188
Eslatma:
Ushbu menyu va ostmenyu tugmalarining tarkibi mukammal emas
va ehtiyojga koʻra kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Savdo doʻkoni ma’lumotlar ombori uchun ostmasalalar.
3.6.3-jadval.
bosh menyu
Tugmalar
Fayl
Yangilash, ochish, saqlash, chiqish
Mahsulot bilan ishlash
qabul qilish, sotish, muomaladan chiqarish
Koʻrish va tahrirlash
mahsulot kodi; ishlab chiqilgan vaqti; arzonlashtirish
Izlash
mahsulot kodi; mahsulot nomi;
ishlab chiqilgan vaqti;
yaroqlilik muddati; mas’ul
Chop qilish
Joriy ma’lumot, joriy holat, kundalik savdo, davriy savdo,
muomaladan chiqarish, muddati tugayotgan mahsulotlar.
Yordam
foydalanuvchi uchun yoʻriqnoma
Huddi shu jadvalni diagrammalar shaklida ifodalash
dastur ishlab chiqish
loyihasini sodda va koʻrgazmali holatga keltiradi.
3.6.1-rasm. Bosh muloqot oynasi.
Ushbu yiriklashtirilgan loyiha talabalarga dasturiy vosita ishlab chiqishda
kamida qanday holatlarni hisobga olish lozimligini koʻrsatadi va qoʻyilgan
189
muammoni hal qilsih uchun yaxshigina koʻrgazmali poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Taklif qilinayotgan ostmenyularning har biri yetarlicha sodda boʻlib, ular uchun
dastur predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari yordamida osongina ishlab
chiqilishi mumkin. Masalan, “Muddatli savdo”
tugmasi savdo shaxobchalar
amaliyotida koʻp uchraydigan masalalardan biri boʻlib, ma’lum bir davrda amalga
oshirilgan savdo umumiy hajmi hamda mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarni
aniqlashda qoʻl keladi. Bu masala yetarlicha sodda boʻlib, ma’lumot soʻralayotgan
davrni aniqlash hamda jadvaldan shu davrga mos ma’lumotlarni talab boʻyicha
qayta ishlash va chop qilishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, bu masalani
quyidagi amallar yordamida hal qilish mumkin:
1. funksiya e’lon qilish;
2. zarur
modullarni ishga tushirish;
3. ma’lumot bazasi jadvalini ochish;
4. hisobot davri boshini aniqlash (kiritish);
5. hisobot davri oxirini aniqlash (kiritish);
6. jadvaldan shu davrga ma’lumotlarni saralash;
7. jadvalni yopish;
8. orqaga qaytish.
Endi bu amallarni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari yordamida
osongina dasturlash mumkin. Jumladan, ularni Python tilida quyidagi kod shaklida
yozish mumkin (ma’lumotlar omborining yuqoridagi tuzilmasiga mos jadvali
“D:\Baza\magazin.db” nomli faylda saqlanayotgan boʻlsin):
def muddatli_savdo:
import sqlite3
con = sqlite3.connect('magazin.db')
cursor1 = con.cursor()
a=input(“Muddat boshini kiriting “)
b=input(“Muddat oxirini kiriting “)
cursor1('SELECT kod, nomi, sana, sotish FROM magazin WHERE
a>=sana and b<=sana')
190
rows = cursor1.fetchall()
for row in rows:
print(row)
Qolgan ostmasalalar uchun ham dasturlarni huddi shu
kabi osongina ishlab
chiqish mumkin. Barcha ostmasalalar uchun ilovalar dastasi ishlab chiqilganidan
soʻng, umumiy dasturiy majmua bosh masala muloqot oynasidagi boshqaruv va
ostmenyu tugmalarini tegishli ostmasalalar uchun yozilgan ilovalarni ishlab
chiqilgan loyihaga (3.6.1-rasmga qarang) koʻra bir-biri bilan mantiqan bogʻlash
orqali hosil qilinadi.
Keltirilgan namunadan ham koʻrinib
turibdiki, loyihaviy texnologiyalardan
foydalanish qaralayotgan bosh masala uchun dasturiy majmua ishlab chiqishga
qaratilgan murakkab va chigal jarayonni soddalashtirish va koʻrgazmali holatga
keltirish evaziga dasturchilarga katta qulayliklar tugʻdiradi.
Bu holat talabalarga
kelajakda dasturiy majmualar yangi versiyalarini ishlab chiqish, tahrirlash,
qoʻshimcha omillar hisobiga kengaytirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: