IV BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAZMUNI, OʻTKAZISH SHAKLI VA OLINGAN NATIJALARNING TAHLILI 4.1-§. Oliy oʻquv yurtlarida tajriba-sinov ishlarini olib borish usullari, vazifalari va mazmuni Tajriba-sinov ishlarida tadqiqotning “Talabalar predmetga yoʻnaltirilgan
dasturlash tillarini dastur ishlab chiqish jarayonini qisqartirish va resurslarni
tejashga imkon bergani uchun boshqa tillarga nisbatan oson oʻzlashtiradilar”
farazini tekshirishga bagʻishlanadi.
Tajriba – sinov ishlarini Namangan davlat universitetining 5130200-Amaliy
matematika va informatika bakalavr yoʻnalishi IV - kurs talabalari hamda Fargʻona
davlat universitetlarining 5130200-Amaliy matematika
IV-
kurs bakalavrlari
hamda 5A130200-Amaliy matematika va axborot texnologiyalari yoʻnalishi
magistrlari orasida tashkil qilindi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilishda asosiy
e’tiborni dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda, predmetga yo‘naltirilgan
dasturlash tillarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida oʻqitishga
qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borish rejasi quyidagi ketma-ketlikda ishlab
chiqildi:
I. Talabalar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazib, zamonaviy talabalarning yangi
bilimlarni oʻzlashtirishga ta’sir koʻrsatishi mjumkin boʻgan bir qator omillar
(ijtimoiy, moddiy, psixologik va boshqa) boʻyicha joriy vaqtdagi real holatni
oʻrganish va tahlil qilish;
II. Tajriba-sinovni boshlashdan avval talabalarga Python dasturlash tilini
oʻrganish uchun tayyorgarlik darajalarini aniqlab olinadi. Buning uchun
informatika, algoritmlash va dasturlash boʻyicha murakkablik darajalari turlicha
boʻlgan 20 ta test savollari taklif etiladi va uning natijasi yuzasidan statistik
ma’lumotlar aniqlanadi.