191
Fanni oʻqitish jarayonini tashkil qilishda ta’lim kursining oʻziga
xususiyatlari, talabalarning psixologik shaxsiy sifatlari hamda toifalarini 3.3-§ dagi
tavsiyalar asosida ajratib olish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish
jarayoni samarasini oshirish uchun mavjud imkoniyat
va resurslardan kelib
chiqqan holda 3.4-§ da keltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Koʻplab pedagog olimlarning
fikrlaridan kelib chiqan
holda aytish mumkinki, oʻqitishning bulutli va loyihaviy texnologiyalardan oʻrinli
va maqsadkli foydalanish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa,
dasturlash tillarini oʻqitishda loyihaviy texniologiyalardan foydalanish sohasida
quyidagi tavsiya va xulosalarni shakllantirish mumkin:
1) barcha ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarga erishishga
koʻmak bergani uchun oliy oʻquv yurtlarida loyihaviy tehnologiyalardan keng
foydalanishni yoʻlga qoʻyish lozim;
2) predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish amaliyotida loyihaviy
texnologiyalarni joriy qilish talabalarning rejali va mantiqiy fikrlash koʻnikma va
malakalarini
rivojlantirib, dasturlashga boʻlgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishini
e’tiborga
olish kerak;
3) ta’lim jarayonida dasturlashning koʻp bosqichli masalalariga nisbatan
qoʻllash yaxshi samara bergani uchun loyihaviy
texnologiyalarni asosiy
texnologiya sifatida tavsiya qilinadi.