘uloti, 2 hafta mustaqil. 
Kuzatishlarga koʻra, talabalar ma’lumotlar ombori bilan boʻliq masalalar 
uchun dastur ishlab chiqishda ma’lumotlar ombori jadvallarini yaratish va ulardan 
foydalanish jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq koʻplab muammolarga duch 
kelishadi. Bunga talabalar tomonidan muammoning umumiy koʻlamini tasavvur 
qila olmaslik hamda ma’lumotlar ombori bilan ishlash sohasida shaxsiy 
tajribalarining yetarli emasligini asosiy sabab qilib koʻrsatish mumkin. Masala 
talabalarga bir qaraganda oʻta murakkab tuyulishi mumkin, chunki u bir-biri bilan 
mantiqan bog‘langan katta sondagi sodda ostmasalalarni (bunday ostmasalalar soni 
masala koʻlamiga binoan bir nech oʻnlab yoki yuzlab boʻlishi mumkin) qamrab 
oladi. Shu sababli, ma’lumotlar ombori bilan bog‘liq masalalar uchun dastur ishlab 
chiqish jarayoniga odatiy yondoshuvlar maqsadga muvofiq boʻlmaydi va bunday 
holatlar uchun loyihaviy texnologiya usulini tavsiya qilinadi.
Qaralayotgan masalalar uchun oʻqituvchi tomonidan sodda namunaning 
taqdim etilishi talabalarga muhim koʻrgazmali poydevor boʻlib xizmat qiladi va 


187 
andoza sifatida dasturiy vosita ishlab chiqish jarayonini oson va qulay holatga 
keltiradi, deb hisoblaymiz.
Umuman aytganda, ma’lumotlar ombori bilan bog‘liq masalalarda ishning 
ma’lum bir qismi, ya’ni ombor jadvallarining tuzilmasi (strukturasi) inson 
tomonidan “qoʻlda” yaratiladi. Soʻngra, bu jadvaldagi ma’lumotlarni qayta 
ishlashni toʻla avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ishlab chiqiladi. Shunga 
koʻra, biz qarayotgan masalani hal qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat boʻladi: 
1) ma’lumotlar ombori uchun jadval yaratiladi; 
2) jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun dastur ishlab chiqiladi. 
Masala koʻlami katta boʻlgani uchun, dastur ishlab chiqish jarayonini 
soddalashtirish maqsadida dastlab dasturiy majmua loyihasini ishlab chiqish 
tavsiya etiladi. Aniqlik va soddalik uchun talab qilinayotgan jadval tuzilmasi 
maydonlarini 3.6.2-jadvaldagi kabi belgilab olish mumkin. 
Bu jadval ustida ma’lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, izlash va koʻzda tutilgan 
amallardan birini tanlash imkoniyatini taqdim etish uchun bosh muloqot oynasini 
(interfeysni) yaratush talab qilinadi. Muloqot oynasiga mazkur dasturiy majmua 
bilan ishlash amaliyotida eng koʻp uchraydigan quyidagi boshaqruv (menyu) 
tugmalarining kiritilishi tavsiya etiladi: fayl, mahsulot bilan ishlash, koʻrish va 
tahrirlash (maydonlarga tegishli oʻzgarishlar kiritish uchun), izlash, chop qilish, 
yordam (3.6.1-rasm). Bu boshqaruv tugmalari oʻz navbatida ostmasalalar uchun 
tashkil qilingan bir qator ostmenyulardan iborat boʻlishi mumkin (3.6.3-jadvalga 
qarang). 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin